Mavzu: Parallelogramm va uning xossalari Darsning ilmiy maqsadi



Download 0,83 Mb.
bet1/2
Sana31.05.2022
Hajmi0,83 Mb.
#621178
  1   2
Bog'liq
NIGORA SHAXOBOVA 1-6 MAT-19


Mavzu: Parallelogramm va uning xossalari
Darsning ilmiy maqsadi: Mavzu bo`yicha DTS talablari asosida tushuncha berish nazariy olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, o`quvchilar bilimini mustaxkamlash, mustaqil fikrlashga o`rgatish. Darsning ilmiyligiga e`tabor berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:Dars davomida ahloqiy ishlarni olib boorish, o`quvchilarni jamoa guruh bo`lib ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni axloqiy sezuvchanligini oshirish, matematikk bilimlarini mavzu bo`yicha olgan bilimlari bilan rivojlantirib boorish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish.
Dars uslubi : Aralash , suhbat
Dars jihozi: O`quv qo`llanma, turli hil plakat va tarqatma testlar
Tashkiliy qism:1) Salomlashish 2) O`quvchilar davomatini aniqlash 3) Uy vazifasini tekshirish
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
1) Ko'pburchakning berilgan uchidagi ichki burchagi nima? Tashqi burchagi-chi?
2) Qavariq n burchakning ichki burchaklari yig'indisi nimaga teng? Har bir uchidan bittadan olingan tashqi burchaklarining yig'indisi-chi?
III.Yangi mavzu bayoni:

Ta'rif. Qarama-qarshi tomonlari o'zaro parallel bo'lgan to'rtburchak parallelogramm deb ataladi.


Agar ABCD parallelogramm bo'lsa, AB || DC va AD || BC bo'ladi (1- rasm). Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlariga perpendikular bo'lgan kesmalar parallelogrammning balandliklari deyiladi. Parallelogrammning, umuman aytganda, bir-biridan farq qiladigan ikkita balandligi bo'ladi. Masalan, 2- rasmda BP va BF balandliklardir.


1-teorema:
Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka bo'ladi.
Isbot. ABCD parallelogramm berilgan bo'lsin, unda AB || CD va BC || AD. Uning AC diagonalini o'tkazamiz (23- rasm). Bunda ABCD parallelogramm ADC va CBA uchburchaklarga ajraladi. ADC = CBA ekanini isbotlaymiz.

Bu uchburchaklarda AC -- umumiy tomon va unga yopishgan mos burchaklar teng, ya'ni F1=F3 (AB va DC parallel to'g'ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo'lgani uchun) va F2=F4 (AD va BC parallel to'g'ri chiziqlar hamda AC kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar bo'lgani uchun).


Uchburchaklar tengligining ikkinchi alomatiga ko'ra: ADC = CBA.
Bu teoremadan ushbu natijalar kelib chiqadi: 1-natija. Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlari teng. 2-natija. Parallelogrammning qarama-qarshi burchaklari teng.
Parallelogramm­ning qarama-qarshi burchaklari va tomonlari teng. Shuningdek, paralle­logramm trapetsiya xossalariga ega bo'lgani uchun uning ikki qo'shni burchagi yig'indisi 180° bo'ladi. Trapetsiyadan farqli, parallelogrammda ixtiyoriy ikki qo'shni burchak yig'indisi 180° bo'ladi.
Parallelogrammning diagonali uni ikkita teng uchburchakka ajratishini isbotladik. Bunda parallelogramm burchaklari yig'indisi uni tashkil qilgan uch- burchaklar ichki burchaklari yig'indisiga teng bo'ladi. Demak, parallelogramm ichki burchaklari yig'indisi 360° ga teng ekan.
P arallelogrammning alomatlari bilan tanishamiz.

2-teorema:


Agar to'rtburchakning ikkita tomoni teng va parallel bo'lsa, bu to'rtburchak parallelogrammdir.
Isbot. ABCD to'rtburchakda AB = DC va AB\\ DCbo'lsin Uning BD diagonalini o'tkazamiz. Natijada ikkita teng ABD va CDB uchburchaklarga ega bo'lamiz (ikki tomoni va ular orasi­dagi burchagiga ko'ra), chunki ularda AB = DC (shartga ko'ra), BD tomon — umumiy, <1 = <2 (А В va DC parallel to'g'ri chiziqlar hamda BD kesuvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashi- nuvchi burchaklar bo'lgani uchun). Uchburchaklarning tengligidan, <3 = <4 ekani kelib chiqadi. Bu burchaklar AD va ВС to'g'ri chiziqlar hamda BD ke­suvchi bilan kesishishidan hosil bo'lgan ichki almashinuvchi burchaklar, demak, AD\\ BC.
Shunday qilib, ABCD to'rtburchakning qarama-qarshi tomonlari jufti- jufti bilan parallel. Shuning uchun, parallelogramm ta'riliga ko'ra ABCD to'rtburchak — parallelogrammdir.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish