Mavzu: O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar



Download 35 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi35 Kb.
#180228
Bog'liq
Mavzu O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar


Mavzu: O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar.

Paskal tilida, asosan, uch xil: o‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.

O’zgarmas miqdorlar.

Belgili o‘zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi – harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ‘a‘; ‘B‘; ‘9‘; ‘-‘, ‘ ‘ va hokazo.

Satrli o‘zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo’lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan:

‘Toshkent‘; ‘A 549‘; ‘B***M.‘; ‘47%‘; ‘BMA = ‘; ‘..-...-‘ va hokazo.

Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo’sh satr deyiladi

Mantiqiy o‘zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg‘on) mantiqiy qiymatlardan biridir.

Sonli o‘zgarmaslar ikki turda – butun yoki haqiqiy bo‘lishi mumkin. Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko’rinishda -2147483648 dan +2147483647 gacha bo’lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o’zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, translyator bu xato haqida xabar beradi.

Показать полностью

Просмотр содержимого документа

«Mavzu: O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar»

Informatika-9. 15 – dars. Mavzu: O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar

Maqsad:


1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskal tilida ishlatiladigan miqdorlarning turlari, ularni nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumot berish

2) tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda Pskal dasturlash tilidan foydalanish ko`nikmalarni rivojlantirish.

DTS: Paskal tilida ishlatiladigan miqdorlarning turlari, ularni nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumotga ega bo`lish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

II. Takrorlash

Paskal dasturlash tilining alifbosi haqida so‘zlab bering.

Paskal dasturlash tilida ishlatiladigan arifmetik va mantiqiy amallarni izohlang.

Operator nima?

Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topadi?

Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering.

III. Yangi mavzuni o`rganish

Paskal tilida, asosan, uch xil: o‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin.

O’zgarmas miqdorlar.

Belgili o‘zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi – harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ‘a‘; ‘B‘; ‘9‘; ‘-‘, ‘ ‘ va hokazo.

Satrli o‘zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo’lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan:

‘Toshkent‘; ‘A 549‘; ‘B***M.‘; ‘47%‘; ‘BMA = ‘; ‘..-...-‘ va hokazo.

Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo’sh satr deyiladi

Mantiqiy o‘zgarmaslar True (rost) yoki False (yolg‘on) mantiqiy qiymatlardan biridir.

Sonli o‘zgarmaslar ikki turda – butun yoki haqiqiy bo‘lishi mumkin. Butun sonlar ishorali yoki ishorasiz ko’rinishda -2147483648 dan +2147483647 gacha bo’lgan butun sonlardir. Agar butun sonli o’zgarmas bu oraliqdan chiqib ketsa, translyator bu xato haqida xabar beradi. Haqiqiy sonlar o‘z navbatida qo‘zg‘almas nuqtali va qo‘zg‘aluvchi nuqtali sonlarga bo‘linadi.

O‘nli kasrlarning butun va kasr qismini ajratuvchi “vergul” o‘rniga Paskal dasturlash tilida “nuqta” yoziladi.

Qo‘zg‘almas nuqtali sonlar – o‘nli kasr ko‘rinishidagi sonlardir. Masalan:

– 2.753; 283.45; 0.517; – 0.0013.

Qo‘zg‘aluvchi nuqtali sonlar – eksponensial ko‘rinishda (E yoki e yordamida) ifodalangan sonlardir. Sonlarni yozishning bu usuli juda kichik yoki juda katta sonlarni ifodalashda juda qulay. O’qilishi quyidagicha:

2.1E+07 – “2.1 ko’paytirilgan o’nning 7 - darajasi”;

2.301e–63 – “2.301 ko’paytirilgan o’nning minus 63 - darajasi”.

Masalan, 3400000000 = 3,4·109 soni Turbo Pascalda 3.4E+09 kabi eksponensial ko‘rinishda yoziladi. E harfidan oldin yozilgan son mantissa, E harfidan keyin yozilgan son esa tartib deb ataladi. Mantissa butun yoki qo‘zg‘almas nuqtali son, tartib esa faqat butun son bo‘lishi mumkin. Masalan:

37.3879 E-3= 0.0373879; 5.31 E+5= 531000; -0.075 E-5= -0.00000075; -2.37 E-4= -0.000237

Paskal tilida tuzilgan dasturda tavsiflangan o‘zgarmaslar ishtirok etishi mumkin. Masalan,

Const A=21071963; _m10m10=‘2301‘; Pi=3.141516;

O‘zgaruvchi miqdorlar.

O‘zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, yani ularning turi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Dasturda o‘zgaruvchilarni tavsiflash Paskalning Var xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi:

Var o‘zgaruvchi : turi;

o‘zgaruvchi : turi;

Agar bir nechta o‘zgaruvchining turi bir xil bo‘lsa, ularni alohida tavsiflamasdan, birgalikda tavsiflash ham mumkin:

Var 1-o‘zgaruvchi, 2-o‘zgaruvchi,…, n-o‘zgaruvchi : turi;

Butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o‘zgaruvchilar butun sonli o‘zgaruvchilar deyiladi. Ular 5 turga bo‘linib, bir-biridan qabul qiladigan qiymatlarining chegarasi hamda kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi (hajmi) bilan farqlanadi. Quyidagi jadvalda butun sonli o‘zgaruvchilarni tavsiflash uchun zarur bo’lgan Paskalning maxsus so‘zlari, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan:

Turi

Qiymatlar chegarasi



Egallaydigan xotira hajmi

Byte


0 … 255

8 bit = 1 bayt

ShortInt

-128 … 127

8 bit = 1 bayt

Word


0 … 65 535

16 bit = 2 bayt

Integer

-32 768 … 32 767

16 bit = 2 bayt

LongInt


-2 147 483 648 … 2 147 483 647

32 bit = 4 bayt

Masalan: var i, j: Integer; bma: longint; mmr: Shortint;

tartib_raqam: Byte; nat_0: word;

Butun sonlar ustida div (butun bo’lish) va mod (qoldiq) amallari o’rinli. Masalan:

25 div 4 = 6; 25 mod 4 = 1; 49 div 7 = 7; 49 mod 7 = 0.

Haqiqiy sonli qiymatlar qabul qiladigan o‘zgaruvchilar haqiqiy sonli o‘zgaruvchilar deyiladi. Ularning turlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Turi


Qiymatlar chegarasi

Razryadi


Egallaydigan hotira hajmi

Real


-2,9•1039 … 1,7•1038

11-12


6 bayt

Single


-1,5•1045 … 3,4•1038

7-8


4 bayt

Double


-5,0•10324 … 1,7•10308

15-16


8 bayt

Extended


-3,4•104932 … 1,1•104932

19-20


10 bayt

Comp


-9,2•1018 … 9,2•1018

19-20


8 bayt

Masalan:


var burchak, yoy_uzunligi : Real; mab : extended;

daraja : Single; kub : double; haqiqiy : Comp;

Jadvaldagi “Razryadi” sonning aniq raqamlari sonini bildiradi. Juda ko‘p hollarda real turli o‘zgaruvchilardan foydalanish yetarli bo‘ladi.

Belgili o‘zgarmaslar qiymatini qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar belgili o‘zgaruvchilar deyiladi. Ular Paskalning Char maxsus so‘zi yordamida tavsiflanadi. Masalan: var harf, belgi : char;

Satrli o‘zgaruvchilarni tavsiflash uchun Paskalning String maxsus so‘zi qo‘llaniladi. Bunday o‘zgaruvchilar uchun kompyuter xotirasidan 255 bayt (255 ta belgi uchun) joy ajratiladi. Agar satrli o‘zgaruvchi qabul qiladigan satrdagi belgilar soni dastur ishlashi davomida ma’lum miqdordan, masalan, 10 ta belgidan oshmasa, kompyuter xotirasini tejash maqsadida, uni String[10] orqali tavsiflash maqsadga muvofiq. Masalan:

Var qator : String; {qator nomli o‘zgaruvchiga xotiradan 255 bayt ajratildi}

_satr : String[24]; {_satr nomli o‘zgaruvchiga xotiradan 24 bayt ajratildi}

Mantiqiy o‘zgaruvchilar Paskalning Boolean maxsus so‘zi orqali tavsiflanadi. Masalan:

var natija : Boolean;

katta, kichik : Boolean;

Paskalda tilida tuzilgan dasturda faqat tavsiflangan o‘zgaruvchilar ishtirok etishi mumkin. Paskal translyatori tavsiflanmagan o‘zgaruvchilarni dasturda ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi hamda xato xabarini ekranga “Error 3: Unknown identifier” (noma’lum identifikator, ya’ni bu holda noma’lum o‘zgaruvchi) yozuvi orqali ifodalaydi. Shuni yodda tutish zarurki, o‘zgaruvchilarga faqat tavsiflashda ko‘rsatilgan turdagi qiymatlarnigina berish mumkin bo‘ladi.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Belgili o‘zgarmas deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.

Satrli o‘zgarmaslarning belgili o‘zgarmaslardan farqi nimada?

Sonli o‘zgarmaslarning qanday turlarini bilasiz?

Mantiqiy o‘zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?



O‘zgaruvchilarning o‘zgarmaslardan farqi nimada?
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish