Sud tizimi - Sud tizimi
- — Saylanadigan sudlar (5 yil muddatga)
- • O’zbekiston Konstitutsiyaviy sudi
- • O’zbekiston Oliy sudi
- • O‘zbekiston Oliy xo‘ja!ik sudi
- • Qoraqalpog’iston fuqarolik ishlari bo‘yicha oliy sudi
- • Qoraqalpog‘iston jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudi
- Qoraqalpog‘iston xo‘jaIik sudi
- -Tayinlanadigan sudlar (5 yil muddatga)
- • Fuqarolik va jinoyat bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari
- • Fuqarolik va jinoyat bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari
- • Harbiy va xo‘jaIik sudlari
Huquqiy madaniyatini yuksaltirish - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-oktabrdagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi tuzildi.
- 1997-yil 27-iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilinib, unda aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri qilib belgilandi.
- 1997-yil 27-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jamiyat huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha milliy dastur ham qabul qildi.
Parlamentarizmning rivojlanishi - Ikki palatali parlament shakllanishi bilan Prezident vakolatlarining katta qismi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga o‘tkazildi.
- O‘tgan asrning 90-yillarida Prezident ko‘p vazifalarni, mas'uliyat va javobgarlikni o‘ziga olishga majbur edi.
- 2003 yil 25 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
- 2005 yilda mamlakatimizda ikki palatali parlamentning ish boshlashi, shuningdek, Prezidentning konstitutsiyaviy vazifalaridan avval Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimi, keyinchalik esa ijro hokimiyatining rahbari maqomi chiqarilganidan so‘ng, Prezidentning huquqiy hujjatlarida ishlatib kelingan Farmon va farmoyish so‘zlari qatoriga, Prezident qarori amaliyoti ham qo‘shildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, asosan, ijro hokimiyatining tashkiliy tuzilmasini, hukumatlararo xalqaro shartnomalarni, bir qator kadrlarni tasdiqlash, davlat mukofotlarini berish, harbiy xizmatga chaqirish vakolatlarini amalga oshirish uchun qabul qilina boshladi.
- Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqichlilik tamoyili asosida olib borildi. Aks holda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik va hokimiyatlar muvozanati yo‘q paytda endigina faoliyatini boshlayotgan yosh parlament demokratik institut doirasidan chiqib ketib, siyosiy inqiroz keltirib chiqaruvchi vositaga aylanishi mumkin edi.
- 2011 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi bilan qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, bugungi kundagi ob'ektiv voqyelik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantig‘i va izchilligidan kelib chiqib, Prezidentning saylanish muddatini yetti yil o‘rniga besh yil qilib belgilandi.
- 2012 yil 9 aprelda “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.
- 2011 yil 18 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4295-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining nizomi va tuzilmasi tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |