Mustaqil ish topshiriqlari:
Pedagoglik kasbi haqida tajribali o’qituvchi bilan suhbatda bo’lish.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining pedagogik faoliyatini kuzatish va o’rganish. Sinf rahbari faoliyatini kuzatish va tahlil qilish.
3. O’z pedagogik qobiliyat va sifatlariga baho berish.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
O’qituvchilik kasbining faxrli jihatlari shundaki, har qanday kasb egasi dastlabki ma’lumotni o’qituvchidan oladi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita hissa qo’shadi.
Albatta bu kasbning mas’uliyatli jihatlari ham mavjud. Jamiyat uning qo’liga ishongan holda yosh avlodni topshiradi. U jamiyatning ishonchli vakili sifatida yoshlarga bilim berishi, ularda Vatanga, mehnatga bo’lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirishi lozim.
Pedagoglik kasbi o’qituvchidan quyidagi anotomo-fiziologik xususiyatlarni talab etadi: to’rt muchaning but bo’lishi (qo’l, oyoq); ko’rish, eshitish, nutq organlarining sog’lom bo’lishini; yurak, qon aylanish tizimining o’z me’yorida ishlashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |