1-chizma.
Paxtachilik xarajatlarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish.
Dt 0230,0260 Kt
Dt 2010 Kt
Dt 2810 Kt
(10)
Dt 1030 Kt
(1)
Dt 1090 Kt
(2)
Dt 2310 Kt
(3)
Dt 2510 Kt
(4)
Dt 6010 Kt
(5)
Dt 6410 Kt
(6)
Dt 6520 Kt
(7)
Dt 6710 Kt
(8)
(9)
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
28
Paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishining
dastlabki buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda buxgalteriya hujjatlarini
turkumlash, bir-birini takrorlashlarga yo’l qo’ymaslik, rekvizitlarning axborotlar
to’laligini saqlagan holda bo’lishi, unifikasiyalashtirish va standartlashtirish, qog’ozni
tejash va elektron shaklga o’tish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bitiruv ishi
bajarish davomida fermer xo’jaliklarida Paxtachilik xarajatlari va mahsulot chiqishini
hisobga olish jarayonidagi buxgalteriya hisobi hujjatlari turkumlanib, bir-birini
takrorlaydigan hujjatlar o’rniga, axborotlar to’laligini ta’minlaydigan hujjatlar taklif
etildi. Taklif etilgan hujjatlar unifikasiyalash va standartlash talablariga javob berib,
buxgalteriya hisobining "1 S - Buxgalteriya" yoki BEM elektron dasturlarni
qo’llashda ham foydalanish mumkin. Bu eesa dastlabki hisobni takomillashtirish
bilan birga, hisob ma’lumotlarini to’laligi va tezkorligini oshirib, qog’ozlarni tejash,
elektron axborot almashinuvini yaxshilashga olib kelib, boshqaruvchilarni o’z vaqtida
to’liq axborotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishining
sintetik va analitik hisobini o’rganganimizda, bevosita Paxtachilik tarmog’iga tegishli
bo’lmagan xarajatlar, jumladan elektr energiya xarajatlari paxtachilik tarmog’i
xarajatlariga qo’shib yuborilganligi ma’lum bo’ldi. Shuning uchun bevosita
paxtachilikka tegishli xarajatlarni paxtachilik xarajatlariga olib borish hamda
paxtachilik xarajat moddalariga quyidagi xarajat moddalari qo’shish taklif etildi:
-O’z yordamchi ishlab chiqarish ish va xizmatlari;
-Chetdan bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar;
-Soliq to’lovlari.
Ushbu xarajat moddalarini qo’shilishi paxtachilik xarajatlarini hisobga olishni
yanada aniqlashtirib, har bir xarajat turini nazorat qilish va boshqarishni yanada
yaxshilaydi. Paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi
hisobini hisob registrlarida yuritishni yanada takomillashtirish maqsadida, chiqarish
xarajatlari va mahsulot chiqishi hisobini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida
2008-yil 26-martda 1781-son bilan ro’yxatga olingan Moliya vazirligi va Qishloq va
suv xo’jaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1, 1/2-son qarori bilan
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
29
tasdiqlangan "Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini
tashkil etish to’g’risida Nizom"da taklif etilgan hisob registrida yuritish taklif etildi.
Ushbu takliflar fermer xo’jaligida qo’llanilashi bir tomondan sotish
operasiyalarini sotish kanallari bo’yicha alohida hisobga olib borishni ta’minlasa,
ikkinchi tomondan mahsulot sotishdan olinadigan daromadlarni «Moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobot»da to’liq hisobga olinishini, paxta yetishtirish bo’yicha
moliyaviy natijalarni ishonchli aniqlanishini, «Buxgalteriya balansi»da aylanma
mablag’lar tarkibida tayyor mahsulotlarni to’liq aks ettirilishini ta’minlaydi. Bu
paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishining dastlabki,
sintetik va analitik hisobini takomillashtirish bilan birga, hisob axborotlarini
ishonchliligini ta’minlab, xarajatlarni nazorat qilish va boshqarish asosida
kamaytirish imkonini beradi.
Paxtachilikda mahsulot tannarxini hisoblash, paxtachilik tarmog’ida xarajatlar
va mahsulot chiqishi hisobining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Mahsulot tannarxini
iqtisodiy asoslangan holda aniqlash ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotni
iqtisodiy samaradorligini obektiv va aniq hisoblash imkonini berib, korxonada ishlab
chiqarilayotgan har bir mahsulotning qaysi biridan ko’proq samara olinayotganini
to’g’ri aniqlash imkonini beradi. Chunki hozirgi kunda fermer xo’jaliklarida
xarajatlar hisobi va mahsulot chiqishi hisobi boshqaruv hisobiga kirganligi tufayli,
xo’jaliklarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini o’z vaqtida va iqtisodiy asoslangan
holda yuritishga berilayotgan e’tiborni talab darajasida deb bo’lmaydi. Bunga sabab
mamlakatimizda moliyaviy va boshqaruv hisobini korxonalarda tashkil etish va
yuritish bo’yicha me’yoriy bazani shakllangan bo’lishiga qaramasdan, fermer
xo’jaliklari boshqaruv hisobini yuritish uslubiyoti, ayniqsa xarajatlar hisobi va
mahsulot tannarxini aniqlash uslubiyoti bo’yicha mavjud muammolar bugungi kunda
yetarli darajadi hal etilgan emas. Bundan tashqari, fermer xo’jaliklarining
aksariyatida "Hisob siyosati" ishlab chiqilmagan. Ushbu muammolarning mavjudligi
paxtachilik tarmog’ida mahsulot tannarxi hisoblash uslubiyotiga ta’sir qilib, uni
xarajatlar hisobi uslubiyoti bilan birga, takomillashtirish zaruriyati mavjudligini
belgilab beradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
30
Paxtachilikda mahsulot tannarxini aniqlash tarmoqning xususiyatlarini hisobga
olgan holda amalga oshirilishi kerakligini belgilab beradi. Bunday xususiyatlar bo’lib
quyidagilar hisoblanadi
:
Paxtachilikda mahsulot ishlab chiqarishning yillik sikli, shuningdek, ish vaqti
va ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligi mahsulot tannarxini hisoblashni faqat
xo’jalik yili tugagandan keyin amalga oshirish kerakligini ko’rsatadi.
Tugallanlanmagan ishlab chiqarish xarajatlar summasini aniqlash faqat yil oxirida 1-
yanvar holatiga aniqlanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar
kiradi. Haqiqiy tannarx faqat yil oxirida aniqlanadi, yil davomida esa olingan
mahsulotlar reja tannarxi bilan hisoblanadi.
Reja tannarxi – bu korxona rejalashtirayotgan davrdagi mahsulot jami va
birligiga sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlar yig’indisi ifodalanadi.
Haqiqiy tannarx- bu yil oxirida korxona xo’jalik faoliyatini yakun qilishda,
saflangan haqiqiy xarajatlar va olingan mahsulotlar asosida hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida olingan mahsulotlarining barcha asosiy va yondosh
mahsulotlari bo’yicha tannarx hisoblanadi.
Alohida mahsulot turlari bo’yicha tannarxni hisoblashda dastavval asosiy,
yondosh va qo’shimcha mahsulotlarning turlari bo’yicha miqdori aniqlanadi. Ammo,
har bir mahsulot turi bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining hisobini alohida tashkil
qilib bo’lmaydi. Shuning uchun barcha turdagi mahsulotlar o’rtasida ishlab chiqarish
xarajatlarini taqsimlash quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi
:
1. Xarajatlarni bevosita mahsulot turlariga olib borish.
2. Alohida qishloq xo’jalik ekinlari turlari, mahsulotlari bo’yicha, hayvonlar
mahsulotlari bo’yicha, turlari uchun umumiy bo’lgan belgilar bo’yicha xarajatlar
olinadigan mahsulot turlari uchun umumiy bo’lgan belgilardan birining miqdori
ahamiyatiga mos ravishda taqsimlanadi.
3. Alohida turdagi mahsulotlarni olishga ketgan xarajatlarni ekspertlar yo’li
bilan baholash va ularni ma’lum bir ko’rsatkichlarda aks ettirish.
4. Ma’lum bir ekindan olingan mahsulotlar turi bo’yicha xarajatlarni
markazlashgan tartibda o’rnatiladigan iqtisodiy jihatdan asoslangan koeffisiyentlarni
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
31
qo’llash yordamida, sentner – koeffisiyent va boshqa shartli birliklarning miqdoriga
mos taqsimlanadi. Ularni aniqlashda mahsulot turlaridan birining birligiga to’g’ri
keladigan xarajat bir deb qabul qilinadi, boshqa mahsulotlar birligiga qilingan
xarajatlar shu birlikka nisbatan olinib koeffisiyent ko’rinishida ifodalanadi.
5. Xarajatlar mahsulotni sotish bahosi bo’yicha baholangandagi mahsulot
qiymatiga mos taqsimlanadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash, har
bir turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinayotgan iqtisodiy samarali to’g’ri
aniqlashga olib keladi. Shuning uchun har bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish
uchun qilingan xarajatlarni to’g’ri aniqlash har bir xarajat obyekti bo’yicha hisobga
olib borilgan xarajatlarni kalkulyasiya obyektlari o’rtasida tegishli tartibda taqsimlash
zarur. Xarajatlarni qaysi ekin turiga, chorva moli turiga yoki ish, xizmat turiga olib
boriladigan bo’lsa, o’sha xarajat obyekti deyiladi. O’simlikchilik tarmog’i xarajat
obyektlari bo’lib qishloq xo’jalik ekinlari, qishloq xo’jalik ishlari, tugallanmagan
ishlab chiqarish va boshqa obyektlar hisoblanadi.
Haqiqiy tannarxi aniqlanadigan mahsulot, ish, xizmat turiga kalkulyasiya
obyekti deyiladi. Kalkulyasiya obyekti qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy va
yondosh mahsulotlar hisoblanadi. Qo’shimcha mahsulotlar kalkulyasiya obyekti
bo’lmaydi. Mahsulot tannarxini aniqlashda asosiy muammo bo’lib, xarajatlarni
kalkulyasiya obyektlari o’rtasida taqsimlash hisoblanadi.
Paxtachilikda kalkulyasiya obyekti bo’lib, paxta xom ashyosi hisoblanadi. 1
sentner paxta tannarxini aniqlash uchun jami xarajatlar olingan mahsulot miqdoriga
bo’linadi.
2011-yilda Jomboy tumani fermer xo’jaliklarida 7 745 gektar yerga paxta
urug’i ekilib, Paxtachilik xarajatlari 11758 million so’mni tashkil etgan. Tuman
bo’yicha 20047 tonna paxta hosili yig’ishtirib olingan. Tuman bo’yicha 1 sentner
paxta tannarxi quyidagicha bo’lgan
:
1 s. paxta tannarxi =
652
,
58
.
200470
лн.сўм
11758
мингсўм
ц
м
=
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
32
Demak, 2011-yilda Jomboy tumani fermer xo’jaliklari bo’yicha 1 sentner paxta
tannarxi 58652 so’mni tashkil etgan.
Paxtachilik bo’yicha xarajat obyektlarini fermer xo’jaligi misolida olib
qaraydigan bo’lsak, har bir turdagi ekinlar – paxta, bug’doy va hokazolar xarajat
obyektlari bo’lishlari zarur. «Yulduz» fermer xo’jaligida asosan g’alla va paxta
ekilib, paxta uchun qilingan xarajatlar «Paxtachilik» analitik schyotida hisobga olib
boriladi.
2011-yilda «Yulduz» fermer xo’jaligida 19,7 gektar yerga paxta ekib, jami 484
sentner hosil olgan yoki har gektar yerdan 24,6 sentnerdan paxta hosili olingan.
Shunday qilib, fermer xo’jalikda paxtaga tegishli bo’lgan 17116 ming so’mlik
xarajatlar, kalkulyasiya obyekti bo’lgan 484 sentner paxtaga tegishli bo’lgan. Ushbu
ma’lumotlar asosida 1 sentner paxtaning haqiqiy tannarxini hisoblasak, u quyidagicha
bo’ladi:
1 s. paxta tannarxi =
363
,
35
.
484
сўм
минг
17116
=
ц
ming so’m
Demak, xo’jalikda 20111yilda 1 s paxtaning tannarxi 35363 so’m bo’lgan.
Bu tuman fermer xo’jaliklari bo’yicha taqqoslaganda 22289 so’mga yoki 62%
kam.
Fermer xo’jalikda olingan paxta xom ashyosi daromadga olingan, ammo paxtani
yig’ishtirib olgandan so’ng g’o’zaplya daromadga olinmagan. Agar fermer xo’jalikda
qo’shimcha mahsulot sifatida g’o’zapoya ham daromadga olinganda paxtaning
tannarxi yanada pasaygan bo’lar edi.
Paxta tannarxining pasayishi foydaning ko’payishiga olib keladi. Foydaning
ko’payishi esa fermer xo’jaligi iqtisodiyotining mustahkamlanishiga olib keladi.
Paxta ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxningomilli tahlili
Fermer xo’jaliklarda paxta xom ashyosi ishlab chiqarish ham boshqa
mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi xarajatlarsiz sodir bo’lmaydi. Ishlab chiqarish
uchun moddiy, mehnat va moliyaviy resurs sarflanadi, unda sarfning yig’indisi ishlab
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
33
chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Lekin sarf bo’layotgan resursini tejab xarajat
qilish iqtisodiyotni modernisayalash sharoitida katta ahamiyatga egadir. Qancha tejab
sarflansa, xarajat samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Shuning uchun xarajatlar
hajmini o’rganib, kamaytirish yo’llarini ko’rsatish tahlilining asosiy maqsadidir.
Xarajatlar tejalsa, foyda oshib, xo’jalikda ishlab chiqarish yangi zamon texnologiyasi
asosida yangilashda, muhim moliyalashtirish manbai bo’lib, xizmat qiladi.
Tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi (xarajat)ni taxlil etish uchun
iqtisodiy tahlilining solishtirish usulidan foydalanish, hisobot yilidagi xarajatlar
summasini bazis yildagi yoki rejalashtirilgan xarajatlar summasiga qiyoslab, umumiy
o’zgarish aniqlanadi, ya’ni uning ko’payganligi yoki kamayganligi aniqlanadi.
5-jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, “Yulduz” fermer xo’jaligida 2009-2011
yillarda paxtaning ekin maydlni 15,3 gektarga qisqargan. Shubilan birgalikda, yalpi
hosil ham mos ravishda kamaygan. Ammo, hosildorlik 22,4 s.dan 24,6 s.ga
ko’tarilgan va bu o’z navbatida mahsulot birligi tannarxining
Mahsulot tannarxi qishloq xo’jalik ishlab chiqarish samaradorligining asosiy
ko’rsatkichlaridan biridir. Tannarx pasaysa (arzonlashsa) ishlab chiqarish
samaradorligi oshadi, ya’ni uning foydasi ko’payadi. Shuning uchun ham tannarxni
o’rganib, uni arzonlashtirish imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Mahsulot tannarxi deb nimaga aytiladi? Mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan
barcha ishlab chiqarish
5-jadval
Jomboy tuman “Yulduz” fermer xo’jaligila paxta tannarxi bilan bog’liq
bo’lgan ko’rsatkichlari taqqoslama tahlili.
№
Ko’rsatkichlar
2009
yil
2011
yil
O’zgarishi (+;-
)
2010 yil 2009
yilga nisbatan %
1
Ekin maydoni ga
35
19,7
-15,3
56,3
2
Paxta hosili s
784
484
-300,0
61,7
3
Jami paxtaning xarajati m.s
30125
17116
-13009,0
56,8
4
Hosildorlik i/ga
22,4
24,6
2,2
109,7
5
1 ga ekin maydon hisobiga
bo’lgan xarajat so’m
860,7
868,8
8,1
100,9
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
34
6
1 s paxta tannarxi so’m
38,4
35,4
-3,1
92,0
Manba: «Yulduz» fermer xo’jaligining 2009-2011 yil hisobotlari.
xarajatlarning pul shaklida ifodalanishi tannarx deb ataladi. Tahlil etishda
mahsulot birligi uchun bo’lgan xarajatlarni o’rganish maqsadga muvofiq, shunday
qilingan taqdirda imkoniyatlarni ko’rsatish asos bo’ladi. Shu nuqtai nazardan biz ham
yetishtirilgan paxta ham ashyosining tannarxini tahlilini ko’rib chiqdik.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami xarajatlari xajmini ta’sir etuvchi
omillarni xisobga olgan holda hisoblash maqsadga muvofiqdir, ya’ni ularni miqdoriy
va sifatiy omillarning yig’indisi tariqasida aniqlash zarur, chunki ularning
o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ko’rinib turadi. Bu o’zgarishni quyidagicha
ifodalash mumkin:
Bunda, q
1
,q
0
-mos holda hisobot va bazi yillarda ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotlar miqdori, z
0
, z
1
- shu mahsulotlarning bazis va hisobot yillardagi ishlab
chiqarish tannarxi (so’m hisobida).
Demak q
0
z
0
-bazis yilida yetishtirilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarish
xarajatlarining umumiy hajmini ko’rsatadi, ya’ni bazis yilida yetishtirilgan mahsulot
miqdorini mahsulot tannarxiga ko’paytirib, ularning umumiy hajmi aniqlangan.
q
1
z
1
-hisobot yilida yetishtirilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarish
xarajatining umumiy xajmini ko’rsatadi. Demak , hisobot yilidagi mahsulot
miqdorini (q
1
) bir birlik mahsulot tannarxiga (z
1
) ko’paytirish xarajatlari hajmi
aniqlanadi.
Ushbu yo’l bilan bazis va hisobot yillari uchun hisoblangan ishlab chiqarish
xarajatlarning jami so’mmasi buxgalteriya hisobotlaridagi xarajatlarning jami
so’mmasiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot jami xarajati
summasining o’zgarishi ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:
1. Ishlab chiqarilgan mahsulot fizik miqdorining o’zgarishi (q
1
-q
0
) hisobiga.
2.Mahsulot birligi tannarxining o’zgarishi (z
1
-z
0
) hisobiga.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
35
Ushbu omillarning xarajatlar xajmining umumiy o’zgarishiga ta’sirini
“Ko’rsatkichlar farqi” usulidan foydalanib, aniqlash usuliga to’xtildik. Ishlab
chiqarish xarajatlari o’zgarishiga mahsulotlar miqdori o’zgarishning ta’sirini aniqlash
uchun, hisobot yilidagi mahsulot miqdori (q
1
) bilan bazis yilidagi mahsulot miqdori
(q
0
) orasidagi farqni bazis yilidagi mahsulotning tannarxiga (z
0
) ko’paytirish kerak:
(q
1
-q
0
)x z
0
=
Xarajatlar umumiy hajmining o’zgarishiga mahsulot tannarxi darajasi
o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun, hisobot yilidagi mahsulot tannarxi (z
1
) bilan
bazis yildagi mahsulot tannarxi (z
0
) orasidagi farqni hisobot yilida ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdoridagi (q
1
) ko’paytirish kerak:
(z
1
-z
0
)x q
1
=
Yuqoridagi ikki omil ta’sirining yig’indisi ishlab chiqarish xarajatlarining
umumiy o’zgarishi teng kelishi kerak.
Endi yetishtirilgan paxta misolida ishlab chiqarish xarajatlari hajmi
o’zgarishini tahlilini amalga oshiramiz. Buni jadvaldan ko’rish mumkin.
Paxta yetishtirish bo’yicha jami ishlab chiqarish xarajatlari xajmi 2011 yilida
2009 yilga nisbatan 13009 ming so’mga yoki 56,8% ga kamaydi. Bunday o’zgarishga
ikki omil ta’sir etgan. Birinchi omil bo’lib mahsulot miqdorining o’zgarishi
hisoblanadi, ya’ni hosil 2011 yilida 484 s.ni tashkil qilib, o’tgan yiliga nisbatan 300
sentnerga kamaygan, natijada shu omil hisobiga paxtaning ishlab chiqarish xarajatlari
so’mmasi 2011 yilida 2009 yiliga nisbatan 11520 ming so’mga kamaygan.
сўм
минг
z
q
q
.
.
11520
4
.
38
)
784
484
(
)
(
0
0
1
−
=
×
−
=
×
−
Ikkinchi omil bo’lib, paxta tannarxi darajasining o’zgarishi hisoblanadi. Paxta
tannarxi 2011 yilida 2009 yiliga nisbatan 1452 ming so’mga oshgan kamaygan,
natijada shu omil hisobiga ishlab chitqarish xarajatlari hajmi 1489ming so’mga
pasaygan.
сўм
минг
q
z
z
.
.
1489
484
)
4
.
38
4
.
35
(
)
(
1
0
1
−
=
×
−
=
×
−
Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi xarajatlar umumiy hajmining
o’zgarishiga teng kelishi shart. Ishlab chiqarilgan paxta umumiy xarajatining
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
36
pasayishiga asosiy sabab bo’lib, 1 sentner paxtani yetishtirish uchun sarf bo’lgan
xarajatlar darajasining pasayganligi hisoblanadi, ya’ni 1 sentner paxta tannarxi 92,0
%ga kamaygan.
Endi paxta tannarxining omilli natijalari tahlili quyidagi 6- jadvalda
joylashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda tannarxni arzonlashtirish imkoniyatlarini aniqlash uchun
uning tarkibi va tarkibiy tuzilishi tahlil qilish zarur. Buni quyidagi 7-jadvalda ko’rish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |