Mavzu: O`zbekistonda pillachilik sohalarining rivojlanishi mundarija kirish


II.BOB.O`ZBEKISTONDA PILLACHILIK OB`EKTLARINI INTINSIVLASHTIRISH HAMDA TUT PLANTATSIYALARINI KO`PAYTIRISH VA YANGI NAVLARINI YETISHTIRISH



Download 1,44 Mb.
bet6/11
Sana06.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#642405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nominov Abdusalim 220-guruh KURS ISHI

II.BOB.O`ZBEKISTONDA PILLACHILIK OB`EKTLARINI INTINSIVLASHTIRISH HAMDA TUT PLANTATSIYALARINI KO`PAYTIRISH VA YANGI NAVLARINI YETISHTIRISH.
2.1. Pilla nasilchilik xo`jaligi
Nasil va sanoatbob tut ipak qurti tuxumlari olishga mo`ljallangan pilla yetishtiradigan xo`jaliklar. Pilla nasldorlik xo`jaligida pilladan tashqari tut urug`i, tut hiholi va ko`chatlari yetishtiriladi. Pilla nasildorlik xo`jaligida yetarli ozuqa bazasiga ega bo`lish uchun tutzorlar, maxsus zarur asbob-uskuna va isitish vositalari bilan jihozlanga inkubatoriy va qurtxonalar tashkil etiladi, ipak qurtining pebrina kasalligidan holi bo`lishiga alohida e`tibor beriladi, tajribali mutahasislar va qurt boquvchilar bilan ta`minlanadi. Pilla nasildorlik xo`jaligiga ipak qurti tuxumi zavodi va nasilchilik stansiyalari agronomlari va mutahasislari agrozotexnika xizmat ko`rsatadi. Bunday xo`jaliklarda yetishtiriladigan pilladan pilla naslchilik stansiyalarida (qurt ipakchilik stansiyasi) superelita va elita tuxumlari, urug`chilik zavodlarida esa sanoatbob duragay tuxumlar tayyorlanadi. O`zbekistonda 10ta Pilla nasldorlik xo`jaligi bor. 2003-y.
O'rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi biIan ipak qurtining yangi zotlarini yaratish yuzasidan seleksiya tadqiqotlari o'tkazila boshlandi. Shuningdek, ipak qurti genetikasini o'rganish, uning xo'jalik jihatidan qimmatli bo'lgan yangi nasllarini yaratish bu boradagi ishlarni avj oldirib yubordi. Bu boradagi dastlabki ishlarni E.F. Poyarkov, M.1. Slonim, B.L. Astaurov, v.P. Efroimson, N.1. lvirblis va boshqalar olib borishdi. Ipak qurti seleksiyasi masalalarini hal qilishda genetika muhim rol o'ynaydi. Bunda atoqli olim, akademik B. L. Astaurovning xizmatlari katta. Seleksiya (Selectio - tanlash) deb qishloq xo'jaligi hayvonlarining yangi zotlari va o'simliklaming yangi navlarini chiqarish hamda tizimli ravishda tanlash va juftlab chatishtirish yo'li bilan mavjud zot va navlarni yaxshilash usullariga aytiladi. Ipak qurti seleksiyasi bilan shug'ullanish dolzarb vazifadir. Busiz ham ipakchilikdagi boshqa fanlar rivojlana olmaydi. Shuning uchun seleksioner sanoat talab etgan mayin tolali, metrik raqami 3200-3400 ga teng, pillasining chuvalishi 88-90 foiz atrofidagi tizim zotlarni yaratishdek dolzarb ishlamiqajarishga to'g'ri keladi. Buning uchun bizdajonli genafondda hozirda mavjud qator tizim zotlar borki ular bilan chatishtirish vazifalari o'tkazilsa" albatta, sanoat talab etgan xomashyo - pilla hosili yetishtirish mumkin. Tabiatan har bir jonli ona individ va o'simlik rivojlanib, o'zidan kelgusi mavsumga nasi qoldiradi. Bu naslli belgi xususiyatlar esa, ularning hujayralari ichidagi hujayra komponenti hisoblangan xromosomalar orqali nasldan naslga o'tadilar. Jonzotlarda, o'simliklarda esa somatik xromosomalar orqali o'z bolalariga nasI belgilari o'tadi. Shuning uchun odamdan odam, qo'ydan-qo'zichoq, qora mollardan buzoqlar tug'iladi. Bug'doydan bug'doy, arpadan arpa unib chiqadi, hayot davomli bo'lib turaveradi. Lekin ana shu muvozanat buzilsa tabiat tomonidan bo'ladigan sun'iy ta'sirlar natijasida, ularning genotiplaridagi xromosomalarda o'zgaruvchanlik paydo bo'lsa, yangi individ dunyoga keladi. Fan til ida bu o'zgaruvchanlik «mutatsiya» deyiladi. Mutantlar o'z kelib chiqishlariga 5 ko'ra, ularning tana xromosomasi turlicha bo'ladilar. Bu mutantlarni ko'pchiligi foydali yoki zararli ham bo'lishlari mumkin. Kerak mutantlardan qishloq xo'jaligida olimlar foydalanib, hayvonlardagi yangi tizim zot, o'simliklarda navlar yaratadilar. Ba'zida ekologik ta'sirlar ham o'tkazilganda ularni xo'jalik biologik ko'rsatkichlari o'zgarib, foydali ko'rsatkichlar olindi. Bunday izlanishlarga quyidagi olimlarni ishlarini ko'rsatish mumkin: M.Y. Aleksandrov (1935, 1964, 1965, 19721 , 19722 , 1974); N.A. Axmedov (1972); 1975, 1980, 1998, 1999); D.K. Shodibekova, B.S. Azizova (2006); U.N. Nasirillayev, S.S. Lejenko, B.S. Azizova (2002); M.A. Bessonova (1971) ota-ona belgi xususiyatlarini bolalariga o'tishlari bO'yicha ko'p izlanishdar olib borgan olimlardir. Ularning ishlarini ko'rib borish tufayli 50 foiz ona, 50 foiz otadan gaploid xromosomalar orqali bolalariga o'tishini ko'rish mumkin. Bu holat quyidagi olimlar ishtirokida aniq ko'rinadi: VA. Strunnikov, L.M. Gulamova (1954, 1969); VA. Strunnikov, A.A. Shevelova (1968); VA. Strunnikov (1987); S.S. Lejenko, A.B. Yakubov, T.N. Zemzina (1979); S.S. Lejenko, Sh.R. Umarov, B.S. Azizov (2002); E.X. Tojiyev, N.Nodiraliyeva (2002) xashoratlar turiga kirgan ipak qurtlaridan, zaruriy gigrotermik sharoitlarni yaratish ipak qurtini embrion rivojlanish davridan boshlanadi. Muayyan shart-sharoit yaratgan taqdirdagina, ipak qurtlarida mahsuldorlik va biologik ko'rsatkichlari talab darajasida bo'lganda yuqori mahsulot olishni qurtlarda o'rtacha shart-sharoitlar yaratilgan holida bo'lishligini quyidagi mualliflar ishlarida ko'rish mumkin: N.A. Axmedov (1998, 1999, 2002); I.P. Gryabina (1964); I.M. Gumbatov (1964, 1968); FG. Gatin, K.S. Ogursov, M.M. Asamova (1986); R. K. Qurbanov, M.R. Qurbonova (1998); U.N. Nasirillayev, S.S. Lejenko (2001) ipak qurtining kichik yoshlari I, II, III davrida o'sishida rivojlanishi uchun muayyan sharoitlarini hosil qilishini talab etadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, qurtlar yosh1ik davrida havo harorati yuqori bo'lsa, ularning rivojlanishi jadallashadi. Bu davrlarda xona harorati me'yorida ushlab turilganda, yaxshi natijalar olish mumkin, degan olimlar quyidagi mualliflar sanaladi: A.A. Ahmedov (1974, 6 · . 1978, 1980, 1988, 1999); G.G'oyipov (1978); R. A Guntkov., S.N. Eminbeyli (1973); B. Delisinov (1980); I.G. Depelov (1962); A.S. Didichenko, I. P. Miloxova (1965); Z. Ikromov (1974) va boshqalar. Ular o'z izlanishlarida yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydiIar. L.F. Rojdestvenskiy (1966) ipak qurti fiziologiyasi va biokimyosi tajribalarida hech vaqt ipak qurtlari bir xiI narnlik yoki bir xii harorat bilan rivojlanmasligini va o'zgaruvchan haroratlarda rivojlanib, yaxshi mahsulot berishini uqtiradi. M.N. Shushka 1986-yili esa ipak qurti biokimyosini o'rganib, yuqori geterozisli duragaylarni oldindan ajratib olib boqishni ko'rsatib berdi.
Bu bilan ipak qurtlari turli narnlikka qarab o'zgarib turadigan harorat va nisbiy narnlikda yaxshi rivojlanishi mumkin. Ipakchilikda harorat qurtxonalarda oshishi bilan qurtlarni rivojlanishi tezlashadi. Buning oqibatida qurt boqish muddati biroz qisqaradi. Bu holat ko'p davom etsa qurtlarda tez-tez uchraydigan sariq kasal kelib chiqadi. Shuning uchun qurtlarni agrotexnika asosida sharoit tug'dirib boqqan ma'quldir. N.G. Bahoviddinov bunday sharoitlarda qurt boqish qurtlarda ~linadigan hosilga salbiy ta'sir etishi mumkin degan YN. Mixaylov (1950,1984) fikrini N.R. Ahmedov (1999), A.D. Marnedova (1973) o'z izlanishlarida xona harorati IV va V yoshlarda 23-24°C daraja o'rniga 27-28°C darajaga ko'tarilganda, qurtlarni biologik ko'rsatkichlari pasayishini va xo'jalik ko'rsatkichlarida pilla sifatiga ham ta'sir etishini tasdiqlaydi.

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish