Mavzu:O’zbekiston Respublikasining Davlat patent idorasi.Sanoat mulki ob’ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish. Reja - O‘zbekiston Respublikasining davlat patent idorasi.
- Sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhafaza qilish.
- Sanoat mulki subyektining mualifi
- .O‘zbekiston Respublikasining Intelektual mulk davlat fondi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat patent idorasi - O‘zbekiston Respublikasining davlat patent idorasi (bundan keyin Patent idorasi deb yuritiladi) «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risidagi» qonunga muofiq sanoat mulki obyektlarining muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.Patent idorasi sanoat mulki obyektlariga talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo‘yicha davlat ilmiy texnik ekspertizasi o‘tkaziladi, ularni davlat ro‘yxatiga oladi, ushbu qonunning qo‘llanishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patent idorasi to‘g‘risidagi Nizomga muofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
- Patent idorasining faoliyatining mablag‘ bilan ta’minlanishi manbai Davlat budjeti mablag‘idan patent bojlaridan, shuningdek Patent idorasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va beriladigan mateiallar uchun olinadigan xaqdan iboratdir.
Sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhafaza qilish - Sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhafaza qilish. Sanoat mulki obyektlariga bo‘lgan xuquq muallifga (mualliflar) yoki uning (ularning) xuquqiy vorisiga (vorislarga) tegishli bo‘ladi hamda ixtiro yoki namunasi patenti, dastlabki patenti va foydali model guvoxnomasi (bundan keyin patent, dastlabki patent, guvoxnoma deb yuritiladi) bilan tasdiqlanadi.
- Basharti, bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki obyektini yaratgan bo‘lsa, patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma bo‘lgan xuquq Patent idorasi birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan.
- Obyekt muallifi, basharti o‘zining obyektiga nisbatan xayrixuqiy ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan tartibda patent, dastlabki patentyoki guvoxnoma oligan bo‘lsa, sud tartibida patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma berilshiga norozilik bildirish yoki patent egasi yoxud uning xuquqiy egasi (matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma o‘ziga berilishini talab qilish xuquqiga egadir.
- Dastlabki patent va guvoxnoma dastlabki ekspertiza o‘tkazilgan so‘ng, patent esa, obyekt moxiyatan ekspertizadan o‘tkazilgan so‘ng beriladi.
- Ixtiro patenti ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, patentning xaqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqini tasdiqlaydi.
- Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining yangiligi va o‘ziga xosligini, patentning xaqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqini tasdiqlaydi.
- Patentning xuquqiy muxofazasi butunlay yoki qisman xaqiqiy emasligini isbotlash vazifasi xaqiqiy emas deb da’vo qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va tartibida amalga oshiriladi.
- Dastlabki patent va guvoxnoma patent egasining sanot mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutloq xuquqni tasdiqlaydi.
- Patent egasining mutloq xuquqi patent, dastlabki patent yoki guvoxnoma haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi.
- Ustivorlik (prioritet) sanasidan boshlab «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalri to‘g‘rsida» qonun qoidalariga muofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti yigirma yil davomida, sanoat namunasi patenti esa o‘n yil mobaynida amal qiladi
- Dastlabki patent va guvoxnoma ustivorlik sanasidan boshlab xisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi.
- Sanoat namunasi patenti va foydali model guvohnomasining amal qilsh muddati patenti egasining iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
- Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki obyekti patenti dastlabki patent egasining iltimosiga ko‘ra obyekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilgan so‘ng yerilishi mumkin.
- Ixtiro patenti, dastlabki patenti va foydali model guvohnomasi bilan ta’minlanadigan xuquqiy muhofaza xajmi ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan xuquqiy muhofaza hajmi esa buyum (maket, rasm)ning fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki ularning kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan belgilanadi.
- Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini xuquqiy jixatdan muhofaza qilish alohida qonun jixatlari bilan tartibga solib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |