TELEFONDAGI SUHBAT
Allo-allo, Hakimjon, Sinfdoshing Ro‘ziman. Futbol qalay, dam oldingmi?
Endi keldim o‘zimam.
Nima bo‘ldi, chiqardingmi Yuzinchi masalani?
Tashvish qilma, Nizom aytdi, Ishlabdi Hasanali...
MAYIZ
Oting nima, qizaloq?
Menmi, tog‘a, Lolaman.
Ol mayizdan bir hovuch.
Yo‘q, odobli bolaman. Hovuchingiz kattaroq, Siz bersangiz olaman...
YALAYAPMAN
Karimaxon, qayga ketding?
Kel, sochimni tarayapman.
Qatiqni tez olib chiq.
Hozir, opa, qarayapman.
Ozroq edi, ichib qo‘yma.
Ichganim yo‘q, yalayapman.
Do'stlaringiz bilan baham: |