O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Don xo`jaligi aholini don bilan, chorvachilikni esa ozuqa bilan ta`minlaydi. Don ekinlariga bug`doy, javdar, makkajo`xori, suli, arpa, grechka, sholi va dukkakli don ekinlari kiradi.
Bug`doy jahon aholisining deyarli yarmi uchun asosiy oziq manbai bo`lib hisoblanadi va don ekinlarining 28 foizini tashkil qiladi. Bug`doy pastroq haroratda o`sa boshlaydi, «qora» sovuqqa birmuncha chidamli, o`sish davri qisqa. Qurg`oqchilikka chidamli emas, ammo erta o`sa boshlagani va yetilish davri qisqa bo`lgani uchun yoz quruq va issiq bo`ladigan rayonlarda ham yetishtiriladi.
Bug`doy 70 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi, ammo uning 80 foizi faqat to`rtta davlatda yetishtiriladi: Xitoy, AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Xindistoi, Rossiya. Eng yirik bug`doy ekiladigan mintaqalar AQSH va Kanada dashtlaridadir.
Makkajo`xori ham don, ham oziq sifatida yetishtiriladi. Ertapishar o`simlik, 10—12° haroratda o`sa boshlaydi, sovuqqa chidamsiz, sug`orilsa juda yuqori hosil beradi. Jahonda yetishtiriladigan donli ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi. Makkajo`xori yetishtirish bo`yicha AQSH dunyoda birinchi o`rinda turadi. Jahon bozoriga yetishtirilgan maxsulotning 10—15 foizi chiqariladi. Makkajo`xori eksport qiladigan davlatlar AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Frantsiya; import qiladigan davlatlar G`arbiy yevropa davlatlari, Yaponiya, Rossiya.
Sholi ham insoniyatning yarmi uchun asosiy oziq manbai bo`lib hisoblanadi va jahonda yetishtiriladigan don ekinlarida uning salmog`i 25 foizni tashkil qiladi. Suvni ko`p talab qiladi, 12—15° haroratda o`sa boshlaydi, tropik kengliklarda ko`proq ekiladi. Shu sababli, sholining 90 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy hamda Sharqiy Osiyo davlatlarida yetishtiriladi. Jahonda yetishtiriladigan sholining 38 foizi Xitoyda, 20 foizi Xindistonda ekiladi. Bundan tashqari, Yaponiya, Indoneziya, Bangladesh, Tailand, Filippin davlatlarida ham asosiy don ekini hisoblanadi.
Respublika ishchi guruhlari ma’lumotiga ko‘ra, g‘o‘za qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari mutlaqo talabga javob bermaydi. Qator tumanlarda traktorlar boshqa ishlarga jalb qilingani oqibatida kultivatsiya kechikib, g‘o‘za qator oralari yorilish darajasiga kelgan. “Mexanizatorlar uylari”da sharoit yo‘qligi, “otryad” va “naryad” tizimi ishlamagani oqibatida kultivatorlarning 45-50 foizidan yetarlicha foydalanilmayapti.
Qishloq xo‘jaligidagi vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Zarbdor, G‘uzor, Bag‘dod va Uychi tumanlari to‘rtala sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu yil noqulay ob-havo tufayli g‘o‘za zararkunandasi va hasharotlar ko‘paydi. Olimlarning aniqlashicha, ko‘sak qurti kapalagining qishlovdan sog‘lom chiqish darajasi 76 foizni tashkil etayapti. Bu oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Aslida, bu raqamning 50 foizga yetishi favqulodda holat sifatida baholanadi. Bu yil esa hasharot 1,5 barobar ko‘p. Bu muammo har bir mas’ul rahbardan tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, fermerlardan shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirishni talab etadi.
Soha olimlari bu yil 460 ming gektarda o‘rgimchak-kana, 390 ming gektarda ko‘sak qurti va 42 ming gektarda beda qandalasi tarqalishi to‘g‘risida prognoz bermoqda. Shu sababli Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti rahbarlari boshchiligida 127 nafar olim viloyatlarga yuborildi. G‘o‘zani zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishga byudjetdan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratildi. Lekin ayrim sektor rahbarlari hali ham beparvo yuribdi. Minglab gektar maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazildi, deb hisobot berilgan bo‘lsa-da, amalda kutilgan natijaga erishilmagan. Ya’ni, ishlov sifatsiz va nomiga o‘tkazilgan. Oqibatda ayrim viloyatlarda ko‘sak qurti 4-5 ming gektardagi g‘o‘zaga zarar yetkazgan. Yana 8-10 ming gektar maydon xavf ostida turibdi. G‘o‘za rivojiga sug‘orish ishlari to‘g‘ri tashkil qilinmagani ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sektor rahbarlari va suv xo‘jaligi xodimlari suvni adolatli taqsimlash bilan yetarlicha shug‘ullanmayapti. Masalan, muayyan tumanga yetkazib berilgan suvning 50-60 foizi takroriy va tomorqa ekinlarini sug‘orishga yo‘naltirilyapti. Suvdan maqsadli foydalanilmagani, yetarlicha suvchi jalb qilinmagani, tungi sug‘orish ishlari tashkil etilmagani oqibatida ayrim tumanlarning 10-15 foiz maydonida g‘o‘za chanqatib qo‘yilgan. G‘o‘zani sharbat usulida sug‘orish bo‘yicha aniq topshiriq berilgan bo‘lishiga qaramay, ayrim tumanlarda 60-65 foiz maydonga suvning o‘zi haydalmoqda. Shu munosabat bilan Suv xo‘jaligi vazirligi va Davlat veterinariya qo‘mitasiga o‘z tizimidagi xodimlarni dalaga mahalliy o‘g‘it chiqarish va g‘o‘zani sharbat bilan sug‘orish ishlariga jalb qilib, fermer xo‘jaliklariga biriktirish vazifasi topshirildi. Suvdan samarasiz foydalangan sektor rahbarlari va fermerlarga nisbatan chora ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |