β-Pikolinning kimyoviy xossalari. 1.Piridin gomologlarini sintez qilish uchun aldegidlar ammiak bilan katalizator (Al2O3) ishtirokida qizdiriladi: Tuzilishi va kimyoviy xossalari. Piridin ham furan, tiofen va pirrol singari aromatik sekstetga ega bo`lib, xossalari jihatidan benzolga o`xshaydi.Aromatik sekstet hosil bo`lishida uglerod atomlari, shuningdek,azot atomi ham bittadan elektron beradi. Pirroldan farqli o`laroq, piridindagi azot atomining erkin electron jufti yadro π- elektronlarining aromatik sekstetini (4n+2,n=1) hosil qilishida ishtirok etmaydi. Shunga ko`ra piridin azotdagi erkin elektron jufti hisobiga kuchsiz (lekin pirrolga nisbatan kuchli) asos xossalarini namoyon qiladi. Piridinning dipol momenti 2,11 D ga, rezonans energiya esa 23 kkal/ molga teng. Azot uglerodga nisbatan elektromanfiy element bo`lgani uchun yadroning elektron zichligini o`ziga tortadi, shu boisdan pirroldan farqli o`laroq, piridinda dipolning manfiy qutbi azot atomi hisoblanadi. - Piridin yadrosi kaliy bixromat va nitrat kislota singari kuchli oksidlovchilar ta‘siriga chidamli, termik barqaror bo`lib, aromatik xossalarni yaqqol namoyon qiladi.Piridin molekulasida π -elektronlar zichligining taqsimlanishi va yadrolar orasidagi masofalarning kattaligini aniqlash uning benzol bilan strukturaviy o`xshashligini ko‘rsatadi. Piridin halqasi deyarli to`g‘ri oltiburchak bo`lib, C - C bog‘larning uzunligi benzol C - C bog‘larining uzunligiga yaqin, C – N bog‘ining uzunligi esa aminlardagiga nisbatan qisqa:
- Elektron zichliklarining yig‘indisi molekuladagi π -elektronlarning umumiy soniga teng, y a‘ni 0,822+0,947+0,947+0,849+1,586=6 . Azot yadroning elektron zichligini o`ziga tortadi va natijada uglerod atomlaridagi elektronlarzichligi benzol molekulasidagi tegishli elektronlar zichligidan, y a ‘ni 1 dan kamayadi:
Shuning uchun ham piridinning elektrofil almashinish reaksiyalariga kirishish qobiliyati benzolga nisbatan kuchsiz.Piridindagi 3 - va 5 - uglerod atomlarida (β- va β1- holatlarda) π - elektronlarning zichligi birmuncha katta bo`lganidan elektrofil almashinish reaksiyalarida reagentlarning hujumi birinchi navbatda shu atomlarga qaratiladi. 2 -, 4 - va 6 – uglerod atomlarida (α-, α1> - va γ- holatlarda) esa elektronlar zichligi kichik, shuning uchun ham ular nukleofil almashinish reaksiyalariga kirishish qobiliyatiga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |