Tashkiliy kanal. Elementar kanallarni kommutatsiyalash (ulanishlar) orqali qurilgan aloqa tashkiliy kanal deb ataladi. Kо„rilayotgan misolda A va V abonentlarni ulash uchun 2 ta elementar kanalli “qalinlik” dagi tashkiliy kanal xosil qilingan. Agarda bizning farazimizni о„zgartirib va taklif etiladigan yuklama
R bit/s dan oshmasligi kafolatlanadi deb xisoblansa, u xolda abonentlarning ixtiyorlarida tashkiliy kanalni 1 ta elementar kanal “qalinligi” da ega bо„lsalari yetarli bо„ladi. Abonentlar axborotlar bilan jadal almashayotgan vaqtda tashkiliy kanalning о„tkazish xususiyatiga ancha yuqori talab qо„yishlari xam mumkun. Buning uchun ular о„zlariga xar bir aloqa yо„lida kо„p (lekin albatta barcha aloqa yо„llari uchun bir xil) sonli elementar kanallarni zaxiralashlari kerak bо„ladi.
В абанент
А абанент
Kanallarni kommutatsiyalash tarmog„ida tashkiliy kanal.
Tashkiliy kanallarning quyidagi xususiyatlarini qayd qilib о„tamiz:
tashkiliy kanal о„zining uzunligini oxirigachan bir xil sondagi
elemetar kanallardan iborat bо„ladi;
tashkiliy kanal о„zining uzunligini oxirigachan doimiy va qayd qilingan о„tqazish xususiyatiga ega bо„ladi;
tashkiliy kanal ikki abonentning aloqa vaqti uchun vaqtincha
yaratiladi;
aloqa vaqtida tashkiliy kanal tarkibiga kiruvchi barcha elementar kanallar tо„liq abonentlar ixtiyoriga о„tadi (shu abonetlar uchun yaratilgan tashkiliy kanl);
aloqa vaqti davomida abonentlar tarmoqqa tashkiliy kanal tezligidan ortiq bо„lmagan tezlikda axborot uzatishlari mumkun;
tashkiliy kanalga berilgan axbort bu axborotni sо„ragan abonentga vaqt bо„yicha ushlamasdan, yoqotmasdan va shu vaqt davomida tarmoqda boshqa ulanishlar bо„lishidan qatiy nazar axborot uzatilgan ma‟nba tezligida kafolatlangan ravishda yetkaziladi;
aloqa vaqti tugagandan sо„ng tegishli tashkiliy kanal tarkibiga kiruvchi elementar kanal bо„sh deb e‟lon qilinadi va boshqa abonetlar tomonidan ishlatish uchun taqsimlanuvchi resurslar ixtiyoriga qaytariladi.
Tarmoqda bir vaqt davomida bir necha aloqa vaqti amalga oshiriladi (telefon tarmoqlari uchun oddiy xol, vir vaqt davomidv yuzlab va minglab abonentlarning gaplari uzatiladi). Aloqa vaqtlar о„rtasida tarmoqni taqsimlash elementar kanallar darajasida sodir bо„ladi. Masalan, A va V abonetlar uchun S2 – S3 aloqa yо„llarida ikkita kanalni qanday ajratilganligini biz faraz qilishimiz mumkun, qolgan uchta elementar kanal shu vaqtda shu aloqa yо„li orqali о„tuvchi qolgan uchta boshqa aloqa vaqti uchun taqsimlandi (1.27-chizmaga qaralsin). Bundek multipleksirlash bir vaqtda xar bir jismoniy kanal orqali bir necha mantiqiy ulanishlar trafigini о„tqazish imkoniyatini beradi.
Agarda sо„rovni A abonentdan V abonentga о„tishi natijasida ulanishni о„rnatishga xech qanday tо„siq yо„qligi aniqlansa, tashkiliy kanalni qayd qilish sodir bо„ladi. Buning uchun A dan V gachan bо„lgan yо„l bо„ylab barcha kommutatorlarda kommutatsiyalashning maxalliy jadvaliga yozish amalga oshiriladi, unda bu aloqa vaqti uchun zaxiralangan oqimning maxalliy belgisi bilan elementar kanal nomerining mosligi kо„rsatiladi. Faqat shundan sо„ng tashkiliy kanal о„rnatilgan deb xisoblanadi va A va V abonentlar о„zining aloqa vaqtini boshlashlari mumkun bо„ladi.
Shundek qilib, kanallarni kommutatsiyalash tarmoqlarida axborotlarni xarakatlanishi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Tarmoqqa xizmatchi sо„rov – ma‟lumot keladi, unda chaqirilayotgan abonent manzili bо„ladi va tashkiliy kanalni ulanishi tashkillashtiriladi.
Tayyorlangan tashkiliy kanal bо„yicha asosiy axborotlar oqimi о„tkaziladi, uni uzatish uchun endi xech qanday yordamchi axborot talab etilmaydi, shu jumladan chaqirilayotgan abonent manzili xam. Kommutatorlarda axborotlarni kommutatsiyalash maxalliy belgi asosida amalga oshiriladi – elementar kanal nomerlari orqali.
Ulanishni о„rnatishga sо„rov xar doim xam muvaffaqiyatli bо„lavermaydi. Agarda chaqiruvchi va chaqiriluvchi abonentlar о„rtasidagi yо„lda bо„sh elementar kanallar bо„lmasa yoki chaqirilayotgan tugun band bо„lsa, u xolda ulanish о‘rnatilishi bekor qilinadi. Masalan, agarda A va V abonentlar о„rtasidagi aloqa vaqtida S abonent tarmoqqa D abonent bilan ulanish о„rnatilishiga sо„rov jо„natsa, u xolda S abonent sо„rovi bekor qilinadi, chunki unga zarur bо„lgan S3 va S4 kommutatorlarning aloqa yо„lini tashkil etuvchi ikki elementar kanallar A va V abonentlarni ulash uchun ajratib bо„lingan (1.28-chizma). Ulanish о„rnatilishi bekor qilinganda, tarmoq chaqiruvchi abonentni maxsus xabar bilan xabardor qiladi. Tarmoqda qancha yuklama kо„p bо„lsa, yani tarmoq shu vaqtda qancha kо„p ulanishlarni quvvatlasa, yangi ulanish sо„rovini qoniqtirishni bekor qilish extimoli shuncha kо„p bо„ladi.
Biz ulanishlar о„rnatishni dinamik avtomatik ish tartibini bayon qildik, u abonentlarni tarmoqda ulanishlarini о„rnatishga xizmatchi sо„rov-xabar jо„nata olish imkoniyatiga va tarmoq tugularining bundek sо„rovga ishlov bera olishlariga asoslangan. Bundek ish tartib telefon tarmoqlari tomonidan ishlatiladi.
Bunday uzoq vaqt ishlovchi kanallarni yaratishni abonent amalga oshira olmaydi, uni tarmoq ma‟muri tomonidan yaratiladi. Ananaviy telefon tarmog„i uchun qо„ldagi statik ish tartibi о„zining qisqa vaqtli ulanishi bilan kam ishlatiladi, biroq u shaxarlararo va davlatlar о„rtasida yuqori tezlikdagi telekommunikatsion kanallar uchun о„zini oqlaydi.
Kanallarni kommutatsiyalash texnologiyasi tarmoqdagi tasodifiy voqealarni minimallashtirishga mо„ljallangan, yani bu texnologiya determenizmga qarab intiladi. Turli bо„lishi mumkun bо„lgan noaniqliklarni oldini olish maqsadida axborot almashuvini tashkillashtirish bilan bog„liq bо„lgan ishlarning kо„p qismi axborotlarni uzatish boshlanishidan oldin bajariladi. Avval berilgan manzil bо„yicha kerakli bо„lgan elementar kanallarning butun yо„li jо„natuvchidan qabul qiluvchigacha egalik qilishi bо„yicha tekshiriladi. Sо„ng bu kanallar aloqa vaqti uchun faqat ikki abonent ishlatishi uchun biriktiriladi va xar bir abonent tarafida
“tо„siqni yopuvchi”si (shlyuzoviye zadvijki) bor bitta uzuliksiz “nayga” (trubaga) (tashkiliy kanal) kommutatsiyalanadi. Shundan sо„ng, tayyorgarchilik ishlari kam-kо„stsiz tugatilgach endi eng kam ishni bajarish kerak bо„ladi, yani “tо„siqni yopuvchilarni” ochib axborot oqimini erkin va tarmoqning berilgan nuqtalari о„rtasida tо„siqsiz “oqishiga” imkon beriladi.
Paketlarni kommutatsiyalash texnologiyasining aniq bir muxitga joriy etilishiga qarab paketlar qayd qilingan yoki о„zgaruvchan uzunlikka ega bо„lishi mumkun, shuningdek paket sarlovxasida joylashgan axborot tarkibi xam о„zgarishi mumkun. Masalan, ATM texnologiyasida paketlar (unda yacheyka deb ataladi) qayd qilingan uzunlikka ega, Ethernet texnologiyasida esa paketni (kadrni) faqat minimal va maksimal bо„lishi mumkun bо„lgan uzunligi о„rnatilgan.
Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda axborot oqimi bо„lib, umumiy belgilar tо„plami bilan birlashgan, ularni umumiy tarmoq trafigidan ajratib turuvchi paketlar jamlamasiga aytiladi. Kо„pincha oqim belgisi sifatida axborotni jо„natiladigan manzili xizmat qiladi. Shundek qilib, bitta manzilga yо„naltiriladigan barcha paketlar oqimni tashkil qiladi.
Kanallarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlaridagi kabi paketlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda xam xar bir oqim uchun qо„lda yoki avtomatik ravishda yо„nalish aniqlashtiriladi, ular kommutatorlarda saqlanuvchi ulanishlar jadvalida qayd qilinadi. Paketlar kommutatorlarga kelgach, sarlovxasidagi axborotga asosan va ulanishlar jadvaliga asosan ishlov beriladi va u yoki bu yо„nalish bо„yicha yо„naltiriladi (1.29-chizma).
2 Коммутациялаш тармоғи
7
3
1
Tarmoqda axborotlarni paket kо„rinishida uzatish.
Bitta oqimga yoki boshqa turli axborot oqimlariga tegishli bо„lgan paketlar tarmoqdan uzatilayotganda о„zaro “aralashib” ketishi mumkun, navbatlar xosil qilishi mumkun va bir-birini “tormozlashi” mumkun. Paketlarning yо„lida turli о„tqazish xususiyatga ega bо„lgan aloqa yо„llari uchrashi mumkun. Bir kun va tun davomida aloqa yо„lining yuklanganlik darajasi xam о„zgarishi mumkun. Bunday sharoitda bitta oqimga tegishli bо„lgan paketlar tarmoq bо„ylab turli tezlikda xarakatlanadigan xol bо„lib qolishi mumkun va xatto belgilangan joyga paketlar jо„natilgan tartibda kelmasligi xam mumkun.
тугундан оқим 5- коммутатор томонга
тугундан оқим 5- коммутатор томонга
10- тугундан оқим 5- коммутатор томонга
5- коммутатордан жамланган оқим 8- коммутатор томонга
Paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida trafikni tekislash.
Do'stlaringiz bilan baham: |