2.2.Istiqlol yillarida Estrada san’atinng namoyondalari
Bugun o’zbek estrada qo’shiqchiligining asoschisi Botir Zokirov tavallud topgan kun. Botir Zokirov hayot bo’lganida ushbu kun 75 yoshga to’lardi. Botir Zokirovning kundaliklarini va Fotima Sharipovaning Zokirovlar sulolasi haqidagi “Abadiyat ibtidosi” kitobi yaratildi. Ta’sirli kitob. Jaholat borligi uchun ham yaxshi insonlarning, buyuk g’oyalarning qanchasi muallifining qalbida armon bo’lib qolib ketadi. Mazkur kitobda Botir Zokirovning kundaligidagi bitiklar havola qilingan. Nazarimda insonlardagi loqaydlik va befarqlik dunyomizni yanada ko’proq to’ldirmoqda, u go’yo zamonaviy san’atimizni aks ettirayotgandek. Tuzsizlik va kaltafahmlik, baxillik va ikkiyuzlamachilik-loqaydlik hukmidagi bosh illatlar mana shular. Iste’dodlilarni yerto’lalarga haydab u tantana qilmoqda, kulmoqda. Kimlarki zaifroq bo’lsa, ular dosh berolmasdan turli yo’llar bilan hayotdan ketayotir. Bir xillarning boshiga ichkilik yetmoqda, boshqa birlari kasbini o’zgartirmoqda, yana bir xillar o’z joniga suiqasd qilsa, to’rtinchi toifa yashash uchun moslashmoqda.
Hayotimning qo’shig’in topolsaydim
Dunyoda kishilarni olijanob, poklikka e’tib da’vat.
Baxilligu tubanlik, xudbinligu riyoga,
kurashlarga chorlasa meni u azalu abad.
Tilimning soqovligi do’zax o’tidan yomon,
U menga shivirlaydi.
Yashamagin yaxshisi.
Yashashga kuch topganlarga qanday hasad qilaman, q
Anday topay men o’sha alam va haq sasini.
Inson nega kuyga, qo’shiqqa oshufta? Navo og’ushida goho bor-yo’qligini ham unutib qo’yadi, nega? Kuy-qo’shiqda qanday sehr borki, ko’ngilda mehr uyg’otadi?
Botir Zokirovning qo’shiqlarini tinglagan inson mana shu savollar girdobida qoladi. Goh milliy ohangdagi qo’shiqlardagi tug’yon, dardlarni tinglasak, goho arab, eron, hind, livan, meksikacha, italьyancha, suriyacha qo’shiqlarini tinglab mehr-muhabbat u qay millatdan bo’lishidan qat’iy nazar inson qalbiga bir xil dard solishini anglaymiz.
O’zbek estrada san’atining asoschisi va yorqin yulduzi, O’zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning jahon musiqa san’atida o’z munosib o’rni bor. Tiniq, mayin, maftunkor ovoz sohibi bo’lgan bu ulug’ san’atkor betakror qo’shiqlari bilan o’ziga haykal qo’yib ketgan insondir.
BOTIR ZOKIROV (1936-1985)
O’zbek professional estrada san’ati asoschilaridan biri, dunyo tan olgan estrada yulduzi Botir Zokirov Toshkent shaxrida san’atkorlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Karim Zokirov o’zbek opera san’atining sarbonlaridan biri, onasi SH. Saidova o’zbek xalq qo’shiklari, laparlari va yallalarining ajoyib ijrochisi edi. Umuman Zokirovlar oilasi o’zbek xalqining musiqa madaniyatiga salmoqli xissa qo’shgan sulola sanaladi. Bo- tir Zokirovning bolaligi, yoshligi, san’at muxitida tar- biyalanadi. Uning xotirasi va eshitish kobiliyati juda kuchli edi. Rasm chizishga, shexr yozishga ishkiboz edi. San’atda birinchi ustozlari otasi Karimjon aka, onasi SHoxista opa buldilar. U yoshlikdan qo’shikni dildan sevib kuylash ni odat qildi. Uning birinchi qo’shigi “Kaydasan, seni kutaman” deb atalgan va o’n to’rt yoshida “Majnun” deb nomlangan kartinani chizdi. 1952 yili Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakul’tetiga o’qishga kirdi. O’sha davrda estrada san’atida qaldirg’och sanalgan. “Yoshlik” estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958 yilda shu ansambl bazasida O’zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko’rsatdi. Singlisi Luiza Zokirova bilan ushbu ansamblda ishlay boshladi. Orkestr Botir Zokirovning ijodiy yo’lini kat’iy belgilab berdi. 1957 yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek dekadasida mashhur arab kompozitori Dorish Al-Attoshning “Arab tangosi” qo’shigi birinchi marta yangradi va chaqmoq kabi Botir Zokirov nomini qo’shiksevarlar qalbiga olib kirdi. Bu kutilmagan omad, shuxrat va kelajakka ishonch edi. Bu qo’shiq xonanda dasturining mukaddimasi bo’lib qoldi va minglab nusxada plastinkalar chop etildi. 1959 yilda “Gullar ochilganda” badiiy filmida qahramonlardan birini obrazini yaratadi va qo’shiq ijro etadi. 1963 yilda esa “Seni izlaring” badiiy filmida shoir Turob Tula va kompozitor Ikrom Akbarovning “G’azli qo’shigi” yangradi. Keyinchalik Ikrom Akbarov bilan xamkorlikda “Qaro ko’zligim”, “Yor kel”, “Ey sarbon”, “Seni yo’qlab” singari mashhur qo’shiqlar dunyoga keldi. Botir Zokirovni ayniqsa, Moskvalik tomoshabinlar intiqlik bilan kutishardi. Mashhur kontsert zallarida chiptalar oylab oldindan sotilib bo’lardi. 1966 yili Moskva “Myuzik – xolli” bilan Parijga qilgan ijodiy safari xonandaga chinakamiga jahonshumul shuhrat keltirdi. Jahonga mashhur Olimpiya estrada teatri sahnasida 20 kun davomida kontsertlarda qatnashdi. O’zi sevib ijro etgan qo’shiklari katorida “Dust haqida qo’shiq”, “O’lkam qizi”, “Meni tashlab ketma” singari frantsuzcha qo’shiqlar ham bor edi. Ayniqsa, “Maro bebus” qo’shig’ini tomoshabinlar qaytalab aytdirishdi. Gastrolning so’ngi kunlarida kontsertlarning ikkinchi bo’limida faqat o’zi kuyladi. O’sha paytda Parij gazetalari Botir Zokirovni jahonning mashhur qo’shiqchisi SHarlr Aznaur bilan tenglashtirib yozishdi. Oradan yigirma yil o’tib, o’zbekistonlik taniqli adiblardan biri frantsiyadagi safari chog’idagi bo’lgan uchrashuvda: “O’zbeklardan kimlarni bilasizlar-deb so’raganida, “SHoir Alisher Navoiyni, xonanda Botir Zokirovni”, deb javob berishgan ekan. Botir Zokirov turli tillarda qo’shik kuylardi. U boshqa xalqlar qo’shiklarini kuylashdan oldin o’sha xalqning tarixi, turmushi, madaniyati va san’atiga oid xar xil adabiyotlarni o’qib, o’rganardi. SHuning uchun ham ko’pgina xorijiy tillarda aytgan qo’shiqlari unga katta shuxrat olib keldi. Uni xindlar – “xind”, ruslar – “rus”, arablar – “arab”, frantsuzlar –“frantsuz”, deb atashardi. Vaholanki, u o’zbek xonandasi edi. 1972 yilda O’rta Osiyoda birinchi va sobiq ittifoqda uchinchi bo’lgan “Myuzik-xoll” guruhini tuzdi. “Myuzik-xoll” - bu estradaning eng yuksak chuqqisi hisoblanadi. U estrada ansambli, dramatik aktyor, tsirk artistlari, raqs guruhlari singari bir qancha janrlarni o’zida mujassamlashtirgan san’atdir. “Sindbod sayohati”, “SHarq bozori”, “SHarq ertagi”, “Toshkent to’yi” deb nomlangan dasturlari bilan respublikamizning turli shaharlarida, Moskvadagi “Rossiya”dagi “Oktyabr” kontsert zallarida oylab kontsertlar bergan. Botir Zokirov jahonning mashhur ijodkorlari CHingiz Aytmatov, Rasul Hamzatov, Nozim Xikmat, Yuriy Silantev, Iosif Kobzon, Mixail Ulyanov, Sergey Obraztsov, Tamaraxonim singari yozuvchi va san’atkorlar bilan mustahkam do’stlik va ijodiy aloqalar bog’lagan edi. Jahonning birinchi kosmonavta Yuriy Gagarin 1963 yil 31 dekabr kuni “Goluboy Ogonyok” yangi yil bazmida, diktorning “Eng sevimli xonandangiz kim?” degan savoliga: “Mening yaxshi ko’rgan qo’shikchim Botir Zokirov”, deb javob bergan edi. Fazogir Toshkentga kelganida Botir Zokirovni ko’rish istagini bildiradi va u gastrolda bo’lganligi sababli, uyiga kelib onasi SHoxista opani ko’rib ketadi. Botir Zokirov sehrli muyqalam sohibi sifatida o’zidan ko’plab betakror asarlar qoldirdi. “Majnun”, “Oqshom”, “Avtoportret”, “Buxoro manzarasi”, “Saraton”, “Moskva manzaralari”, “Krim manzaralari”, “Yolgizlik”, “Ko’cha”, “Anor pishganda” singari asarlari shular jumlasidandir. Xikoyanavis yozuvchi sifatida “Ona”, “Muysafit”, “Paxlavon”, “Etakchi”, “Tabassum» xikoyalari “SHark yulduzi2, “Guliston” jurnallarida chop etildi.
Botir Zokirov o’zbek milliy estrada san’atini rivojlanishini jon dilidan istar edi. U faqat xalqona milliy estrada san’atini tarafdori edi va bu xaqda kuyinib matbuotda fikrlarini bildirar edi. SHu yo’lda tinimsiz izlanar edi. Umrining oxirgi yillarida ukasi F.Zokirov rahbar bo’lgan mashhur “Yalla” ansambli bilan birgalikda ijod kildi. U sahnaga qanday yonib chiqqan bo’lsa, umrini oxirigacha shunday yonib kuyladi. Xamisha har qanday vaziyatda iymoniga, e’tiqodiga, o’zligiga sodiq qoldi. Bu buyuk san’atkor o’zbek estradasiga asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida umri davomida olti marta jarroxlik stoliga yotdi va 49 yoshida olamdan o’tdi. Unga “O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni berilgan, vafotidan so’ng Prezident I.K.Karimovning Farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Uning nomida har yili yosh estrada xonandalarining ko’rik tanlovi o’tkazilib turiladi.
Botir Zokirov kompozitorlardan Ikrom Akbarovning "Yor, kel", "Rahno", "Gazli", "Qaydasan", "Seni eslayman", Mutal Burhonovning "Maftun bo’ldim", "Namedonam, chinom dorod", Sayfi Jalilning "Majnun monologi", "Kechalari yulduz sanab", Enmark Solihovning "Kuz keldi yana" va boshqa qo’shiqlarini kuylab xalqimizning estrada sanhatiniga asos solgan va durdonalar bilan boyitgan. Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan sharqu g’arb navolari sanhatkorning dovrug’ini jahonga yanada kengroq yoydi. Hindcha "Meychale", "Nechun xayolga cho’mding", "Dil orzusi", eroncha "Maro bebus", "Ayriliq qo’shig’i", livancha "Go’zal", meksikacha "Alvido, muhabbat", italьyancha "Yashasin muhabbat", suriyacha "O’tmishimga yig’layman", misrcha "Arab tangosi" kabi qo’shiqlarning har birini asl tilda, benazir ijro talqinida kuylagan. Botir Zokirovning muyqalam sohibi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko’chasi", "CHor Minor" kabi jami 200 dan ortiq rangorang asarlari shinavandalarga yaxshi tanish. Adabiyot va shehriyat sohasida u bir qancha hikoya, ocherk va shehrlar, shuningdek, Ikrom Akbarov tomonidan bastalangan "Sug’d elining qoploni" operasi uchun libretto muallifi bo’lgan. Kinoaktyor sifatida Botir Zokirov yosh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindrat Tagor ("Olovli yo’llar"), Abdullo ("Dahoning yoshligi") kabi obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’lgan. Botir Zokirov ijodiga bag’ishlangan "Menga qo’shiq chizib ber", "Aytilmay qolgan qo’shiq", "O’sha, o’tgan kunlar" nomli hujjatli filьmlar suratga olingan. Mashhur xonanda o’zbek estrada sanhati dovrug’ini sobiq Ittifoq respublikalari, Frantsiya, Avstraliya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qithasi mamlakatlarida keng yoydi.
Botir va Luiza Zokirovaning dilbar qo’shig’i "Baxt qaydasan?" deb nomlanadi. Zamonaviy tilda aytilganda bu qo’shiq duet hisoblanadi. Botir Zokirov: Baxt qaerdasan, qani sening yorug’ qiyofang, - desa, Luiza Zokirova unga baxt qorli cho’qqilarda, daryolarda, kuylanayotgan qo’shiqlarda deb javob beradi. Qahramon tog’ cho’qqilariga ko’tariladi, daryolardan o’tadi, qo’shiqlar yaratdi- baxt o’zi qaydasan? SHunda Luizaning chuqur va uzoqqa chorlovchi ovozi aks-sado beradi: Men yoningdaman, agar qurbing yetsa meni quvib yet...
Bahzan qo’shiq yoki biror san’at asari insonning taqdiriga aylanadi.
XULOSA
Estrada san‘ati bizgacha shu tariqa rivojlanib kelgan ekan zamonaviy estradaga to‘xtaladgigan bo‘lsak, ayni paytda estradada yosh xonandalrining ko‘payib borishi bu qo‘shiq matniga savsiyasiga ta‘sir o‘tkazmay qolmayapti. Hozirgi xonandalarning repertuariga bir nazar tashlasangiz o‘zingiz farqni anglay olasiz.? Globallashuv jarayonlarida telvediniyalarda mazmunan sayoz va zaif qo‘shiqlar konsert dasturlarda radiolardan o‘rin egallab kelmoqda. Yana bir jihati estradada fonogrammadan7 keng foydalanish urfga kirdi.Tog‘ri jonli ijroning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor bunda aparaturalar ham ahamiyatga ega, ammo unutmang yaqin o‘tmishda san‘atkorlar likopchada tor va doira jo‘rligida mikrafon-ovoz kuchaytirgichlarsiz ham ashulalar aytib xalq e‘tiborini hurmatini qozongan.
Albatta buni nazardan chetdan qoldirmaymiz bu borada men o‘z tengdoshlarim bilan davra suhbati o‘tkazdim.Yoshlarimizning fikri barchaga birday qiziq dep o‘ylayman. Savollar quydagicha boldi:
-Estrada janri jonli bo‘lgani yaxshimi yoki fonagramma yoki sizga umuan farqi yuqmi? Degan savol o‘rtaga tashlandi
Javoblar bir biridan aniq fikrlar bilan bayon qilindi.Umuman olganda ko‘pchilik jonli ijro tarafdori ekan va fonogramma tushunchasiga toshlar otildi. Masalan hozirgi yoshlarimiz yosh xonandalrmizni yaxshigina tanqid qilishdi. Binobarin, mana shu fonogramma tufayli estrada san‘atida milliylik xususiyatlari, jonli ijro etish mahorati borgan sari yo‘qolib borayapti va natijada xalqimiz san‘atga past nazar bilan qaray boshladi.
San‘at rivojlanishida yoki qaysdir ma‘noda jar yoqasiga kelishida xonandalarni aybladik lekin xonanda kuylaydi xalq esa uni tinglaydi. Bu jarayonda turfa ijodkorlarning ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Xususan, shoir, bastakor sayqal ustasi ham barkamol asarni dunyoga kelishida ishtirok etishi lozim. Afsuski bugungi estrada xonandalari haqiqiy shoir va bastakorlarga murojaat qilmaydi. O‘zi ashula aytadi, o‘zi matnini yozadi,o‘zi bastalaydi va ijro etadi. Mana shu tarzda professional mutaxassislar bilan ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli ham mazmunan sayoz kuy-qo‘shiqlar paydo bo‘lmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda o‘zbek milliy estradasi yana o‘sha shukuhli davrlardagi kabi o‘zbek tinglovchilari yuragidan joy oladimi yoki shu yo‘sinda davom etadimi buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo yosh xonandalarimiz shunchaki havaskormi yoki ijodkor, shou biznes vakili yoki san‘atkor mavqe‘ini egallashi bir qator tamoyillarga bog‘liqdir. Shuni ta‘kidlash joizki estrada ijodkorlarimiz, sa‘anatkorlarimiz o‘z qoshiqlari barkamolligi ustida yanada ko‘proq ishlashi milliylik va albatta jonli ijroga ko‘proq ahamiyat berish kerak.Profissional ijodkorlar yordamida ashulalarini qayta ishlab chiqishi darkor. 80-90 yillar estradasining hozirgi zamonaviy estradadan farqi undagi tafovut shundan iboratki ilk estrada namoyondalari qo‘shiqlarining milliyligiga sermazmunligiga, orombaxsh ekanligiga alohida e‘tibor qaratgan. Zero, san‘atning har qanday jabhasi inson tafakkuri mahsuli sifatida tinimsiz harakat va o‘zgarishlarga uchraydi. Unga zamon va makon o‘z ta‘sirini ko‘rsatar ekan o‘z o‘rnida estrada ijrochiligi ham yoshlarimizning qolaversa jamiyat hayotining in‘ikosi bo‘lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |