Mavzu: O'zbekiston teleradio qoshida ochilgan birinchi xor jamoa badiiy Rahbari Botir Umidjonov hayoti va ijodi Reja



Download 210,54 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi210,54 Kb.
#731104
Bog'liq
O\'zbekiston teleradio qoshida ochilgan birinchi xor jamoa badiiy Rahbari Botir Umidjonov hayoti va ijodi


Mavzu: O'zbekiston teleradio qoshida ochilgan birinchi xor jamoa badiiy Rahbari Botir Umidjonov hayoti va ijodi
Reja:
1. Rahbari Botir Umidjonov hayoti va ijodi
2. Xor jamoa haqida ma'lumot
3. O'zbekiston teleradio qoshida ochilgan birinchi xor jamoa

Botir Hoshimovich Umidjonov (1933.31.1, Dushanbe 2004.2.9, Toshkent) — xor dirijyori, kompozitor. Oʻzbekiston xalk, artisti (1982). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1960). Oʻzbek davlat filarmoniyasida xor xonandasi va xormeyster (1952— 60), Oʻzbekiston televideniye va radiosining xor jamoasi tashkilotchisi, badiiy raxbari va bosh dirijyori (1960—93). Mukimiy teatrida xormeyster (1995—2000). Dirijyor sifatida oʻziga xos, milliy anʼanalarga asoslangan xor ijrochiligini yaratishga muvaffaqboʻlgan. Kompozitorlik ijodi Sharq xalqlarining musiqa merosi hamda Yevropa koʻp ovozli (xor) musiqa uslublarining uygʻunlashuviga asoslangan. Oʻzbekiston xor jamoalarining milliy repertuarini shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. 100 dan ortiq oʻzbek ("Chamanda gul", "Qilpillama", "Qora soch", "Yallama yorim" va boshqalar), tojik ("Diliman", "Chorbaytxo", "Ey sanam"), qirgʻiz ("Komuzchu", "Oy tobo"), qozoq ("Yapuray", "Shanibyau"), uygʻur ("Uynamdu yaxshi"), ozarbayjon ("Tesnif") xalq qoʻshiqlari, shuningdek, mumtoz ("Saraxbori Navo", "Segoh", "Chorgoh") ashula yoʻllarini joʻrsiz xor uchun kayta ishlagan. "Asrim sadosi" kantatasi (Oybek; D.Zokirov bn), "Ipak yoʻli" xor turkumi, "Oqibat" musiqali drama, romans va qoʻshiqlar, kinofilm va radiospektakllar musiqalari muallifi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan, bir necha xalkaro xor festivali, anjuman va tanlovlar qatnashchisi. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasida saqlanadi.


Xor (yunoncha: choros — davra oʻyin qoʻshigʻi) — 1) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; 2) xonandalar jamoasi. Tarkibiga koʻra, bir turdagi (erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori) va aralash, shuningdek, ijrochilar soniga qarab kamer (12— 20 kishidan iborat), kichik va katta [100—120 gacha; qoʻshma X.larda 500— 1000 va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi mumkin] X.larga boʻlinadi. Yevropada professional unison X.lar xristian cherkovlarda 4-asrdan maʼlum (kliros). 10—13-asrlardaX. jamoasining ovoz (partiya)larga boʻlinishi boshlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri (17-asr)dan aralash X. jamoasi 4 ta (soprano, alt, tenor, bas) partiyaga ajratildi. X. ijrochiligi musiqa cholgʻulari joʻrligida va joʻrsiz (a kapella) boʻladi. Oʻzbekistonda koʻp ovozli X. ijrochiligi 19-asr oxiridan rivojlana boshladi (V. Sakovich, N. Mironov. S. Kuzmenko va boshqa rahbarligidagi jamoalar). Professional X.lar 20-asr oʻrtalarida tashkil topgan: Oʻzbek radiosi X.i (1947, V. Verov), Navoiy teatri X.i (1948), Oʻzbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi (1952, S. Valenkov va A. Sultonov). Aynan shu davrdan boshlab X. ijrochiligi maxsus musiqa taʼlimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida oʻquv, havaskor, bolalar X.lari keng rivoj topdi. Hozirda Oʻzbekistonda bir necha professional X. jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlat akademik kapellasi (1978—2001-yillarda badiiy rahbari va bosh dirijyori — A. Hamidov, 2002-yildan D. Jdanov). Repertuaridan chet el kompozitorlari (Kerubini, Motsart, Verdi, Fore, Gendel, Taneyev, Chesnokov, Raxmaninov va boshqalar)ning mumtoz asarlari, shuningdek, qayta ishlangan oʻzbek xalk, qoʻshiqlari, Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Oʻzteleradiokompaniyasi qoshidagi Respublikada xizmat koʻrsatgan xor jamoasi (tashkilotchisi — B. Umidjonov, 1960 y 16 dekabr; 2003-yildan badiiy rahbari — D. Malikova, dirijyori —B. Lutfullayev, J. Shukurov, C. Radjabova, I.Matyakubov.2013 y dan badiiy rahbar va dirijyor— Sh.Boboxonova Xozirda O'zb.R Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Badiiiy jamoalar birlashmasi qoshidagi Respublikada xizmat ko'rsatgan Xor jamoasi). Ijro uslubida Yevropa xor anʼanalari bilan milliy xonandalik. uslublari uygʻunlashgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, Ik. Akbarov, M. Nasimov va boshqa qayta ishlagan xalq qoʻshiklari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Gʻiyosov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy Urin tutadi. Xususiy tashkil etilgan "Ipak yoʻli" kamer xori (2001-2006, D. Jdanov) faoliyat yuritgan. Repertuaridan jahon xalqlari qoʻshiqlari, chet el mumtoz asarlari urin olgan (yana qarang "Bulbulcha").
Dastlab o‘zbek radiosi qoshida kompozitor Karim Abdullayev tashabbusi bilan 1938 yil mahalliy yigit va qizlardan iborat bir ovozli xor jamoasi tuziladi. 1947 yil efir orqali o‘zbek kompozitorlari asarlarini targ‘ib etish uchun yangi xor jamoasi tashkil etildi va unga dirijyorlik ma’lumotiga ega bo‘lmagan xonanda V.Verov rahbar etib tayinlandi. 1948 yildan xorga professional dirijyor R.Xublarov rahbarlik qila boshladi. Jamoa tarkibida 40 xonanda bo‘lib, aksariyati musiqa ma’lumotisiz, ammo yaxshi ovoz sohiblari edilar. Asarlarni o‘zlashtirish jarayonida xor ko‘nikmalarini egallash, garmonik eshitish qobiliyatini o‘stirish ustida izchil ishlar olib borilmoqda. 1952-1955 yillarda R.Xublarovga yordamchilari bo‘lib, xormeyster Mirsa’di Umarov va Abdug‘ani Abduqayumovlar ishlashgan. 
1960 yillarda O‘zbekiston radio va televideniye Davlat qo‘mitasi qoshida zamonaviy professional xor jamoasi tuzilib, unga rahbar etib Botir Umidjonov tayinlandi. Ushbu xor tarkibi atigi 28 kishidan iborat edi. Ularga boshlang‘ich musiqa nazariyasi va solfedjiodan darslar tashkil etildi. O‘zbek milliy ijrochiligiga o‘ziga xos uslub va bezak B.Umidjonovning iste’dodi va mahorati katta yordam berdi. U ko‘plab turli xor miniatyuralar yaratdi. Ulardan “Chamanda gul”, “Qora soch”, “Lapar”, “Qilpillama”, “Olmacha anor”, “Diliman” va boshqalar. 
Jamoaga O‘zbekiston kompozitori ko‘plab asarlar yoza boshladilar. Jamoa repertuari xor asarlari bilan boyitildi. Xor jamoasini yil sayin ijrochilik mahorati o‘sdi va murakkab xor yo‘nalishi bo‘lmish “a kapella” ijrosida ko‘plab asarlar kuylay boshladi. Kompozitorlar I.Akbarov, S.Yudakov, D.Zokirov, M.Nasimov, S.Jalil, S.Boboyev, M.Bafoyev va boshqalar ijodiy hamkorlik olib borishgan. 1970-90 yillarda jamoa tarkibi 60 nafargacha kengayib, faoliyati rivojlanib bordi. 
Jamoa M.Burxonovning qayta ishlagan xorlari: “Yorlarim”, “Go‘zal qizga”; B.Umidjonovning “Go‘zal”, “Ruboiy”, “Saraxbori navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh” kabi murakkab asarlarni yuksak badiiy saviyada ijro etib, radio va televideniya magnit tasmalari oltin fondiga yozib keldi. 1967 yildan xormeystr sifatida Baxrullo Lutfullayev faoliyat yuritdi. 
Jamoa turli anjumanlar, 1973 yil Olma-Otada o‘tkazilgan “III Osiyo musiqa minbari”, 1978, 1983, 1984 yillarda “Sharq taronalari” xalqaro musiqashunoslik simpoziumlari, 1983 yil Tallin shahrida o‘tkazilgan professional xor jamoalari festivalida muvaffaqiyatli qatnashib kelgan. Yillar davomida 600 dan ortiq asarlar radio oltin fondiga yozildi. 1981 yil xorga “Respublikada xizmat ko‘rsatgan jamoa” unvoni berildi. 1970 yil B.Umidjonov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1981 yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga ega bo‘ldi. 1993 yildan 2003 yilgacha jamoaga J.Shukurov rahbarlik qildi. U 1993 yili O‘zbekiston Respubilkasi san’at arbobi unvoni bilan taqdirlandi. 2003 yildan badiiy rahbar va bosh dirijyor sifatida D.M.Malikova faoliyat olib bordi. Hozirgi kunda jamoada 50 dan ortiq xonanda ijod qiladi. D.Malikova jamoaning badiiy ijrochilik uslubini saqlagan holda o‘zining professional va musiqiy jo‘shqinligi bilan xorga yangiliklar kiritmoqda.
Shu davr ichida 300 dan ortiq jo‘rsiz va jo‘rli xor asarlari magnit lenta tasmalariga yozildi. Jamoa ESO hamda D.Zokirov nomli xalq cholg‘u orkestrlari bilan ham ko‘plab asarlar kuylab oltin fondga yozmoqda. Respublikamizda o‘tkazib kelinadigan barcha Mustaqillik, Navro‘z, “Sharq taronalari” Konstitutsiya kuni, turli festivallarda ham faollik bilan qatnashib kelmoqda. 
Jamoadagi eng faol xor artistlari 2000 yil A.Odilovga “Do‘stlik” ordeni, 2007 yil Erkin Rahimovga Respublikada xizmat ko‘rsatgan asrtist unvoni berildi. 2012 yilda D.M. Malikova “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi. 

Download 210,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish