Mavzu: populyatsiyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya


Populyatsiyaning genetik tuzilmasi



Download 279,01 Kb.
bet2/7
Sana29.05.2022
Hajmi279,01 Kb.
#617081
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma'ruza № 14

Populyatsiyaning genetik tuzilmasi
Har bir organizmda tur uchun xarakterli bo’lgan belgi va xususiyatlar bilan bir qatorda o’zining individual (shaxsiy) genetik xossalari ham bor. Evolyutsiya jarayonida shakllangan turning barcha genetik axboroti, ya’ni genlarning to’liq to’plami ushbu turning genofondi deyiladi. Tur o’z navba-tida alohida populyatsiyalardan iborat. O’zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish, irsiyat evolyutsiyaning uch asosiy omili bo’lib, ularning jamlangan ta’siri asosida yashash sharoiti ta’sirida populyatsiyalar tashkil topadi. Ularning shakllanishi turning konkret yashash sharoitlariga moslashuv uslubidir. Hayvon zotlari va o’simlik navlari ham populyatsiyalar hisoblanadi, lekin ular sun’iy tanlash yo’li bilan shakllangan. Populyatsiyalarning shakllanish jarayonlari va ularning dinamikasi mikro-evolyutsiyani tashkil qiladi. Makroevolyutsion o’zgarishlar mikroevolyutsiyaning populyatsiyalarda sodir bo’layotgan jarayonlari asosida namoyon bo’ladi. Populyatsiyalarning genetik tuzilmasini o’rganishning boshlovchilari deb selektsionerlarni tan olish kerak, chunki nav va zotlarni yaratish uchun ular nafaqat chatishtirish uchun ota-ona juftini tanlash, balki ularning naslini bir qator avlodlar davo-mida o’rganishi lozim bo’ladi. Ammo populyatsiyalarni genetik o’rganishning ilmiy asoslari faqat irsiyatning miqdoriy qonuniyatlarini ochib bergan G.Mendelning kashfiyotidan keyingina ishlab chiqilish imkoniyatiga ega bo’lgan.
O’z-o’zidan urug’lanuvchi organizmlar populyatsiyasining genetik strukturasi.
Populyatsiyalarni genetik tomondan o’rganishga XX asrning boshlarida daniyalik olim V.Iogansen asos soldi. U 1903 yilda nashr qilingan «Populyatsiyalar va toza liniyalardagi irsiylanish to’g’risida» degan asarida geterozigota genotipli organizmlarda tanlash ta’sirini o’rgandi. Iogansen tadqiqot ob’ekti sifatida o’z-o’zidan changlanuvchi organizm populyatsiyalarini oldi, chunki ularni o’z-o’zidan changlanuvchi o’simliklar avlodlari guruhlariga ya’ni sof (toza) liniyalarga ajratishning oson bo’lishligi edi. Poligen belgilanadigan va tashqi muhit omillariga kuchli darajada ta’sirchan bo’lgan loviya (Phaseolus vulgaris) urug’larining og’irligi (katta-kichikligi) tahlil qilindi. Tahlilning matematik metod-larini qo’llagan V.Iogansen loviyaning ma’lum bir navining urug’larini tortib, olingan ko’rsatkichlar bo’yicha variatsion qatorlar tuzgan. Urug’larning vazni 150 mg dan 750 mg gacha tebrangan. Keyinchalik 250-350 mg va 550-650 mg vaznli urug’lar alohida ekilgan. Har bir o’sib chiqqan o’simliklarning urug’lari yana tortilgan. Populyatsiya sifatida ajratilgan navning og’ir (550-650 mg) va yengil (250-350 mg) vaznli guruhlarining o’simliklari don vazni bo’yicha o’zaro farq qilganlar. Og’ir vaznli o’simliklar guruhida bitta urug’ning og’irligi o’rtacha 518,7 mg bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich yengil vaznli o’simliklar guruhida – 443,4 mg bo’lgan. Bu tajriba loviyaning nav-populyatsiyasi genetik tomondan har xil bo’lgan o’simliklardan tashkil topganligini va shu bilan birga har bir o’simlik sof liniya asoschisi bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi. O’z-o’zidan changlanuvchi o’simliklar populyatsiyasining alohida sof liniyalarga ajralish tartibi 112-rasmda (ilovada) ko’rsatilgan. Keyinchalik 6-7 avlod davomida V.Iogansen har bir o’simlikdan og’ir va yengil vaznli urug’larni ajratib olib ularni ekib o’stirgan. Hech qaysi liniyada o’rtacha urug’ vazni ko’rsatkichi o’zgarmagan. Sof liniya doirasidagi urug’lar og’irligiga doir o’zgaruvchanlik irsiy bo’lmagan modifikatsion o’zgaruvchanlik tabiatiga ega bo’lgan. SHunday qilib, o’rganil-gan loviya navi (o’z-o’zidan changlanuvchi o’simlik) populyatsiyasi genetik har xil bo’lgan liniyalardan tashkil topgan bo’lib bunday populyatsiya o’simlik-lari o’zaro chatishmaydilar. Bunday hollarda populyatsiyaning yashovchanligi ma’lum genotipli liniyalarning tabiiy tanlanishiga, tashqi muhitning bir xil tipli sharoitlariga bo’lgan moslashuv mexanizmlarining umumiyligiga asoslanadi.
O’z-o’zini urug’lantiruvchi alohida olingan organizm yangi irq, kenja tur va tur hamda nav yoki zot yaratilishining asoschisi bo’lishi mumkin. Masalan, bug’doyning yangi navi populyatsiyadan tanlab olingan bitta dondan paydo bo’lishi mumkin. Vegetativ ko’payishda (ayrim sodda hayvonlar, zamburug’lar, suv o’tlari va boshqalar) tanlash ob’ekti bo’lib populyatsiyaning alohida klonlari xizmat qiladi.



Download 279,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish