paketlarni kommutatsiyalash.
Bu ikki yondoshishda xar birining о„z avzalliklari va kamchiliklari mavjutdir. Xar bir kommutatsiyalash texnikasini joriy etilishining kо„p
tarqalgan soxalari mavjut, masalan, telefon tarmoqlarida kanallarni kommutatsiyalash texnikasiga asosalangan xolda qurilgan
va qurilishi davom etmoqda, kompyuter tarmoqlarida esa juda kо„pchilik xollarda paketlarni kommutatsiyalash texnikasiga asoslanadi. Paketlarni kommutatsiyalash о„zining raqobatchisidan ancha yosh bо„lib va uni ba‟zi soxalardan siqib
chiqarishga xarakat qilmoqda, masalan, telefoniyadan (internet-telefon yoki IP- telefon), lekin bu baxs xozircha xal qilinmagan va ikki kommutatsiyalash texnikasi yana ancha vaqt bir-birini tо„ldirib birgalikda faoliyat kо„rsatsa kerak. Shunga qaramay kо„p mutaxasislarning uzoq vaqtga qilingan bashoratlariga kо„ra ancha moslashuvchan va universal bо„lgan paketlarni kommutatsiyalash
texnikasi kelajak texnikasidir, degan fikirlari mavjut.
Keyin bizga ikki turdagi tarmoq uchun bir necha yangi tushunchalar zarur bо„ladi.