Mavzu: O’zbekiston Respublikasida mavjud ekologik xavf hatarlar va ularni bartaraf etish uchun amalga oshirilayotgan chora tadbirlar


O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari



Download 129,5 Kb.
bet6/7
Sana29.12.2021
Hajmi129,5 Kb.
#86019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hayot xavfsizligi

O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari.

Ekologik  xavfsizlikni  kuchaytirishning  hozirgi  asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 



  1. Tegishli  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etish. Qishloq,  o’rmon  va  boshqa  xo’jalik  tarmoqlaridagi  tabiiy jarayonlarning  keskin  buzilishiga  olib  keladigan  barcha  zaharli kimyoviy moddalarni  qo’llash  ustidan  qattiq  nazorat  o’rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to’xtatish. 

  2. Qayta  tiklanadigan  zaxiralarni  qayta  ishlab  chiqarishning tabiiy  ravishda  kengayishini  ta’minlagan  hamda  qayta tiklanmaydigan  zaxiralarni qat’iy mezon  asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor. 

  3. Katta-katta  hududlarda  tabiiy  sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va  kompleks  foydalanishni  ta’minlaydigan darajada aniq  maqsadga qaratilgan,  ilmiy  asoslangan  tarzda o’zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda  suvlarni  bir havzadan ikkinchisiga tashlash, yerning namini qochirish, suv chiqarish tadbirlarini va boshqalarni amalga oshirish) lozim. 

  4. Jonli  tabiatning  butun  tabiiy  genofondini  madaniy ekinlar  va  hayvonlarning  yangi  turlarini  ko’paytirish  hisobiga boshlang`ich baza sifatida saqlab qolish kerak. 

  5. Shaharsozlik  va  tumanlarni  rejalashtirishning  ilmiy asoslangan,  hozirgi  zamon  urbanizatsiyasining  barcha  salbiy oqibatlarini  bartaraf  etadigan  tizimini  joriy  etish  yo’li  bilan shaharlarda  va  boshqa  aholi  punktlarida  aholining  yashashi  uchun qulay sharoit yaratish zarur. 

  6. Ekologik kulfatlar chegara bilmasligini  nazarda  tutgan holda  jahon  jamoatchiligi  e’tiborini mintaqaning  ekologik muammolariga  qaratish  lozim.  Orol  muammosi  bugungi  kunda chinakam  keng  ko’lamli,  butun  sayyoramizga  daxldor  muammo  bo’lib qolganligini, uning ta’siri hozirning o’zidayoq biologik muvozanatni  buzayotganligini,  bepoyon  hududlarda  aholining genofondiga  halokatli  ta’sir  ko’rsatayotganligini  nazarda  tutish lozim. 

Endi ekologik xavf jarayoni globallashib borayotgan hozirgi asrimzda har bir davlat oldida ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalasi chuqur mulohaza bilan qaralsa ekologik xavsizlik-ekologik barqaror rivojlanishning tub mohiyatidir. Lekin hozirgacha ko‘plab tadqiqotchilar ekologik xavfsizlikni alohida, ekologik barqaror rivojlanishi tadbirlarini, loyihalarini alohida tadqiqot mavzusi qilishmoqda. Asl mohiyati bir bo‘lgan bu masalani alohida-alohida ko‘rib chiqilayotganligiga sabab ekologik barqaror rivojlanishga ko‘p hollarda sayyoraviy (umumiy) izoh berayotganligidadir. Ekologik xavfsizlikni ta’minlash har bir geografik tabiiy mintaqada bu mintaqaning geografik, ekologik holatda ko‘rib chiqilmog‘i va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning uzoq muddatli konsepsiyasi yaratilishini talab qiladi.

Ekologik xavfsizlik konsepsiyasi esa alohida davlatlarning o‘zida yaratilmaydi. Masalaga bu jihatdan qaralsa ko‘pgina qiyinchiliklar yuzaga chiqadi. Masalan Markaziy Osiyo davlatlari Orol dengizi muammosini shu regiondagi davlatlarning tashabbusini halqaro hamjamiyat bilan birgalikda hal qilishi mumkin. Suv resurslari bilan bo‘lgan muammolar ham xuddi shunday yondoshishni talab qiladi.

Ekologik xavfsizlikni O‘zbekistonda ta’minlashda qayd qilingan global ekologik masalalarga nisbatan respublikamiz uchun hududiy bo‘lgan ekologik muammolarni dastlabki o‘rinlarga qo‘ysak to‘g‘ri bo‘ladi. Bular quyidagilar:


  1. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda yer, suv resurslarining ekologik, agrotexnik imkoniyatlarini hisobga olish;

  2. Sanoatni zamonaviy texnologiya bilan jihozlash;

  3. Yerdan tabiiy geografik, iqlimiy omillarni hisobga olib foydalanish;

  4. Kon-qazlov ishlarida ekologik monitoring talablarini ustivor qo‘yish;

  5. Ekologik ekspertiza talablarini, nazoratini butun ishlab chiqarishimizda, tabiiy resurslardan foydlanishimizda ustivor qo‘yishi.

  6. Aholining ekologik savodxonligini oshiirishda boshlang‘ich va oliy ta’limda mukammallashtirilgan ekologik o‘qitish konsepsiyasini ishlab chiqish.

  7. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatimizning barcha qonunlari va qarorlariga hammaning amal qilishini ta’minlash.

Ekologik xavfsizlikga ekologik xavf-xatar va ekologik muammolarni bartaraf qilganimizda erishamiz. Ekologik vaziyatlarning qay holatdaligi yuqorida aytib o‘tishdi. Mutloq yoki nolinchi xavfsizlikni yaratishga erishish mumkin emas. Chunki mutloq ishonchli texnologik tizim, mutloq zararsiz oziq-ovqat ham bo‘lmaydi. Bunda zararsizlikni faqat inson uchun xavfsizroq darajaga tushirish9 mumkin. Bu holatda ekologik xavfsizlik jarayonini «Inson+Tabiat+Jamiyat» tizimda belgilab qo‘yish va bu shiorga amal qilish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu shior ekologik iqtisodiy barqaror rivojlanishni xalqaro miqyosda amalga oshirishni talab qiladi. Halqaro hamkorlikdan alohida bu masalani yechish mumkin emas. Insoniyatning yashab qolish sharoitini insonning o‘zi yaratishi kerak. Ulof Polmaning komissiyasi xalqaro xavfsizlik konsepsiyasini yaratdi. Bu tizim insoniyat oldidagi jamiki xavfni o‘z tarkibiga olgan. Uning eng muhim tamoyili «Xavfsizlik – bo‘linmasidir» Bu shior yoki hamma uchun teng bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi. Mamlakatimizda ekologik xavfsizlik ancha tahlikali, og‘ir darajada. Mavjud ekologik xavfsizlikni isbotlangan ekologik dasturlar yaratib bu dasturlarni izchillik bilan bajarish zarur. Ekologiyada yuzaga kelgan xavflarni qandaydir siyosiy sabablar bilan keng ommadan sir saqlash kelajakda ekologik halokatlarni keltirib chiqaradi.
Xulosa

Xulosa qilib aytganda Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish-dolzarb  masala.  U  atrof  muhitni  muhofaza qilishning bosh omillaridan biridir. Foydali qazilmalarni olish va qayta ishlash chog`ida katta isrofgarchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Boshlang`ich xom ashyodan  to’liq  foydalanmaslik hollari mavjud. Eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar,  uchastkalar va butun boshli zavodlarni  rekonstruksiyalash asosida  foydali  qazilmalarni  sanoat  usulida  yanada  to’liq  va oqilona  qazib  olish  muhim  vazifa  bo’lib  turibdi.  Atrof  muhitni muhofaza  qilish  nuqtai  nazaridan  qaraganda,  tog`-kon  sanoatining chiqindilarini  o’zlashtirishni  yanada  kengaytirish  hamda  buzilgan yerlarni qayta yaroqli holga keltirish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 

Undan tashqari qishloq  xo’jalik  ekinlarini,  eng  avvalo,  g`o’zani  sug`orishda suvni  tejaydigan  texnologiyalarni  keng  joriy  etish  muhim ahamiyatga  ega.  Kollektor-zovur  suvlarini  daryolar  va  suv omborlariga  tashlashni  tartibga  solish  va  oqava  suvlarni  chiqarib yuborishni batamom to’xtatish zarur.

Atrof  muhitni  muhofaza  qilish  borasidagi  yuqorida  tilga olingan  ta’sirchan  chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish yaqin vaqt ichidayoq  oldingi tizimdan yosh  respublikaga  meros bo’lib qolgan ekologiya  sohasidagi  ko’pgina illatlar, kamchiliklar va  xatolarni bartaraf  etish  imkoniyatini  yuzaga  keltiradi.  Shuningdek,  keng ko’lamdagi ekologik tanglik tahdidini barham toptirish, respublika aholisi uchun, jismonan  sog`lom  yosh  avlodning  dunyoga  kelishi  va rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologiya jihatidan musaffo hayotiy muhit massalalari ustuvor vazifalar sirasida hisoblanadi.



Bu o’rinda xalqaro  tuzilmalarning  zaxiralari,  imkoniyatlari  va investitsiyalarini  ana  shu  muammolarni  hal  qilishga  jalb  etish - birinchi darajali vazifadir. 


Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish