Hujjatlar yurituvchi yoki yozib boruvchi kotiba – har kungi yig`ma jil dva guruhiy fayllarni to`plab, guruhning har bir a`zosi tomonidan hissa qo`shilgan barcha guruhiy ishlar yozuvlari va materiallarni saqlab boradi.
Yozib boruvchi har bir muammo yuzasidan topilgan echimni yozadi va yig`adi. Guruh sinf oldida og`zaki taqdimot o`tkazishi uchun materiallarni tayyorlashi ham mumkin.
Taqdimotchi yoki ma`ruza qiluvchi – guruhiy ish yoki xulosalar to`g`risida sinf oldida og`zaki taqdimot o`tkazadi va savollarga javoblar beradi.
Monitor yoki vaqt belgilovchi – guruh ishlayotgan ish joyining ahvoli tartibli bo`lishiga javobgar. Shuningdek, u «taymkiper» vazifasini bajarib, har bir vazifa bo`yicha guruhga berilgan vaqtni belgilaydi va muntazam nazorat qilib boradi.
Zaxiradagi ishtirokchi (guruhlarda beshtagacha ishtirokchi bo`lsa) – guruhda etakchining assistenti vazifasini bajaradi va guruh ishida vaqtincha qatnashmayotgan ishtirokchining rolini o`ziga oladi.
Uch pog`onali interv`yu
Uch pog`onali interv`yu «muzyorar» sifatidagi mashg`ulot yoki tadbir boshlanishida, jamoa a`zolarini bir-birlari bilan tanishtirish uchun yoki o`quvchilar orasida rollarni taqsimlash, turli mahsulot va buyumlar bilan chuqur tanishtirish maqsadida ishlatilishi mumkin.
Rollarni o`qituvchi taqsimlaydi yoki o`quvchilarning o`zlari tanlashi mumkin. O`quvchilarga interv`yu savollarini yoki «topilishi» kerak bo`lgan axborotlarni tarqatib chiqish ham mumkin. Misol uchun, A o`quvchi B ga bir necha daqiqa vaqt ichida savollar beradi va diqqat bilan eshitib, interv`yu oladi.
Vaqt tugagani haqida o`qituvchining ishorasidan so`ng har bir juftlik boshqa juftlikka o`giriladi, hamda to`rt kishidan iborat kichik guruh shakllantiriladi. Guruhning har bir a`zosi o`z sherigi to`g`risidagi eng qiziq lavhalarni ifodalab tanishtiradi.
Davra suhbati
Davra suhbati usuli aqliy hujum yo`li bilan g`oyalarni to`plash, bita savol, savollar guruhi yoki muammoga ko`p sonli javoblarni umumlashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
O`qituvchida o`quvchilarga beriladigan savol yoki muammo echimining kaliti bo`ladi. Bu shunday savol yoki muammo bo`lishi kerakki, unga ko`p (bir nechta) «to`g`ri» javoblar berilishi mumkin bo`lsin. Savolni dars mavzusiga bog`lash, lekin har bir ishtirokchi o`z hissisini qo`sha olishi uchun uni soda shaklda tayyorlash kerak:
1. O`qituvchi savol beradi va vaqtni belgilaydi.
2. Har bir guruhga bir dona ruchka va bir varaq qog`oz beriladi.
3. Birinchi ishtirokchi bitta javobni yozadi va javobni baland ovozda o`qib beradi.
4. Birinchi ishtirokchi bitta javob yozilgan qog`oz Bilan ruchkani chap tarafida o`tirgan guruhdoshiga uzatadi va keyin o`sha ishtirokchi qog`ozga o`z javobini yozadi va h.k.
5. Ajratilgan vaqt tuguguncha ish to`xtatilmaydi.
6. O`quvchilar jarayon vaqtida «taslim bo`ldim» so`zini aytishlari mumkin.
7. Ajratilgan vaqt tugagandan so`ng ish to`xtatiladi.
Vaqt tugashi bilan o`quvchilar o`z ro`yxatlari bilan nima qilish yuzasidan, ya`ni ular turli javoblarni muhokama qilishni davom ettirish yoki sinfning boshqa a`zolari o`rtasida o`z ro`yxatlari bilan tajriba almashishni yoki o`qituvchining taklifi bo`yicha ishni davom ettiradilar.
Ro`yxat tuzish
Ro`yxat tuzish aqliy hujum texnikasi bo`lib, o`quvchilarning bir masala bo`yicha har tomonlama fikrlab, javob variantlarini ro`yxat shaklida yozish texnikasini rivojlantirishi uchun ishlatilishi mumkin.
Ro`yxat tuzishda o`quvchilardan u yoki bu fikrni yoritish yoki ta`riflab berilgan so`zlarni yozish talab etiladi. O`quvchilar bu ishni to`xtatishi bilan bu ro`yxatlarni guruhiy va ochiq muhokamalarda ishlatishi mumkin.
Bunda o`quvchilardan guruh bo`lib ro`yxatlarni muhokama qilish va variantlar orasidan bracha o`quvchilar rozi bo`lgan bita variantni tanlab olishlarini so`rash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |