Tayanch iboralar: kompozitsion qurilma; harakat keltirib chiqaruvchi hodisalar; xatti- arakat tahlili; jismoniy harakatlar uslubi; aktyorning tabiiy ijod qilish qonuniyatlari; parcha va mayda hodisalar; vazifalar; jismoniy va ruhiy harakatlar; “xatti-harakat tahlili”; “jismoniy harakat uslubi”; kechinma san’at; voqealar tizimi; voqea va faktlarga munosabat; mavzu; g‘oya; berilgan shart-sharoitni saralash; asarning oliy maqsadi; loyiha - (sxema); boshlang‘ich voqea; yakuniy voqea; tо‘qnashuvga olib kelgan hodisa.
2. San’atning jamiyatdagi о‘rni
San’atning о‘zi nima? Haqiqiy san’at, eng avvalo insonning-insoniylik qiyofasini shakllantiradi. Insonni tuban fikrlardan yiroqlashtirib, yuksaklikka kо‘taradi, hamdard bо‘lishga da’vat etadi. San’at inson ruhiyatini poklaydi. Uning tarbiyaviy ahamiyatini hech narsaga tenglashtirib bо‘lmaydi. Madaniyat va san’at insonni hayvondan ajratib turuvchi chegara. San’at - ma’naviy ijodiyotdir.
San’at - insondagi eng yuksak badiiy ehtiyojni hamda uning tug‘ma - hissiy, ma’naviy, estetik, mafkuraviy ehtiyojlarni qondiradi. Badiiy timsollar orqali omma ongiga ta’sir о‘tkazadi, inson dunyoqarashini shakllantiradi, ma’naviy qiyofasiga ta’sir etuvchi vosita bо‘lib xizmat qiladi. Ommaning ongiga badiiy timsollar orqali ta’sir о‘tkazish, shaxsni yuksak kamolot darajasida tarbiyalab uni shakllantirishga xizmat qiladi.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida san’atning millat madaniyati va ma’naviyatiga qо‘shayotgan ulushi, shaxsning kamolotga erishishida, uni har tomonlama rivojlanishi, mushtarak tarbiyasida о‘rni beqiyosligi haqida yozadilar.
Ammo shunday fiklar ham mavjud, unga kо‘ra san’at tо‘g‘ridan -tо‘g‘ri shaxs ruhiyatiga ta’sir kо‘rsatmaydi, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirmaydi. Bizning fikrimizcha, haqiqiy san’at, agar inson unga talpinib yashasa, sekin-asta kishining dunyoqarashini о‘zgartiradi. Uning ongiga ta’sir kо‘rsatish orqali fikrlash darajasini, hissiyotini, turish-turmushini, hatto tashqi kо‘rinishini ham о‘zgartirishi mumkin. Bu fikr san’atning barcha sohalariga - musiqa, teatr, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, arxitektura va sо‘zsiz adabiyotga ham taalluqlidir. San’atning insonni hayratga solib lol qoldiradigan kuchini, ta’sirini о‘z hayotimda bir necha bor о‘zimda sezganman. Fikrlar quruq sо‘z bо‘lib qolmasligi uchun hayotiy misollar keltiraman.
1965-yili Hamza nomli (hozirgi Milliy Akademik teatr) teatrda unutilmas voqea sodir bо‘lgan edi. Iste’dodli rejissor va mohir pedagog Toshxо‘ja Xо‘jayev yapon dramaturgi Marimoto Kaoruning “Bir ayolning hayoti” - (Жизнь женщины), nomli pyesasi asosida rejissor о‘z talqinidan kelib chiqib “О‘g‘irlangan umr” deb nomlangan spektaklni sahnalashtiradi. Mazkur spektakl, men uchun, rejissorlik va aktyorlik mahoratining badiiy g‘oyani ideal tarzda о‘zida mujassamlashtira olgan badiiy mukamallik namunasi edi. О‘z hayotim davomida meni hayajonga solgan о‘nlab spektallarni tomosha qilganman. Ular orasida Piter Shtayn, G.A.Tovstonogov, L. Dodin, M.Zaxarov, Y.Lubimov, A.Goncharov R.Sturua kabi rejissorlarning spektakllari bor edi. Bu spektakllar, san’atning boshqa turlari: musiqa, tasviriy san’at, kino san’ati qatorida mening dunyoqarashimga ta’sir etibgina qolmay, ma’naviy estetik jihatdan shakllanishimda katta о‘rin egalladi. Ammo “О‘g‘irlangan umr” spektakli о‘zining aktyorlik ijrosi, rejissorlik yechimi va topilmalari orqali tomoshabin qalbiga kuchli hissiy ta’sir о‘tkazishini, na unga qadar va na undan keyin ham, hech bir spektaklda kuzatgan emasman. Ehtimol hayotimda ilk bora jonli teatr bilan yuzma-yuz tо‘qnashganim uchun menda shunday taassurot paydo bо‘lgandir. Mana oradan qariyib ellik yil о‘tgan bо‘lishiga qaramay о‘sha kо‘rgan mizansahnalar, musiqiy ohanglar, ijrochilarning tovushlari, aktyorlarning beqiyos ijrolari tasavvurimda hamon yaqqol kо‘rinib turibdi.
Afsonaviy darajadagi mazkur buyuk spektaklning ta’sir kuchi nimada? Avvalo spektakldagi barcha unsurlarning badiiy yaxlitligidan, deb tushinaman. Va eng muhimi aktyorlarning kishi tug‘yonlarini junbushga keltiradigan darajadagi ijrosi. Balki buni “ijro” deb ham bо‘lmas, aksincha aktyorlarning sahnada timsol ruhiyati bilan yashashi, nafas olishi, harakat qilishidadir. Key obrazi, О‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva ijodiy biografiyasining gultoji desam mubolag‘a bо‘lmas. Shu rol orqali Yayra Abdullayeva О‘zbek teatri tarixida о‘chmas iz qoldirdi. О‘zbek aktyorlarining his-hayajon bilan tо‘lib toshgan ijrosi Ovrupo aktyorlarining tabiatidagi ratsional, mulohazali ijrosidan farq qiladi.
О‘zbek aktyorlari hayajonga beriluvchan, hissiyotlar bilan tо‘yingan bо‘lib, ehtiroslarning jо‘shqinligi, har bir fikrni yurakdan - yurakka о‘tqazadigan ta’sir kuchiga ega. Abror Hidoyatovning mumtoz ijrosi bunga yorqin misoldir. Biroq rejissorsiz, uning aniq kо‘rsatmalari va iste’dodisiz shakl va mazmunan yetuk obrazlar yaratish mumkin emas. Toshxо‘ja Xо‘jayevning “О‘g‘irlangan umr” spektaklida teatrning barcha ta’sirchan vositalari hamda unsurlarning uyg‘unlashuvi natijasida yuksak badiiylikka erishilgan, unitilmas poetik obrazlar yaratilgan. Spektakl chuqur falsafiy mazmun, gо‘zal va aniq shaklga bо‘ysundirilgan. О‘sha mashhur asar sababli men teatr san’ati naqadar kuchli ta’sir kuchiga ega ekanligi, kishini larzaga keltiradigan tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkinligi, inson ongi va shuuriga hech bir о‘lchamga sig‘maydigan ta’sir kuchiga ega ekanligiga amin bо‘ldim. О‘rni kelganda shuni ham aytish joizki, Toshxо‘ja Xо‘jayev bilan G.Tovstonogov hamfikr bо‘lganlar va ularning spektakldagi badiiy yaxlitlikka erishish uslubiyatlari hamohang edi.
Afsuslar bо‘lsinki, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida teatr hamda kino san’ati, asosan keng ommaning ma’lum darajada maishiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. Bunday san’at sо‘zsiz yuksak ma’naviy ehtiyojlardan tobora uzoqlashib bormoqda. О‘z vaqtida Toshxо‘ja Xо‘jayev tor ma’nodagi maishiy mavzulardan teatr san’atini forig‘ qilishga, hamfikr ijodiy jamoa yaratish yо‘lida ozmuncha kuch sarflamagan edi. “U yaratgan har bir spektaklda insonning ma’naviy qiyofasi, uning jamiyat va о‘z oldidagi burchi, insoniyat oldidagi mas’uliyati haqida chuqur falsafiy fikrlar bilan yо‘g‘irilgan bо‘lib, bu fikr butun spektakl davomida qizil ip kesimida о‘tar edi.”10 Har bir ijodkor, xalqning kundalik maishiy doiradagi ehtiyojlarini qoniqtirishga xizmat qilishni maqsad qilib emas, uning kelajagi, ma’naviyati uchun asarlar yaratishni diqqat markazida tutishi kerak.
Iste’dod – sirli jozibadir. Ijodkor badiiy obrazlar orqali ijod qiladi, ular vositasida omma ongiga ta’sir kо‘rsatadi. Insoniyat esa mudom badiiy obrazlar sir-asrorini anglashga intilib keladi.
Badiiy obraz - estetikaning asosiy tushunchalaridan biri. U faqat badiiy san’atga xos yо‘llar bilan borliqni aks ettiradi va qayta shakllatira oladi. Shuningdek, muallif о‘z asarida ijodiy yondoshib qayta gavdlanantirgan biron-bir hodisa - obrazdir. Badiiy obraz nafaqat borliqni aks ettiradi, shu bilan birga eng avvalo borliqni umumlashtiradi, alohidalikda ham umumiylikni aks ettiradi. Badiiy obrazning о‘ziga xos tomonlari - faqat borliqni tafakkur qilibgina qolmay, о‘ylab chiqarilgan yangi dunyoni kashf qidadi. О‘z tasavvuri, uydirmasi mutaxayyalasi (fantaziya) orqali aniq voqelik va borliqni qaytadan barpo qiladi. Aniq sо‘zlar, ranglar, tovushlar yordamida ijodkor bus-butun asar yaratadi. Tо‘qima - umumlashtirma obrazning qiymatini oshiradi. Aristotelning “Poetika” asarida obraz - trop asl, tabiiy narsani aksi sifatida emas, о‘zgartirilgan - noaniq, bо‘rttirilgan, kichraytirilgan narsani ifodalash orqali namoyon bо‘ladi. Har qanday obraz - ong e’tiboriga tushgan ichki dunyodir. Mana shu obrazsiz na tabiiylikning aksi, na tasavvur, na anglashlik va na ijod bо‘lishi mumkin emas. Obraz hissiy yoki aql- idrokka asoslangan shaklga ega bо‘lishi mumkin. Obraz inson tomonidan tо‘qib chiqarilgan yoki faktlarga asoslangan ijod: - fotosurat (hujjatli film, rasm) shaklida bо‘lishi mumkin. Badiiy obraz yaxlit yoki uning qismlari shaklida taqdim etilishi mumkin. U inson ongi va hissiyotlariga kuchli ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Badiiy obraz ijodkorni qiziqtirgan masalalariga javob bо‘lsa, ikkinchi tomondan, yangi-yangi savollarni о‘rtaga tashlaydi. Lо‘nda javob yо‘qligi, uning mubhamligi obrazning tabiatiga kо‘ra botiniy - subyektiv sifatidir. U keng kо‘lamli mazmunni ifoda qilishi mumkin, sо‘ngi javob orqali sо‘ngsizlikni ifoda etishi mumkin. U garchand bir nechta unsurlardangina barpo qilingan bо‘lishiga qaramay, yaxlit bir buyum, fikr kо‘rinishiga ega bо‘ladi. Obraz ishoralar (eskiz) orqali, yoki yakunlangan holda ifodalanishi mumkin.
Badiiy obraz о‘ta murakkab tafakkur bо‘lib, о‘zigagina xos xususiyatni hamda umumiylikni aks ettirishi mumkin.
Badiiy obrazlarni bir - biriga taqqoslash orqali quyidagicha xulosa yasash mumkin:
1. Badiiy timsolning birinchi tarkibiy qismi. Badiiy asarning mohiyati oliy maqsaddir - badiiy asar yaratilishiga turtki bо‘lgan ijodkorning dardi, hissiy sezgisi. “Jim tura olmayman!” degan ichki kuch asarning tub ma’nosini anglatishga xizmat qiladi. Ijodkor his qilish orqali ta’sir о‘tkazadi, Ya’ni fikrni, asar ma’nosini о‘z hissiyotlari orqali ifoda etadi. Ijodkor jamiyatdagi og‘riq nuqtalarni sezishi, ularga befarq bo‘lmaganligi sababli boshqalardan ajralib turadi. Ijodkorga ta’sir etmaydigan hodisotlar tо‘g‘risida gapirishning hojati yо‘q. “Ehtirosli tо‘lqinida olg‘a surilgan timsoliy g‘oya xotirada uzoq saqlanib qoladi”,- degan edi P.Simonov.11
Do'stlaringiz bilan baham: |