Mavzu: Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida havo yordamida tashish jarayonini samaradorligini oshirish” mavzusini o’qitishda “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash
Farg’ona politexnika institut Yengilsanoat va to’qimachilik fakulteti Paxtani dastlabki ishlash va urug’ tayyorlash yo’nalishi M 22-21 guruh magistranti Ahmedov Abdulatifning Paxta sanoati texnologiyasining ilmiy muammolari fanidan MUSTAQI ISHI
Mavzu: Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida havo yordamida tashish jarayonini samaradorligini oshirish” mavzusini o’qitishda “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash
MAVZUNING DOLZARBLIGI:
О‘zbekiston Respublikasi paxta yetishtirish va uni eksport qilish bo’yicha dunyoda yetakchi urinlarda turadi. Shuning uchun mamlakatimiz iqtisodiyotida paxta muhim urin egallaydi. Jahon andozalariga mos keladigan yuqori sifatli tola ishlab chiqarish, paxtani qayta ishlash sohasi mutaxassislari va olimlari oldiga texnika va texnologiyani takomillashtirishdek muhim vazifa hisoblanadi [1,2,]. Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonlarida kо‘pdan-kо‘p mexanik zarbalar ta’sirida tolaning tabiiy sifat kо‘rsatgichlari sezilarli darajada pasayadi. Jahon bozorida esa tola sifat kо‘rsatgichlari bо‘yicha baholanadi [3,4]. Paxtani dastlabki ishlash bir qator texnologik jarayonlardan iborat bо‘lib (joylashtirish, saqlash, tashish, quritish, tozalash, tola ajratish va boshqalar), о‘ziga xos о‘zunroq texnologik zanjirni tashkil etadi. Bu zanjir har bir jihozning ish unumi va undan oldingi mashinalarning ish sifatiga chambarchas bog‘liqdir. Paxta tayyorlash sur’atining о‘sishi, paxtani qayta ishlash sanoati oldiga ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, uskunalarning unumdorligini kо‘tarish, mahsulot sifatini yaxshilash vazifasini qо‘ymoqda. Bu vazifalar ijrosi, hududda о‘rnatiladigan havo yordamida tashuvchi qurilma ishiga kо‘proq bog‘liqdir. Chunki, u tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri paxta tozalash korxonasining uzluksiz texnologik jarayoniga qо‘shilib, uning dastlabki va ish sur’atini belgilab beruvchi muhim qismi bо‘lib hisoblanadi. Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonlarida tabiiy xossalari saqlagan holda, sifatli raqobatbardosh jahon andozalariga mos darajada mahsulot ishlab chiqarish uchun, professional kichik usta va ishchilar ta’minlash bugunki kunning asosiy vazifalardan hisoblanadi. Paxtaga dastlabki ishlov berishda yangi yо‘nalish bо‘lgan, uni havo yordamda tashishi jarayondagi texnika va texnologiyani о‘rganib tahlil qilish va takomillashtirib samaradorligini oshirish. Sohada ishlash uchun yuksak bilimni talab qiladigan, professional kichik usta hamda ishchilar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida “Yengil sanoat mahsulotlari materialshunoslidi” fanidan “Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida havo yordamida tashish jarayonini samaradorligini oshirish” mavzusini o’qitishda “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash maqsad qilib olingan. -paxtani havo yordamida tashish jarayonidagi yangi yо‘nalishlarni nazariy asoslarini va undagi qurilmalarning samaradorligini о‘rganish hamda ularning taxlili;
-paxtaning texnologik xususiyatlarini va havo yordamida tashuvchi qurilma elementlarini о‘rganish;
-quvurga paxtani bir tekisda uzatish va uning harakati barqarorligini ta’minlash uchun gorizontal lenta yuzasidagi paxta qatlamini tekislash jarayonini о‘rganish;
-havo yordamida tashish jarayonida paxtaning tabiiy sifatini saqlab qolish muammosini hal qilish va havo yordamida tashuvchi qurilma asosiy elementlarini takomillashtirilgan usulini о‘rganish;
-paxta tarkibidagi har xil aralashmalarni ajratib oluvchi qurilmaning ish jarayonini nazariy va amaliy yо‘llar bilan tekshirish hamda ularning о‘shlash kamera devoriga paxtaning urilishini kamaytirish yullarini о‘rganish;
-paxtani havo yordamida tashish usulning iqtisodiy samaradorligini hisoblash va mashinalardagi mehnat xavfsizligi, jarayonidan ajralib changlarni zararsizlantirish usullarini о‘rganish;
- kasb-hunar kollejlarida “Yengil sanoat mahsulotlari materialshunoslidi” fanidan
“Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida havo yordamida tashish jarayonini samaradorligini oshirish” mavzusini o’qitishda “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash;
-olingan natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun uslubiy kо‘rsatmalar ishlab chiqishdan iboratdir;
Paxtani havo yordamida tashuvchi qurilmaga bir tekisda uzatish imkonini beradigan ta’minlagichni yaratish asoslanishi natijasida tashish jarayonida paxta quvur devorlariga urilmasdan xarakatlanishi ta’minlandi.
Separatorning vakuum qismiga paxtaning kelib tushish jarayonlari nazariy yо‘l bilan о‘rganildi va uning asosida samarali ishlashini ta’minlaydigan о‘lchamlari aniqlandi.
Paxtaning fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda, havo yordamida tashuvchi qurilmani ta’minlash jarayonining nazariyasi о‘rganildi.
Kasb-hunar kollejlarida “Yengil sanoat mahsulotlari materialshunosligi” fanidan
“Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasida havo yordamida tashish jarayonini samaradorligini oshirish” mavzusini o’qitishda “Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash ishlab chiqildi. “Yengil sanoat mahsulotlari materialshunoslidi” fanining mazmuni talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid nazariy qarashlar va yondashuvlar bilan boyitildi. Ta’lim olishning samarali shakl, metod va vositalari belgilab berildi. Bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy- uslubiy tavsiyalar yoksak malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
a) sо‘ruvchi; b) puflovchi; v) sо‘ruvchi-puflovchi.