Mavzu: Polimerlarni xalq xo’jaligida ishlatilishi. Reja


Polimerlarning kimyoviy tuzilishi



Download 45,06 Kb.
bet3/12
Sana25.02.2022
Hajmi45,06 Kb.
#462577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Polimerlarni xalq xo’jaligida ishlatilishi

Polimerlarning kimyoviy tuzilishi
Polimer materiallar, jismlar va moddalarning xossalari ularni tashkil qilgan makromolekulalarning eng asosiy xarakteristikasi ikkita: kimyoviy tuzilishi (tabiati va tarkibi) va kattaligi- molekulyar massasi. Ana shu o`lchamning xususiyatlari va imkoniyatlari jihatidan ham polimer moddasi oddiy moddalardan ancha farq qiladi. Polimerlarning tuzilishi shunchalik xilma-xilki ularni bu xarakteristikasini uni kimyoviy belgilariga qarab sinflarga bo`lmasdan tushunib olish qiyin. Makromolekulasining asosiy zanjirini tashkil qilgan elementlarga qarab 2 guruhga bo`linadi: a) faqat uglerod atomidan tashkil topgan bo`lsa- karbozanjirli polimerlar deyiladi — С —С — С — С — С —. b) asosiy zanjirni tashkil qilgan atomlar 2 va undan ortiq elementdan iborat bo`lsa polimerni geterozanjirli polimerlar deb yuritiladi. Oqsil va sintetik poliamidlar makromolekulalarining asosiy zanjiri 3 xil element S, H, N atomlaridan, mochevina-formaldegid smolasi va poliamidlarniki 3 xil S, O va N atomlaridan atomlaridan tashkil topgan. Polimerlar makromolekulasidagi bo`g`inlar bir xil bo`lsa- gomopolimerlar, har xil bo`lsa- sopolimerlar deyiladi. Makromolekulalarning kimyoviy tuzilishi- konfigurasiyasiga oid yana bir omil- bo`g`inlarning o`zaro tuzilishi, ya'ni makromolekula stereoizomeriyasidir. Ma'lumki, uglerod atomidagi o`rinbosarlar 2 xil bo`lsa (R va H, yoki R1 va R2) uglerod atomi asimmetrik atom bo`lib, u L- yoki D- shaklda (o`ng va chapga buruvchi) bo`la oladi. Agar makromolekulaning asimmetrik atomlari faqat L- yoki faqat D- shaklda bo`lsa (asosiy zanjir yotgan tekislikka nisbatan) o`rinbosarlar asosiy zanjirning bir tomonida bo`ladi: www.ziyouz.com kutubxonasi 8 ... CH2 C CH2 C CH2 C CH2 C CH2 ... R R R H H H H R Bunday makromolekula izotaktik deb ataladi. Agar zanjirda L- va D- shakllar almashinib kelsa (L-, D-, L-, D- ) bunday makromolekula sindiotaktik deyiladi: ... CH2 C CH2 C CH2 C CH2 C CH2 ... H R H H R H R R Izo- va sindiotaktik makromolekulalar stereoregulyar (fazoviy tartibli) deb yuritiladi. Ulardan tashkil topgan polimerlar stereoregulyar polimerlar deb ataladi. Makromolekulaning o`rinbosarlari fazoda tartibsiz (L- va D- shakllar aralash-quralash, statistik betartiblikda) joylashgan bo`lsa uni ataktik makromolekula deyiladi. Stereoregulyar makromolekulalar o`zaro tartibli joylashishi mumkin, ataktik makromolekulalarda bunday imkoniyat yo`q (silliq va silliq bo`lmagan taxtaning taxlanishiga o`xshash). Shu sababli stereoregulyar polimerlarning materiallari yuqori mexanik xossalarga ega bo`ladi. Chunki stereoregulyar makromolekulali polimer ko`pincha kristallik strukturaga, ataktik polimerlar esa amorf strukturaga ega bo`ladi. Izotaktik polipropilenning sindiotaktikadan zichligi va erish temperaturasi (20 °С dan) yuqori. Polimerlarda sis-trans izomeriya dienlarning (masalan, polibutadien) polimerlarida uchraydi. Bu ham fazoviy (geometrik) izomeriyaning xususiy bir turidir: CH2 CH CH CH2 CH2 CH CH CH2 Sis- izomer Trans- izomer www.ziyouz.com kutubxonasi 9 Bu izomeriya ham polimerlarning xossasiga sezilarli ta'sir qiladi. Masalan, 1,4-poliizoprenning sis- izomeri oddiy haroratda elastik holida (tabiiy kauchuk, Geveya daraxtidan olingani) va kauchuk sifatida ishlatiladi. Ammo uy haroratida trans- izomer guttapercha nomli qattiq plastikdir, chunki, u ancha yuqoriroq haroratda (+65°С) yumshaydi va undan yuqoriroq haroratdagina kauchuksimon xossani namoyon qiladi. Makromolekulyar zanjirning tuzilishiga qarab ham yana bir necha xil bo`ladiki, ularning xossalarining har xilligi makromolekula konfigurasiyasining shaklida ko`rinib turadi: 1-Jadval. Makromolekula zanjirining tuzilishi Makromolekula zanjiri konfigurasiyasi turlari Zanjirning tuzilishi Chiziqli Narvonsimon Spiralsimon Tarmoqlangan (statistik) Archasimon Yulduzsimon Asosiy zanjirning tarangligi har-xil bo`lishi mumkin. U asosan bo`g`inlarning kimyoviy tuzilishi va tabiatiga ko`p bog`liq. Polimerlarning molekulyar massasi ularning asosiy ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, 5-10 mingdan bir necha milliongacha intervalda bo`ladi. Quyi molekulali moddalarda, bilamizki, molekulyar massa bir xil bo`ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 10 Undan farqli o`laroq, polimerni tashkil qilgan makromolekulalarining molekulyar massasi har xil, polidispers bo`ladi. Moddaning keng qabul qilingan ma'nosida birorta eng toza polimerni "toza modda" deb bo`lmaydi, chunki u har xil molekulyar massa qiymatiga ega bo`lgan makromolekulalardan tashkil topgan.



Download 45,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish