RЕJА: 1. Davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari. 2. Hokimiyatni demokratlashtirishning yanada chuqurlashtirilishi. 3. Ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar. 4. O'zbekistonda hokimiyatlar bo'linish prinsiplari
Davlat hokimiyati va boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari. Bundan salkam chorak asr oldin o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston mana bugungi kunda tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2010 yilning 12 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida “Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda”[1] – deya ta’kidlab o‘tdi.
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu davrda qiyinchiliklarga to‘la murakkab, hamda shon-sharafga to‘la bosib o‘tilgan yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, mamlakat ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og‘ir va fidokorona mehnati, mamlakat etakchisining uzoqni ko‘ra bilish va taraqqiyotni ta’minlab beradigan strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.Bu haqda gapirganda, birinchi galda, taraqqiyot yo‘lining dastlabki yillarida O‘zbekistonda barcha sobiq ittifoq respublikalaridagi singari ayanchli vaziyat hukm surganini esga olishga to‘g‘ri keladi.
Davlatimiz rahbari yuqorida nomi keltirib o‘tilgan ma’ruzasida “...bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay qat’iyat bilan borishimiz zarurligi” alohida ta’kidladi