Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizasiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning ro‘lini yanada kuchaytirish” bandiga e’tibor beradigan bo‘lsak
Oliy Majlis vakolatlariga nimalar kiradi?
O‘zbekiston Respublikasi chegaralarini o‘zgartirish;
Vazirlar Mahkamasi taqdimiga binoan respublika byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasining a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarni tasdiqlash;
Prezident taqdimiga binoan Markaziy bank boshqaruvi raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish;
Prezidentning vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatish;
Umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikasiya va denonsasiya qilish
Davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashlik etish,tugatish, nomlarini o‘zgartirish va ularning chegaralarini o‘zgartirish;
Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning qay holatda ekanligini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori asosida hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib chiqadi va tahlil qiladi. Parlament a’zolarining xalq ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir.
Harakatlar strategiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tadbirkorlik subektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyhasini ishlab chiqish, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quydagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik faoliyatini tekshirilayotganda ularni huquqiy qo‘lab-quvvatlash; davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va boshqalar.
Harakatlar strategiyasida aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bu jarayonda fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi ham yuksalib boradi. O‘zi “parlament” (ing. Gapirmoq) – qonun chiqaruvchi oliy vakolatli organ. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti bu – Oliy Majlisdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida siyosiy partiyalar jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, 58-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi belgilandi. [15.10.2016 https://mfa.uz.]
1996 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, unda siyosiy partiya tushunchasi, faoliyatining huquqiy asoslari, faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, huquqlari hamda ular faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normalar belgilandi.
2007- yil 7-aprelda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Siyosiy partiyalar jamiyatdagi va siyosiy munosabatlardagi funksiyalarini to‘la bajarishida 2004 yil 30 aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” gi Qonun alohida o‘rin tutadi.
10.07.2017 kuni bo‘lib o‘tgan “Siyosiy partiyalar: tahlil, tashabbuskorlik va ijtimoiy ma’suliyat” mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burxonov markaz tomonidan ishchi guruh tuzilib partiyalar faoliyati o‘rganilgani, buning natijasida esa yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklar ham aniqlanganligi ma’lum qildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qayd etilganidek, siyosiy partiyalar, ularning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari hamda senatorlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Muloqatda siyosiy partiyalarning ishini sifat jihatidan yangilash, ularning jamiyatda obro‘-e’tiborini ko‘tarish, davlat va jamiyat boshqaruvida hal qiluvchi kuchga aylantirish, bu borada ilgari surilayotgan tashabbuslar, partiyalarning yoshlar o‘rtasida olib borayotgan ishlari, xususan “Yoshlar qanoti” faoliyatini tubdan takomillashtirish, bo‘yicha siyosiy partiyalar oldida turgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi. [ https.//www.uzreport.news.]
Bugungi kunda siyosiy partiyalar o‘z elektoratiga bergan va’dalarini, saylovoldi dasturlarini to‘la va samarali bajarmoqda, deb aytolmaymiz. Ular hanuzgacha mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, fuqarolar ongida o‘zining mustahkam o‘rnini egallay olmadi. Siyosiy partiyalar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida partiya fraksiyalari tomonidan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar deyarli sezilmayapti deb Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev takidalab o‘tgan edilar.
[ 13.07.2017 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidan.]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 22- avgust kuni mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish, shu yil dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida, bu boradagi eng muhim va dolzarb masalalar xussusida atroflicha fikr yuritildi.
Ma’lumki, mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda barcha soh ava tarmoqlarda chuqur demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi asosida jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda beshta siyosiy partiya- “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (2008-yil 11-avgust kuni ro‘yxatdan o‘tgan). “Xalq demokratik partiyasi (1991-yil 1-noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan). “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevral kuni ro‘yxatdan o‘tgan). Tadbirkorlar va ish bilarmonlar- O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) (2003-yil 3- dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan). O‘zbekiston Ekologik partiyasi ( 2019-yil 24-yanvarda ro‘yxatdan o‘tgan ) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Siyosiy partiyalar rahbarlari bilan suhbat davomida bu galgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiayti, partiyalar ushbu g‘oyat muhim jarayoniga qanday g‘oya va maqsadlar bilan borayotgani, elektoratining faolligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish haqida atroflicha fikr yuritidi. “Qaysi partiyaga mansubligidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimizni birlashtiradigan yagona va mushtarak maqsad bu- jonajon O‘zbekistonimiz, uning buyuk kelajagidir. Ayni shu maqsad hammamizni ona yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etadi” deb ta’kidladi Prezidentimiz.