Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida va Buyuk Britaniyada patent olish



Download 227,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana19.12.2022
Hajmi227,02 Kb.
#891039
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston va Buyuk Britaniyada patent olish tartibi. (1)

 



Patent haqida ma’lumot. 
Patent (lotincha: patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki 
ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan 
mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining 
maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday 
boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik 
kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan 
eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, 
sotishi yoki tarqatishi oldini oladi. 
Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga 
koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar 
mavjud boʻlishi zarur. Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi 
tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp 
mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi 
mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. 
Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal 
qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi 
ixtirolar uchun patent berilmaydi. 
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan 
qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent 
idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar 
va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan. 
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan 
shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. 
Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi 
tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod 
etadi. anoat mulki obyektiga bo‘lgan huquq muallifga (mualliflarga) yoki uning 
(ularning) huquqiy vorisiga (vorislariga) tegishli bo‘ladi hamda patent, dastlabki 
patent (matnda bundan keyin patent, dastlabki patent deb yuritiladi) bilan 
tasdiqlanadi. Basharti bir necha shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki 
obyektini yaratgan bo‘lsa, patent yoki dastlabki patentga bo‘lgan huquq Patent 
idorasiga birinchi bo‘lib talabnoma topshirgan shaxsga tegishli bo‘ladi. Sanoat 
mulki obyektining muallifi, basharti o‘zining obyektiga nisbatan g‘ayrihuquqiy 
ravishdagi o‘zlashtirish natijasida talabnoma topshirilgan yoxud patent yoki 
dastlabki patent olingan bo‘lsa, sud tartibida patent yoki dastlabki patent berilishiga 
norozilik bildirish yoxud patent yoki dastlabki patentga bo‘lgan huquq egasi 
(matnda bundan keyin patent egasi deb yuritiladi) sifatida patent yoki dastlabki 
patent o‘ziga berilishini talab qilish huquqiga egadir. 



Dastlabki patent dastlabki ekspertiza o‘tkazilganidan so‘ng, patent esa — 
obyekt mohiyatan ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng beriladi. Ixtiro patenti 
ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini, ixtironing haqiqiyligini va patent 
egasining ixtiroga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir 
mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Sanoat namunasi patenti sanoat namunasining 
yangiligi va o‘ziga xosligini, sanoat namunasining haqiqiyligini va patent egasining 
sanoat namunasiga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan foydalanishga doir 
mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Foydali model patenti uning yangiligini, foydali 
modelning haqiqiyligini va patent egasining foydali modelga egalik qilish, uni 
tasarruf etish va undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. 
Patentning to‘la hajmdagi huquqiy muhofaza yoki bu muhofazaning bir qismi 
jihatidan haqiqiy emasligini isbotlash vazifasi patentni haqiqiy emas deb da’vo 
qilayotgan tomon zimmasiga yuklanadi va sud tartibida amalga oshiriladi. Dastlabki 
patent patent egasining sanoat mulki obyektiga egalik qilish, uni tasarruf etish va 
undan foydalanishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydi. Patent egasining mutlaq 
huquqi patent yoki dastlabki patent haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy 
axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda deb hisoblanadi. 
Ustuvorlik (prioritet) sanasidan yoki ushbu Qonun 18-moddasining qoidalariga 
muvofiq belgilanadigan boshqa sanadan e’tiboran hisoblanganda ixtiro patenti 
yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti o‘n yil mobaynida, foydali model 
patenti besh yil mobaynida amal qiladi. Dastlabki patent ustuvorlik sanasidan 
boshlab hisoblanganda besh yil mobaynida amal qiladi. Sanoat namunasi 
patentining va foydali model patentining amal qilish muddati patent egasining 
iltimosiga ko‘ra Patent idorasi tomonidan tegishlicha besh yilga va uch yilga 
uzaytirilishi mumkin. Dastlabki patent bilan muhofazalangan sanoat mulki 
obyektiga dastlabki patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra obyekt mohiyatan 
ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng patent berilishi mumkin. Ixtiro hamda foydali 
model patenti va dastlabki patenti bilan ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi 
ularning formulasi bilan, sanoat namunasi patenti va dastlabki patenti bilan 
ta’minlanadigan huquqiy muhofaza hajmi esa, buyumning (maketning, rasmning) 
fotosuratlarida aks ettirilgan muhim alomatlari majmui yoki (va) ularning 
kombinatsiyasi (matnda bundan keyin muhim alomatlar majmui deb yuritiladi) bilan 
belgilanadi. Davlat tomonidan maxfiy deb topilgan sanoat mulki obyektlarini 
huquqiy jihatdan muhofaza qilish alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solib 
boriladi. 

Download 227,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish