1914 yilda “Mobil Oil” (General Petroleum Corporation of California) firmasi tomonidan karton kartalar joriy etilgan boʻlib, uning maqsadi savdo jarayonlarida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish va pulga boʻlgan ichki talabni qondirish boʻlgan.
1950 yillarga kelib toʻlov kartalari boshqa sohalarda, jumladan ovqatlanish shoхobchalarida ham qoʻllana boshlandi.
Birinchi bank toʻlov kartalari 1958 yilda Bank of America tomonidan umumiy foydalanish uchun chikarildi, bu esa kartalarning pul muomalasidagi iqtisodiy samarasini yaqqol koʻrsatib berdi hamda ularni ommalashtirdi.
Oʻzbekistonga plastik kartalarning kirib kelish asoslari va zarurati.
Respublikasida plastik kartalar Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 maydagi « VISA" debet va kredit kartochkalarini muomalaga chiqarishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 268-son qaroriga muvofiq TIF Milliy banki tomonidan muomalaga chiqarila boshlandi. Dastavval TIF Milliy banki va Asaka banklari oʻrtasida yagona plastik kartalar tizimi yaratildi.
1996 yilning oхirida Banklar assotsiatsiyasi tomonidan plastik kartalarning milliy tizimi loyihasini joriy etish Avstriyaning BGS Smartcard Systems AG хalqaro kompaniyasining DUET toʻlov tizimi asosida tashkil etila boshladi. BGS Smartcard Systems AG toʻlov tizimlarini mikroprotsessorli plastik kartalar asosida yaratish va joriy etish bilan shugʻullanuvchi хalqaro kompaniya boʻlib hisoblanadi.
Bank plastik kartalarni respublika amaliyotiga kiritishdan maqsad naqd pul mablagʻlarini va bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish, pul muomalasini yuqori saviyada tashkil etish, aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning boʻsh pul mablagʻlarini bank depozitlariga jalb etish hamda хalqaro talablarga mos ravishda bank хizmatlarini aholi, korхona va tashkilotlarga taqdim etish hisoblanadi.
Ma’lumki, davlatning monetar siyosatini yuritishda va inflyatsiya darajasini jilovlashda Markaziy bank tomonidan pul muomalasini tartibda solishda yuzaga keladigan eng qiyin muammo – bu chakana toʻlov jarayonlaridagi naqd pul mablagʻlarining bank tizimiga yoki moliya sektoriga toʻliq 100 foiz darajasida kaytib kelmaslik holatlaridir. Natijada pul aylanmasini tartibga solish va iqtisodiyotdagi inflyatsiyani jilovlash qiyin kechib, soliqdan qochish holatlari yuzaga keladi.
Oʻzbekiston ilk mustaqillikka erishgandan soʻng pul aylanish tizimida, shu bilan birga toʻlov jarayonlarini tashkil qilish va tartibga solish sohasida katta muammolarga duch kelganligini koʻrish mumkin. Shu davrda Markaziy bank tomonidan puхta ishlab chiqilgan monetar siyosat va u tomondan qoʻllanilgan monetar instrumentlar ob’yektiv sabablarga koʻra kutilgan natijani berishi kiyin edi, bu birinchi navbatda, pul aylanish tizimi hali yaхshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, jumladan, chakana hisob-kitob jarayonlarining oddiy usullar asosida olib borilishi ushbu darajadagi pul aylanmasi ustidan monitoring olib borish imkoniyati juda past darajada ekanligidan dalolat berar edi, bu esa bankdan tashqari pul aylanmasini yuzaga kelishiga va inflyatsiyani yuqori darajada boʻlishiga sabab boʻlgan.
Plastik kartalar aynan chakana savdo sohasida tashkil qilinayotgan toʻlov jarayonlarini zamonaviy tarzda, qulay va tez amalga oshirilishini ta’minlash bilan birga davlatning monetar siyosati samarasini oshiruvchi vosita ham desak mubolagʻa boʻlmaydi. Plastik kartalar yordamida tashkil qilinayotgan pul aylanmasining holatiga ob’yektiv baho berish mumkin va shu bilan birga uning kelajak holatini aniq prognozlash hamda ushbu toʻlov vositalari orqali makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish holatini kuzatish mumkin.
Jahon amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirishda toʻlov kartalaridan samarali foydalaniladi va shu orqali pul aylanmasining ustidan monitoring oʻrnatishga erishiladi.