Malakali ishchilar
— bu, odatda, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari,
hunar-texnika bilim yurtlari, maxsus kollejlarni bitirgan
yoshlardan iboratdir.
Boshqaruv kadrlari deyilganda, kasb faoliyati to‘la
ishlab chiqarish boshqaruvi vazifasini bajarish bilan bog‘liq
xizmatchilar tushuniladi.
Hozirgi vaqtda, bozor iqtisodiyoti sharoitida kadrlar
masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu, birinchi navbatda,
boshqaruvni demokratiyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lsa,
boshqa
tomondan,
turli tashkiliy — huquqiy boshqaruv shakliga o‘tish
bilan, yangi turdagi rahbar-mutaxassisni tarbiyalash bilan; inson
omili ahamiyatining oshishi bilan va nihoyat, mehnatkashlarning
ijtimoiy talabini tushunib yetish bilan
bog‘liqdir.
Boshqaruv kadrlari quyidagi ikkita tushuncha ya’ni, kadrlar
siyosati va kadrlar bilan ishlash tushunchasiga bog‘liqdir.
Kadrlar siyosati deyilganda — bu uzoq davrga mo‘ljallangan
ishbilarmonlik, kasb va shaxs sifatiga ega yuqori malakali
boshqaruv kadrlari tayyorlash yo‘nalishi tushuniladi. Kadrlar
siyosatining maqsadi — korxonada, firmada ularni tayyorlash
va qayta tayyorlashni uzoq muddatli dasturini ishlab chiqishdan
iboratdir. Masalan, hozirgi vaqtda kichik biznesga doimo
yangidan-yangi, o‘qimishli yoshlar talab qilinadi, hamda
to‘xtovsiz o‘zini-o‘zi bilimi va malakasi takomillashuviga
harakat qiladigan yoshlar, ayniqsa,
menejment, marketing, bank
ishlari
uchun jalb qilinadi.
Albatta, kadrlar siyosati o‘z strategiyasi va taktikasiga ega.
Kadrlar strategiyasi esa, jamiyatning ma’lum tarixiy taraqqiyoti
bosqichidagi asosiy maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
13
Kadrlar ishining taktikasi, deb kadrlar bilan bo‘ladigan
munosabatga aytiladi. Bunda hozirgi sharoitda kadrlar siyosatini
ma’lum tartibda amalga oshirish qoidalari ko‘zda tutiladi. Bu
kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish, ta’lim
berish, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash demakdir.
Kadrlar bilan bo‘ladigan faoliyatning samaradorligi tizimli
yondashuvga asoslanishi kerak. Kadrlar ish tizimini boshqaruv
xodimlari bilan bo‘ladigan faoliyat shakli, usuli, yo‘nalishi va
o‘lchovlarining birlashmasi tashkil qiladi. Kadrlar bilan ishlash:
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, bir joydan ikkinchisiga
o‘tkazish va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarish, faoliyat
rejalarini tashkil qilish va rahbarlik qilish kabilarni o‘z ichiga
oladi.
«
Xodim
» iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida «biror idora
yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi» ma’nosida talqin
etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, tibbiyot
xodimi, ilmiy xodim va h.k.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga
ikki xil yondoshuv mavjud:
—
inson resurslarini boshqarish;
—
xodimlarni boshqarish.
«
Do'stlaringiz bilan baham: |