Mavzu: O’zbekistonda elektron tijoratni muammolari va uning


Elektron tijolar sohasini rivojlantirish



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#455167
1   2
Elektron tijolar sohasini rivojlantirish
Takliflar… 
Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e’tibor beriladigan 
yo’nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz: 
• Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, 
maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va 
konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, 
balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy 
muammolardan biri –malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi. 


• Telekommunikatsion xizmatlarni ko’rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu 
xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun 
ma’lum 
internet-auditoriyalarining 
yaratilishiga 
olib 
keladi. 
• AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning 
ko’rsatilgan 
tartibda 
doimiy 
mavjud 
bo’lishini 
ta’minlash. 
• 
O’z-o’zini 
boshqarish 
va 
tajriba 
almashish 
tizimlarini 
yaratish 
• 
Elektron 
tizimi 
bo’yicha 
ta’lim 
tizimini 
rivojlantirish 
• Axborot texnologiyalarining butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalishini 
ta’minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot 
texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada 
oshishiga 
olib 
keladi. 
• On-line banking tizimini butun respublika bo’ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji 
va chakana savdo bilan shug’ullanayotgan tadbirkorlar uchun o’z tovar va xizmatlari 
bilan internet tarmog’i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan 
birga bu bank sohasining boshqa yo’nalishlari bo’yicha ham sezilarli o’zgarishlarga 
olib keladi. 
O’zbekistonda 
elektron 
tijoratning 
rivojlanish 
istiqbollari 
Shuni bemalol ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston o’zining yuqori darajali 
intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg’og’ida 
qolib ketmasligi zarur. 
Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun qanday natijalar beradi? 
• Elektron tijoratning rivojlanishi O’zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish 
o’rinlarini 
yaratadi. 
• O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning 
raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir 
bo’lishi 
eksport 
imkoniyatlarimizning 
oshishiga 
olib 
keladi. 
• Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment 
kabi sohalarning rivojlanishini ta’minlaydi. 


Shunday qilib, O’zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan 
yilga o’sib borayotganligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Uning rivojlanishi milliy 
ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish 
imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo’yicha tanlangan va 
amaldagi yo’ldan to’g’ri borish, kelajakda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon 
bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O’zbekistonda elektron tijorat 
bo’yicha mavjud muammolarni hal qilishning to’g’ri yo’li tanlanganligi xalq 
farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o’z 
aksini topadi. 

Yoshlar press klubi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – 
kelajagimiz” jamg‘armasi, Alibaba Group, China Campus Network Uzbekistan 
kompaniyalari hamkorligida “O‘zbekistonda elektron tijorat istiqbollari” mavzusida 
onlayn 
biznes 
Forum 
o‘tkazildi. 
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari
“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, Davlat Soliq va Bojxona qo‘mitalari 
mutaxassislari, 
yosh 
tadbirkorlar 
va 
yoshlar 
vakillari 
ishtirok 
etdi. 
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – 
kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son farmoniga muvofiq yosh 
tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini realizatsiya 
qilishga ko‘maklashish, elektron tijoratning zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi 
ahamiyati, yurtimizdagi rivojlanishi bo‘yicha yoshlar, xususan yosh tadbirkorlarni 
xabardor 
qilish 
maqsadida 
tashkil 
etildi. 
Forumda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Xayrulla 
Sattarov yosh tadbirkorlar va ishtirokchilar bilan elektron tijoratga doir o‘z bilim va 
ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Yoshlar ushbu tadbirkorlik yo‘lini tanlaganida yuzaga 
keladigan 
to‘siqlarni 
sanab 
o‘tib, 
ularga 
yechimlar 
taklif 
qildi. 
Shundan so‘ng China Campus Network Uzbekistan marketing direktori 
O.Xudoyberdiyev elektron biznesning zamonaviy dunyo iqtisodiyotidagi ahamiyati, 
paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, elektron biznesning an’anaviy biznesga 
nisbatan ustunligi, iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi haqida nutq so‘zladi. 


Shuningdek, forum davomida elektron biznes – muvaffaqiyatga erishgan yirik 
kompaniyalar faoliyati misolida tushuntirib berildi. Alibaba Group kompaniyasiga 
asos solinishi va rivojlanish tarixi, uning rivojlanish strategiyasi haqida “China 
Campus Network” nodavlat ta’lim agentligi asoschisi, Alibaba.com ekotizimi 
hamkori 
Mr. 
Chzhou 
Young 
atroflicha 
ma’lumot 
berdi. 
Forumda O‘zbekistonda elektron biznesning rivojlanishi va istiqboli elektron biznes 
va soliq siyosati; elektron biznes segmentida bojxona masalalari mutaxassislar 
tomonidan muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Davlat Soliq va Bojxona qo‘mitalari 
mutaxassislari tadbirkorlarga berilayotgan yengilliklar haqida axborot berdi. 
Qayd etilishicha, shu kunga qadar “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 
axborot kommunikatsion texnologiyalar yo‘nalishidagi 271 ta loyiha uchun 25 
milliard 900 million kredit ajratilgan. Mazkur biznes loyihalarining barchasi 
amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, shu orqali mingga yaqin yoshlarning bandligi 
ta’minlangan. 


Foydalanilgan Adabiyotlar ro’yhati: 

Ш. Шодмонов, Р. Алимов, Т. Т. Жураев. Иктисодиёт назарияси. 
Тошкент, «Молия» нашриёти, 2002 йил.

Иктисодий назарияси фанинг предменти ва усуллари Маърузачи 
Каландаров Р

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish