6
Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar,
mahkamlovchi
buyumlar,
mashina
detallari,
aloqa
vositalari,
qurilish
konstruksiyalari va boshqalar kiradi.
Moddalarga:
kimyoviy
birikmalar, bularga, shuningdek, shartli ravishda yuqori
molekulyar birikmalar va gen injeneriyasi mahsulotlari bo‘lgan rekombinant nuklein
kislotalar, vektorlar va h.k. kiritilgan;
kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va
boshqalar);
yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi.
Mikroorganizmlar
shtammlari, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining
turlari (liniyalari)ga:
bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikrosuvo‘tlari, mikroskopik
zamburug‘lar va boshqalarning shtammlari;
o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan
hujayralarning klonlari;
mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar
hujayralarining turlari
(liniyalari) konsorsiumlari;
xususan mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning plazmidlari,
vektorlari, barqaror transformatsiyalangan hujayralarini o‘z ichiga olgan genetik
konstruksiyalar, transgen o‘simliklar va hayvonlar kiradi.
b) ixtiro ob’ekti — usul.
Usulga moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ekt ustida bajariladigan
o‘zaro bog‘langan xatti-harakatlar kiradi.
3. Quyidagilar:
ilmiy nazariyalar va matematika
usullari;
tashkil etish va boshqaruv usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat
tashqi ko‘rinishiga oid yechimlar;
integral mikrosxemalar topologiyalari;
o‘simlik navlari va hayvon zotlari;
jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq
qoidalariga zid yechimlar
ixtirolar deb tan olinmaydi.
7
4. Qonunning 15-moddasi 1-qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki
yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan
uzviy bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak.
Ixtiro birligi talabiga rioya etilgan hisoblanadi, agar:
agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan bo‘lsa;
agar ixtiro formulasida bir guruhdagi ixtirolar tavsiflangan bo‘lsa:
ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va
boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan, prinsipial aynan bir xil
yo‘l (variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan
obektlarga taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan bo‘lsa;
biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan,
qurilma yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini
olish usuli);
biri ikkinchisini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usul
va usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma);
biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa
(masalan, usulda foydalanish uchun mo‘ljallangan usul va qurilma;
usul yoki
qurilma va uning bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda
foydalanish uchun qo‘llash va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalansh usuli;
qurilma yoki moddadan yangi maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi bo‘lgan
qurilma yoki kompozitsiya) ixtiro birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: