Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li


Xususiylashtirish. Ko‘p ukladli iqtisodiyot. Tadbirkorlikning rivojlanishi



Download 67,81 Kb.
bet3/8
Sana01.01.2022
Hajmi67,81 Kb.
#291488
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4 mavzu(1)

Xususiylashtirish. Ko‘p ukladli iqtisodiyot. Tadbirkorlikning rivojlanishi.

Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishdir. SHu boisdan O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkdorlar tabaqasini iqtisodiy islohotlarda birinchi o‘rinda turdi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot xilma-xil mulk shakllaridan iborat bo‘lishi, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ishlab chiqilishi alohida qayd etilgan hujjatlardan biri “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasidir. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi amaldagi qonun 1991 yilda qabul qilingan bo‘lib, u respublikamizda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining boshlanishiga ko‘mak bergan hamda xususiylashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazaning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etgan hujjat sanaladi.

1991-2009 yillar mobaynida xususiylashtirishning huquqiy va institutsional asoslari ko‘p marotaba o‘zgartirildi6. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrdagi "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni jadallashtirishning ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori xususiylashtirishni ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyati qurish, korxonalar aksiyasini chiqarish, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtrishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish yo‘li bilan amalga oshirishga qaratilgan edi.

Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi “Xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari asosida olib borildi.

Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratildi. Birinchi Prezident farmonlarida xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy texnika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘maklashish nazarda tutilgan7.

Xususiylashtirishning yangi mexanizmlari amaliyotga tatbiq etila borishi bilan mazkur qonunning qoidalarini aniqlashtirib beruvchi bir qator normativ huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi8.

Hozirgi paytda davlat mulkini xususiylashtirishning turli tartib-taomillari va masalalarini tartibga soluvchi 80 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatning ko‘pchiligida amaldagi qonunda mavjud bo‘lmagan yangi normalar bor.

Ikkinchi bosqichda Birinchi Prezident I.A.Karimovning “O‘zbekiston islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asarida qo‘yilgan masalalar, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiyot tarkibiy strukturasini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000 yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan 167 ob’ekt o‘rniga 374 ob’ekt xususiylashtirildi. Ularning negizida 152 ta hissadorlik jamiyati, 103 ta xususiy korxona tashkil etildi. SHu yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard so‘m mablag‘ tushdi. Bu 1999 yilgi ko‘rsatkichdan 1,6 barobar ko‘pdir. 2004-2008 yillar davomida 3904 ta davlat ob’ekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag‘larning jami 471,1 mlrd so‘mni tashkil etgan9.

Umuman olganda 2000-2010 yillarda bozor munosabatlarini shakllantirishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi paytda 87,4 foiz mulk nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki ko‘rinishida ish yuritmoqda. Respublikada jami 60 mingga yaqin korxonadan 50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalardir. Mulkning tarkibi jihatidan 19,5 mingga yaqini davlat, 105 mingga yaqini xususiy, 3,4 mingdan ortiq chet el investorlari ishtirokida, shundan 442 qo‘shma korxona, 3,3 mingga yaqin aksionerlik jamiyati, 1,2 mingga yaqin jamoa va 34 mingdan ortiq boshqa korxonalardir.

Iqtisodiy islohotlarning borishida o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 2012 yilga kelib 180 mingdan ortiq o‘rta va kichik biznes sub’ektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2011 yilning to‘qqiz oyida mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 8,2 %, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7% va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi esa 6,8% ga ko‘paygani shundan dalolat beradi10. «Bu haqda gapirganda, avvalambor, soha rivoji uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza shakllantirilgani va muntazam takomillashtirib borilayotgani, biznes uchun imtiyoz va preferensiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlash lozim»11. Mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish, jumladan, uning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish va bandlikni ta’minlashdagi ulushini oshirish, texnologik tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish kabi yo‘nalishlarda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. SHu kabi muhim islohotlar natijasida 2015 yil yakuniga ko‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi yalpi ichki mahsulotda 56,5 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 40,6 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida 98,4 foiz, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmida 35,8 foizga etdi. Ish bilan band jami aholining 77,9 foizi mazkur tarmoqda mehnat qilmoqda12.

2000-2016 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi 31,0 foizdan 56,9 foizga o‘sib, 25,9 foiz birlikka ortgan. Ushbu ko‘rsatkichni rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, kichik biznesning YAIMdagi ulushi Fransiyada 62 foizni, Italiyada 60 foizni, YAponiyada 55 foizni, Germaniyada 54 foizni, Buyuk Britaniyada 53 foizni, AQSHda 52 foizni, Qozog‘istonda 25,6 foizni, Rossiyada 20,0 foizni tashkil etadi13.

Bundan tashqari oilaviy tadbirkorlik turi ham keng rivojlanmoqda. O‘zbekistonda biznesning oilaviy tadbirkorlik shakliga taalluqli ayrim masalalar dastlab umumiy holda O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi 216-son qaroriga ilova – «Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da o‘z ifodasini topgan edi. 2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni14ni, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinishi mamlakatda oilaviy tadbirkorlikning huquqiy asosini belgilab berdi.

Ushbu qarorga ko‘ra Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;

tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;

kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sub’ektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;

qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini etishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish — mini-klasterlar tashkil etish;

joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;

qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan er maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish;

vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish15ni nazarda tutadi.

YAna ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tadbirkorlik faoliyatini zamon talablari asosida rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu normativ xujjatda ta’kidlanishicha, “2019 yilning I choragi yakunlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga 16,4 trln so‘m hajmda kreditlar ajratildi, iqtisodiyotda investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmlari 1,3 baravarga, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 2,3 baravarga o‘sdi16.

2020 yil 8 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirilishiga xizmat qildi. Ushbu qarorga ko‘ra Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Endi tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish bo‘yicha ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari shaxsan javobgar ekanligi belgilab qo‘yildi.

Adliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma shakllarini hamda o‘tkazish muddatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

- 2020 yil 1 martga qadar hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash bo‘yicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlaydi;

- baholash natijalari bo‘yicha tegishli hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar berib boradi;

Nizomga asosan baholash yakunlari bo‘yicha tegishli hududdagi nazarda tutilgan tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlarini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarini namunali ko‘rsatkichga ega bo‘lganda - rag‘batlantirish hamda qoniqarsiz ko‘rsatkichga ega bo‘lganda - intizomiy javobgarlikka tortish yuzasidan har yarim yillik yakunlari bo‘yicha 15 avgustga kadar, yil yakunlari bo‘yicha 15 martga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi17.

Bu kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilayotgani mamlakatda tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda.



Download 67,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish