I - bob. Ijtimoiy soha va aholini qo’llab-quvvatlash xarajatlari. 1.1. Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish.
Mustaqillik munosabati bilan respublikamizda ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minotning mazmun va mohiyati tubdan o‘zgardi. Ijtimoiy himoya davlatimizning ichki siyosatining asosiy tamoyillaridan biri qilib belgilandi, chunki bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tib borar ekanmiz, aholini kam ta’minlangan, muhtoj qatlamini ijtimoiy larzalardan ishonchli tarzda himoyalash va kafolatlash zarur. Aholini davlat himoyasiga muhtoj bo‘lgan qatlami ko‘p bolali oilalarni, qariyalar, nogironlar, boquvchisidan mahrum bo‘lganlarning ahvoli, bozor munosabatlarga o‘tish davrida narx-navoning oshishi, pulning qadrsizlanishi bilan tirikchiligi qiyinlashib qoladi. Shu mubosabat bilan davlat o’z oldiga ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqargan holda, aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi yoshlarning davlat tomonidan ijtimoiy muhofazag bo‘lgan kafolotli huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Hozirgi davrdagi asosiy maqsad bo‘lib hisoblangan davlatning asosiy vazifasi kishilar boshiga ochlik va muhtojlik tushishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Har qanday davlat ham o‘z aholisini himoya qila olsagina, u insonparvar davlat bo‘la oladi. Kishilarning ijtimoiy himoyalashning va huquqiy kafolotlashnin kuchli va ta’sirchan mexanizmi mavjud bo‘lgandagina, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolish mumkin. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas” –deyilgan.Kuchli ijtimoiy siyosat Respublikamizning Birinchi Prezidentimiz Prezidenti I A Karimov tomonidan bozor iqtisodiyotiga utishning tamoyillaridan biri bo`lib hisoblanadi.
«Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish , davlatning aholini ijtimoiy nochor qatlam va guruhlarini qo`llab-quvvatlash borasida mas`ul bo`lishi »degan edi yurtboshimiz Birinchi Prezidentimiz I A Karimov. Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo`naltirilgan xarajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma qatlamlari manfaatlariga daxldor bo`lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ro`yobga chiqadi. Inson munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirish vazifalarining ijobiy hal etilishi aynan ijtimoiy-madaniy sohalar taraqqiyotiga bog`liq. Yuqoridagilardan kelib chiqib kuchli ijtimoiy siyosat bevosita aholini turmush darajasini, uning faravonligini oshirishning asosiy omili bo`lib hisoblanadi va u quyidagi yo`nalishlarni o`z ichiga oladi:
Daromad siyosati
Ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy kafolatlar
Aholini ish bilan ta`minlash va mehnat bozorini shakllantirish
Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish va ular sifatini yaxshilash.
Aholi turmush darajasini oshishida ish haqi miqdorini uzluksiz oshirib borishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamizni o`tgan davrlarda qo`lga kiritgan salmoqli yutuq va natijalari xalqimizning daromadlari va faravonligini izchil ravishda oshirib borishga, keng ko`lamli ijtimoiy dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi. 2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda..Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimovni Vazirlar Mahkamasining yig`ilishidagi ma`ruzasida ta`kidlaganidek 2012- yilda mamlakatimizda o`rtacha ish haqini kamida uchdan bir miqdorda, 2013- yilga borib esa 2.5 barobarga oshirish vazifasi qo`yilmoqda.Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar deganda aholining nafaqaxo`r, bolalikdan nogiron, urush nogironlari, ishsizlar, ko`p bolali kabi qatlamlari borki ularni ijtimoiy ximoyalash davlatning vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ta`minot va kafolatlar ichida pensiya va ijtimoiy nafaqalar asosiy o`rinni egallaydi. Ish bilan ta`minlash mehnat bozorini shakllantirish aholi ijtimoiy ta`minotida ma`lum salmoqga ega. Keyingi yillarda ko`rilgan chora tadbirlar asosida, yurtimizda zamonaviy mehnat bozori shakllandi. Mustaqillik yillarida 5 milliondan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etildi. Ularning 70 foizidan ziyodi sanoat va xizmat ko`rsatish sohalariga to`g`ri keldi. Shahar va qishloqlarda birinchi navbatda xotin- qizlarni ish bilan ta`minlash imkonini beradigan, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil etiladigan kasanachilik jadal rivojlanmoqda. Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish (aholining ayrim qatlamlariga bepul yoki imtiyozli) ham ularni ijtimoiy ximoyalashning yo`nalishlaridan biri hisoblanadi . Bu bo`yicha keyingi yillarda aholiga tibbiyot, ta`lim, kommunal va boshqa xizmatlarning turi ko`payganligi va sifati yaxshilanganligini alohida qayd etish lozim. Umuman aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy ta`minot mamlakatimizda dolzarb sohalardan hisoblanadi. Bu to`g`risida Respublikamiz Birinchi Prezidenti Prezidenti I.A. Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda – «Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab amalga oshirilayotgan bu siyosatning amaliy tasdig`i sifatida shuni ta`kidlash kerakki, ijtimoiy soxaga yo`naltirilayotgan mablag`lar davlatimiz budjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2000-yilda 51 foizni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2013-yilga kelib 60 foizdan yuqori bo`lishi belgilab qo`yilgan. Bunday ko`rsatkichlar boshqa davlatlar tajribasida kamdan-kam uchraydigan hol, desak, bu ayni haqiqatdir» - degan edi. Prezidentimizning «xalqimiz salomatligini saqlashda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan shifokorlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», degan so‘zlaridan har bir shifokorning qalbi g‘ururga to‘ldi, desam yurtimizdagi barcha hamkasblarimning fikrini aytgan bo‘laman.Shunday yuksak ishonchga javoban, biz ham ezgu maqsad yo‘lida faol harakat qilishimiz, xalqi-miz salomatligini asrash va yanada mustahkamlash yo‘lida tinmay izlanishimiz, fidoyi bo‘lib mehnat qilishimiz zarur. Xususan, dasturiga muvofiq, onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilishida faol ishtirok etishimiz talab etiladi. Bu sog‘lom va barkamol avlod ulg‘ayishi, farzandlarimiz hayotga katta kuch, keng dunyoqarash bilan kirib kelishi, pirovardida, turmushimiz yanada farovon bo‘lishida alohida o‘rin tutadi.
Keyingi yillarda o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi ortib borayapti. Mahalliy ijro hokimiyati organlarining ayrim vakolatlari ushbu tizimga o‘tkazildi. Natijada mahallaning ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy hayotiga oid muhim masalalar fuqarolar yig‘inlarining o‘zida hal etilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Darhaqiqat, xalqimiz turmushiga oid urf-odat va ezgu an’analarning shakllanishi, yashab kelishi, ayni paytda rivojlanishida mahallaning tarixiy o‘rni va ahamiyati beqiyos. Mahalla kishilarning mehr-oqibatli bo‘lib, hamjihatlikda yashashini ta’minlashga xizmat qiluvchi institut hisoblanadi. Shu bois har bir oila va jamiyatning farovonlashuvida uning ta’sirchanligi, hayotimizdagi qadr-qimmatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, odamlarning qalbi va intilishlarida yurt obodligi, tinch va farovon hayot barpo etish g‘oyalari mujassam bo‘lishi, barcha bir yoqadan bosh chiqarib, ezgu ishlarni amalga oshirishida mahallaning xizmati katta.
Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturiga binoan mablag'lar ajratiladi. Ijtimoiy xarajatlar asosan, ijtimoiy madaniy tadbir xarajatlariga va aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlariga bo'linadi. Bu yo'nalishdagi xarajatlar nomoddiy sohaga mo'ljallangan mablag'lar hisoblanadi. Bu xarajatlarga: maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va fan hamda boshqa xarajatlarni sanab o'tish mumkin. Budjet korxonalari tarkibida yana bir guruh xarajatlar boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari ham rejalashtiriladi. Bu guruh xarajatlariga mudofaa, ichki ishlar vazirligi, milliy havfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining rezerv fondi ko'zda tutiladi.
So’ngi yillarda aholining daromadlarining oshishi mamlakatimiz turmush darajasini yaxshilanayotganligi va kam taminlangan oilalar sonini sezilarli pasayotganligiga sabab bo’layotganligini ko’rishimiz mumkin.
Aholi daromadlari barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda ko`rsatilgan bepul xizmatlar summasi, aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining jami turdagi daromadlari manbai ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mukofot, fonda, dividend, zayom va lotereya yutug`i, bank to`lagan foiz puli, ko`chmas mulkdan kelgan renta to`lovi va ijara puli, sug`urta qoplamalari va boshqalardan iborat. Aholi jon boshiga hisoblangan real daromad aholi turmush darajasining umumlashgan va yaxlit ko`rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiyotda aholi yalpi pul daromadlaridan barcha majburiy va ixtiyoriy to`lovlar (soliqlar, qarz puli, badallar) chegirib tashlangandan so`ng uning qo`liga tegadigan daromad ham muhim ahamiyatga ega. Aholi qo`liga tegadigan daromad miqdoriga soliqlar kuchli ta`sir etadi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi daromadning 2/3 qismini tashkil etadi. Agar mamlakatda xususiy mulk ustivor, renta, aholi pul jamg`armasi ko`p bo`lsa, bank to`laydigan foiz puli salmoqli bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkib jihatidan mehnatdan, tadbirkorlikdan, mulkdan olingan daromadlar va transfert (nochorlarga budjetdan beriladigan nafaqa va yordam puli) kabi daromadlardan shakllanadi. Transfertlar nobozor daromadi, qolganlari bozor daromadi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida O`zbekistondagi aholi daromadlarida bozor tizimiga xos yangi daromad turlari (tadbirkorlik, mulk daromadi kabilar)ning ko`payib borishi kuzatiladi.
1.2 Ijtimoiy himoya tushunchasi va uning mazmuni.
Ijtimoiy muhofaza tizimi - aholining hayotiy muhim manfaatlari sohasi bo'lib, uning sifat va miqdor ko'rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish huquqi odamning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko'p jihatdan mamlakatdagi milliy tartibni, jamiyatdagi totuvlik darajasini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish barqarorligini va dinamikasini belgilab beradi. 2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‘rtacha 23 foizdan kam bo‘lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‘paytirish vazifasi qo‘yilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tasnifi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish deganda, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga maqsadli yo’naltirilgan kafolatlar tizimini tushunishimiz lozim. Ijtimoiy muhofaza qilish bir tomondan, funksional tizim, ya'ni yo'nalishlar tizimi bo'lib, u ana shu yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi, ikkinchi tomondan, u ijtimoiy muhofazani ta'minlaydigan institutlar tizimidan iborat bo'lib, unga davlat, sud, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati ijtimoiy muhofazalash mexanizmlarini, davlatning, korxonalar va ijtimoiy siyosatning boshqa sub'ektlarining roli va vazifalarini o'zgartiradi. Amalda bu ijtimoiy muhofazaga ajratiladigan byudjet mablag'lari salmog'ining qisqarishi, davlat tomonidan beriladigan bepul kafolatlarning kamayishini bildiradi. Ko'proq og'irlik nodavlat moliya manbalariga, shu jumladan, korxonalar zimmasiga yuklatiladi. Bu ayrim korxonalar uchun jiddiy muammolar tug'dirib, ularning ijtimoiy muhofaza bo'yicha tadbirlari hajmi va darajasini mehnat sharoitlari va uni muhofazalashga bog'lab qo'yadi. Amalga oshirilish usuliga qarab ijtimoiy siyosatni aktiv va passiv turlarga ajratish mumkin. Passiv ijtimoiy siyosat narxlarni sun'iy ravishda tutib turish, shuning hisobiga turmush darajasini oshirish yoki barqarorlashtirish, ijtimoiy muhofaza qilishning barcha yo'nalishlari bo'yicha dotatsiyalarni oshirishni ko'zda tutadi. Aktiv siyosat maqsadga muvofiqroqdir. Unda tashabbus ko'rsatish va tadbirkorlik uchun sharoit yaratib berish, pensionerlar, veteranlar, bolalar, byudjet sohasida xizmat qiluvchilarni qo'llab-quvvatlashda davlatning rolini oshirish ustivor maqsadlar hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin, aholini ijtimoiy ta'minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta'minot pensiya ta'minoti, nafaqalar bilan ta'minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Ikkinchi yo'nalish esa jamiyatning bir me'yorda rivojlanishini, ya'ni sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat va sog'lomlashtirish, shuningdek, turarjoyga ega bo'lish huquqini ta'minlash bilan bog'liq.
Mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosiy dasturi asosida pensiyalar miqdorini va pensionerlar sonini oshib borishi asosida pensiya ta`minotiga sarflanadigan mablag`larning miqdori yanada oshishi kuzatiladi. Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mexnatga layoqatsiz fuqorolarga nafaqa.
|
75510
|
86883
5
|
95520
|
Jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki oxirgi ikki yil mobaynida yoshga doir pensiya,bolalikdan nogironlarga zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalarning minimal miqdorlari o’sish tendensiyasiga ega.
Hozirgi sharoitda aholining ijtimoiy himoya turlari kengayib, uning qo‘llanish asoslarini tubdan o‘zgartirish talab qilinayotgan bir paytda xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni va sarflanayotgan mablag‘ miqdori jihatidan pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoyalashda asosiy o‘rinni egallaydi. 1993-yil 3-sentabrda Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Ushbu Qonun 9 ta bob, 67 ta moddadan iborat. Undagi moddalar davlat pensiyalarini 3 xil turiga bag‘ishlangan va Qonun faqat ish staji bo‘lgan shaxslargagina va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash mumkinligini ko‘zda tutadi. Qonunni qabul qilishda O‘zbekiston Respublikasining demografik, geografik va iqlim sharoitlari va urf-odatlari hisobga olingan. Bu xususiyatlar Qonunning ish stajini hisoblashga, imtiyozli pensiyalar tayinlashga doir boblarda o‘z ifodasini topgan. Qonun respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashganini hisobga olib, qishloq xo‘jalik xodimlarining ayrim toifalari paxtakor, sholikor, tamakikor ayollarga, cho‘ponlarga, paxta suvchilariga umumiy pensiya yoshini besh yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya tayinlash mumkinligini belgilagan. Davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilangan:
Yoshga doir pensiya;
Nogironlik pensiyasi ;
III.Boquvchini yo‘qotganlik pensiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |