Mavzu. O’zbekistonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqatuvchi va noyob turlari


Sutemizuvchlar tuzilishi quyon misolida ko’rib chiqiladi



Download 0,73 Mb.
bet2/6
Sana11.07.2022
Hajmi0,73 Mb.
#774332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SUTEMIZUVCHILAR

Sutemizuvchlar tuzilishi quyon misolida ko’rib chiqiladi .
Terisi. Terisi hamma umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va ichki chin teridan iborat. Soch shakli va vazifasiga ko`ra tivit, qil va vibrissalarga bo`linadi. Ko`pchilik sutemizuvchilarning jun qoplag`ichlarining asosini kalta, mayin tivit tashkil qiladi. Oivitlar orasida uzun va yo`g`on hamda qattiq qillar joylashadi. Tuproq ichida yashovchi krotlarda faqat tivit bo`ladi. Bug`u, to`ng`iz va tyulenlarda aksincha, jun qoplami asosan qillardan iborat. Oipratikon va jayralarning qillari o`zgarib tikonga aylangan. Vibrissalar qo`shimcha tuyg`u vazifasini bajaradi va ko`pincha hayvonlarning bosh qismida joylashadi. Tangachalar ham epidermisining shox hosilalari hisoblanadi. Tangachalar tuzilishi va kelib chiqishiga ko`ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o`xshash.
Tangachalar ayniqsa yasherlarda kuchli rivojlangan
Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va amaliy ahamiyati
Sutemizuvchilar ustki toshko‘mir va perm davrlarida paydo bo‘lgan darrandasimon (Theromorpha) sudralib yuruvchilar kenja sinfiga kiruvchi yirtqich tishli sudralib yuruvchilarlar (Theriodontia)dan kelib chiqqan. Yirtqich tishlilar qator primitiv belgilarga ega bo‘lgan, chunonchi, um urtqalari amfitsel, bo‘yin va bel um urtqaiarining qovurg‘aIari harakatchan, bosh miyasi ancha kichik bo‘lgan. Shu bilan birga, ularning tishlari chuqurchalarda (alveolalarda) joylashgan bo‘lib, kurak, qoziq va oziq tishlarga ajralgan. Ba’zilarida ikkilamchi suyak tanglay bo‘lgan, ensa bo‘rtmasi esa ikki-uch bo‘iimli bo‘lib, ularda pastki jag‘ rniya qutisi bilan ikki tomonlama qo‘shilish hosil qilgan: bir tomondan, kvadrat suyaklar orqali, ikkinchi tomondan, tish va tangacha suyaklar orqali qo‘shilgan. Shu munosabat bilan tish suyagi kattalashgan, yaxshi rivojlangan, kvadrat va pastki jag‘ining qo‘shilish suyaklari aksincha, kichiklashgan, ya’ni reduksiyalangan
Darrandasimon sudralib yuruvchilar o ‘z ajdodlari hisoblangan kotilozavrlardan kam farq qilgan va ko‘pgina amfibiyalarga xos belgilarini saqlab qoigan. Perm va trias davrlari davomida darrandasimon sudralib yuruvchilar bir qancha o‘simlikxo‘r, yirtqich va hammaxo‘rlar guruhlariga bo‘lingan, bo‘r davriga kelib ular qirilib ketgan. Lekin nisbatan mayda guruhlari saqlanib qoigan. Bularning sezuv organlari kuchli rivojlangan va turqatvori murakkablashgan. Yirtqich tishli (Theriodontia) sudralib yuruvchilar guruhining taniqli vakillari sifatida V.P. Amalitskiy tomonidan Shimoliy Dvinaning Perm qatlamlaridan topilgan uzunligi 3 m keladigan, qoziq tishi kuchli taraqqiy etgan katta yirtqich inostrantseviya (Inostrancevia alexandriovi) bilan Janubiy Afrikaning trias qatlamidan topilgan uzunligi 2 m keladigan sinognatus (Cunognathus)ni ko‘rsatish mumkin

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish