Mavzu: O`zbekistonda pillachilik sohalarining rivojlanishi mundarija kirish



Download 1,44 Mb.
bet5/11
Sana06.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#642405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nominov Abdusalim 220-guruh KURS ISHI

1.3. Pilla homashyosini qayta ishlash
Jizzax shahrida "Silk Expert processing” ipak yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan O‘zbekiston — Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi poydevoriga tamal toshi qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi xodimlari, Buyuk britaniyalik investorlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekistonda ipakchilik tarmog‘i va to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ilm-fan sohasidagi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Jizzax shahri Sayiljoyi mahallasida barpo etilayotgan qo‘shma korxonaning loyiha qiymati 5 million dollarga teng. Korxona birinchi bosqichda yiliga 144 tonna quruq pillani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichni 2021-yilga borib 576 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, yiliga 374 tonna xom pilla qayta ishlanadi. 2021-yilga borib bu quvvat 1498 tonnaga yetkaziladi.
Korxonada pillani qayta ishlash barobarida xomashyoni shu yerning o‘zida yetishtirish rejalashtirilgan. 2017—2018-yillarda 48 tonna, 2021—2022-yillarga borib yiliga 192 tonna pilla yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, ipak qurti boqish 25 ming qutiga yetkaziladi. Yangi korxonada 240 yangi ish o‘rni yaratiladi.
Korxonani qurish ishlari boshlab yuborildi. An’anaga ko‘ra, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, xorijlik mehmonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavodning asosiy inshooti poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.
O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Sharipov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari K.Sobirov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida ipakchilik tarmog‘i va to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ilm-fan sohasidagi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Prezidentimizning 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Qarorda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urug‘i yetishtirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish, sanoatbop pilla xomashyosi yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’minlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilangan.
– Sirdaryo tumanidagi Kamolot mahallasida barpo etilayotgan korxonaning loyiha qiymati 5 million dollar, – deydi «Agroglobal» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari D.Xoldorov. – Bu yerda pillaga ishlov berishdan tortib, eksport uchun ipak mato va kiyim-kechak ishlab chiqarish jarayoni to‘liq amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda «nol» xarid qiymatida olingan sobiq 2513-avtobaza binosini moslashtirib, tubdan qayta ta’mirlash, Xitoydan pillani qayta ishlaydigan texnologiyalar keltirib o‘rnatish, 4 sex tashkil qilish rejalashtirilgan.
Ushbu sexlar joriy yilning ikkinchi choragida ishga tushiriladi, bu esa 200 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu yerda yiliga 400 tonna pilla qayta ishlanib, ipak kalavasiga aylantiriladi.
Joriy yilda viloyatning har bir tumanida ikkitadan zamonaviy pillaxona qurish, mavjud 1 ming 323 gektar tut plantatsiyalarini qayta rekonstruksiya qilish, yangilarini barpo etish ko‘zda tutilgan.
Loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, 2021-yilda yakuniga yetkaziladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 500 ish o‘rni yaratilib, yillik eksport quvvati 10 million dollarni tashkil etadi. Tayyor mahsulotning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.
Tumandagi sobiq 2513-avtobazani tubdan qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. An’anaga ko‘ra, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavod poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.
Respublikada pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, pilla yetishtirish va uni qayta ishlash jarayoniga zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaramasdan, hanuzgacha pilla xomashyosini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh tayyor ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Yangi intensiv tutzorlar va tut qatorlari barpo etishni rag‘batlantirish, tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish, ilg‘or texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, pilla xomashyosini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh tayyor ipak mahsulotlari ishlab chiqarishni va ularning turlarini ko‘paytirishni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining mavjud tutzorlarni “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududiy “Agropilla” MChJlariga o‘tkazib berish va yangi tutzorlar barpo etish borasidagi faoliyati lozim darajada tashkil etilmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada pillachilik tarmog‘idagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 20-avgustdagi PQ-3910-son qaroriga muvofiq “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining respublika hududlarida aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish maqsadida pillachilik tarmog‘i tashkilotlari tomonidan tomorqa yer egalariga (aholi xonadonlariga) 50 boshdan 90 kunlik parranda va tut ko‘chatlarini shartnoma asosida bepul yetkazib berish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli prognoz parametrlari bajarilishini ta’minlash yuzasidan tumanlar, pillachilik tarmog‘i tashkilotlari, tomorqa yerlari (aholi xonadonlari) kesimida manzilli chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlasin hamda ularning o‘z vaqtida, to‘liq va samarali ijro etilishini ta’minlasin.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari ijrosi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar natijasini tahlil qilgan holda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritib borsin.
4. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019-yildan boshlab uyushma tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning pilla hosili uchun kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan miqdorlardan ortiqcha pilla topshirilganida, 5 kilogrammgacha ortiqcha pilla hosili xarid narxiga nisbatan 15 foiz, 5 kilogrammdan yuqori bo‘lgan qismiga — 25 foiz miqdorida ustama to‘lash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
5. Pillachilik tarmog‘idagi loyihalarning qiymati va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ipak qurti urug‘ini sotib olish, tutzorlar barpo qilish, pilla yetishtirish va uni qayta ishlash inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 2019 — 2021-yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz xarajatlarini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan kredit stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya taqdim etish tartibi o‘rnatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 — 2021-yillar davomida har yili 100 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni tegishli yilning 1-fevraliga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan kompensatsiyalarni taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga o‘tkazib bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari bilan muzokaralar olib borsin va pillachilik tarmog‘idagi loyihalarni moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit liniyalarini ochish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod etilsin, buning natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, shu jumladan texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qarorining 10-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni, istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hisobiga olib kirilayotgan bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili 3 yildan 7 yilgacha bo‘lgan texnologik uskunalarga ham qo‘llashga ruxsat berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz quyidagi shartlar bilan qo‘llaniladi:
imtiyoz qo‘llanilganidan keyingi yildan boshlab 3 yil davomida har yili ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kamida 50 foizini eksport qilish;
imtiyozni qo‘llash natijasida bo‘shaydigan mablag‘larni texnologik uskuna olib kirilgan kundan boshlab dastlabki 2 yil ichida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yo‘naltirish.
9. 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tarmoq tashkilotlari xodimlarini ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalaridagi “Ipakchilik va tutchilik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlarga belgilanadigan qabul kvotalaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida test sinovlarisiz qabul qilish tartibi joriy etilsin. Bunda oliy ta’lim muassasalariga qabul:
xodimning umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va tarmoq tashkilotlarida kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega bo‘lishi;
kontrakt to‘lovi tarmoq tashkiloti tomonidan kafolatlangan holda amalga oshirilishi va xodim — bitiruvchining o‘qishni tamomlaganidan so‘ng 5 yil davomida tarmoq tashkilotida ishlab berishi sharti bilan amalga oshiriladi.
10. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining:
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, chet el davlatlarining pillachilik tarmog‘i vakillari, ekspert va mutaxassislar hamda xorijiy sayyohlarni keng jalb qilgan holda 2019-yildan boshlab har yili Xalqaro ipakchilik forumi va “Ipak va Moda” (“Silk & Fashion”) xalqaro ipakchilik ko‘rgazmasini;
joylarda, birinchi navbatda, turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari hududlarida “Uz-Silk” milliy brendi ostida ipak matolar va tayyor ipak mahsulotlari ko‘rgazma-savdo rastalarini (do‘konlarini), shuningdek, ipakdan tikilgan liboslar va ipak buyumlarning moda ko‘rgazmalarini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy ipak mahsulotlarining tashqi bozorlarga yetkazib berilishidagi mavjud muammolarni tanqidiy tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslantirilgan taklif kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash va uning zamonaviy ilmiy laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tadbirlarni moliyalashtirishning aniq miqdor va manbalarini belgilagan holda ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
1 3. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda viloyatda innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda hosildorligi yuqori bo‘lgan intensiv tutzorlar barpo qilish, sifatli ipak qurti urug‘i yetishtirish, zamonaviy ipak qurtini boqish inshootlarini qurish asosida pilla yetishtirish va uni qayta ishlashning namunaviy tizimini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish