(p+q+r)2=p2+q2+r2+2pq+2pr+2qr=(A1+A+A3)2=A1A1+A2A2+A3A3+A1A2+A1A3+A2A3. Bunday ko’phadni kvadratga ko’tarishning analogik usuli bilan har qancha allellar soniga ega bo’lgan genotiplarning muvozanatli takrorlanish sonlarini aniqlash uchun foydalansa bo’ladi. Qayd qilish kerakki allellarning barcha takrorlanish sonlari yig’indisi 1 ga teng bo’lishi lozim. Bu shart genotiplar takrorlanish sonlari yig’indisiga ham tegishli. Agarda faqat ikkita allel bo’lib ular p+q chastotalaridan iborat bo’lsa, u holda p+q=1, va binobarin, p2+2pq+q2=(p+ q)2=1; agarda p, q va r chastotali uchta allel bo’lsa, u holda p+q+ r=1, va binobarin, (p+q+r)2=1 ga teng bo’ladi.
Yuqorida biz ikki allel uchun Xardi-Vaynberg muvozanatini ko’rib o’tgan edik. Endi uch genotip uchun Xardi-Vaynberg muvozanatini ko’rib chiqamiz. Masalan AQSH aholi populyatsiyasining birida oq tanlilarning MN tizimidagi qon gruppalarini belgilovchi uchta genotipi uchun bu qonunning muvozanatlik holatini ko’rib chiqamiz. Aholining 1787 nufuzi M qon gruppasiga, 3039 tasi MN qon gruppasiga, 1303 tasi N qon gruppasiga kirgan. Allellar hamda genotiplarning uchrash chastotalarini aniqlaymiz. Dastlab barcha individlarning umumiy sonini aniqlaymiz: 1787 + 3039 + 1303 = 6129. Xardi-Vaynberg qonuniga binoan M qon gruppali odamlarning uchrash chastotasi p2 = LMLM = = 0,29156; p2 = 0,29156; p = p2 = = 0,5399; LM allelining uchrash chastotasi p = LM = 0,5399; Endi q = LN allelining uchrash chastotasini aniqlaymiz. p + q = 1 = LM + LN = 1 formulasiga asoslanib q = LN chastotasini topamiz q = 1 - p = 1 - LM = 1 - 0,5399 = 0,4601; LN = 0,4601. Endi Xardi-Vaynberg qonuniga asoslanib turib nazariy kutilgan genotiplar chastotalarining muvozanatli nisbatini aniqlaymiz: p2 + 2pq + q2 = LMLM + 2(LMLN) + LNLN = (0,5399)2 + 2(0,5399 ∙ 0,4601) + (0,4601)2 = 0,2914 + 0,4968 + 0,2116 = 0,2914 LMLM : 0,4968 LMLN : 0,2116 LNLN, bu ko’rsatkichlar populyatsiyada genotiplarning kuzatiladigan real nisbatlariga juda yaqinligini (0,292 : 0,496 : 0,212) ko’ramiz.
Allellar takrorlanishining sonlarini ikkinchi bir usul yordamida ham aniqlash mumkin. LM allelining chastotasi LMLM genotipli individlar sonining ikki marta ko’paytirilgani va LMLN genotipli individlar sonining 8 yig’indisini barcha individlar sonining ikki marta ko’pay-tirilgan yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanadi. SHunday qilib, LM allelining uchrash chastotasi [(1787 x 2) + 3039] : (2 x 6129) = 0,5395. Xuddi shu yo’l bilan LN allelining uchrash chastotasi hisoblanadi va u 0,4605 ga teng. Allellar takrorlanish darajasining qon gruppasining uch genotipi uchun Xardi-Vaynberg muvozanati quyidagicha:
Erkaklarda allellar chastotasi
|
Ayollarda allellar chastotasi
|
|
0,5395 (LM) 0,4605 (LN)
|
0,5395 (LM)
0,4605 (LN)
|
0,2911 (LM LM) 0,2484 (LM LN)
0,2484 (LM LN) 0,2121 (LN LN)
|
Yuqorida ikki allel uchun keltirilgan holatdan Xardi-Vaynberg qonunini har qancha allellar soni uchun to’g’ri kelishligini ko’rsatishda ham foydalanish mumkinligi quyida keltirilgan. Unda uchta allelga ega lokus uchun genotiplarning muvozanatli takrorlanish darajasi berilgan.
Erkak
organizm gametalarining
chastotasi
|
Urg’ochi organizm gametalarining chastotasi
|
r (A1) q (A2) r (A3
|
p (A1)
q (A2)
r (A3)
|
p2(A1A1) pq(A1A2) pr(A1A3)
pq(A1A2) q2(A2A2) qr(A2A3)
pr(A1A3) qr(A2 A3) r2(A3A3)
|
Ushbu uchta allelli populyatsiyada p, q va r ning takrorlanish sonlari va ular yig’indisi p+q+r=1 ga teng. 113-rasmda (ilovada) AV0 tizimida qon gruppalarini belgilovchi allellarning chastotalari bilan genotip-lar chastotalarining o’rtasidagi geometrik aloqadorlik tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |