Mavzu: Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari. Reja kirish



Download 220,79 Kb.
bet2/6
Sana15.11.2022
Hajmi220,79 Kb.
#866927
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1.Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishnin

Mavzuning maqsadi.Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslarini oʻrganish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega boʻlish.
Mavzuning ob'yekti-Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi xarajatlari va boshqa xarajatlar tarkibiy qismilarini hisoblash tizimini tashkil etish
Mavzuning predmeti-Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari tarkibiy qismilarini o`rganish mazmuni, shakl va usullarini to'liq o'rganish va mohiyatini ochib berish.
Mavzuni oʻrganish vazifalari:
-Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish;
- Mavzuga oid pedagogik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish;
- Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari moliyaviy – iqtisodiy nazariyasini rolini aniqlash.
-Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslarining yangi qirralarini topish;
-Oʻzbekiston Respublikasida davlat byudjet tizimi amal qilishning qonuniy-huquqiy asoslari nazariyasi bo’yicha jahon tajribasidan oʻrganish..
1.O‘zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari. Byudjet tizimi. Byudjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha.
Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi byudjet tizimidir. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng ma’noda va tor ma’nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta’riflar berilgan: Keng ma’noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig’indisidan, shuningdek, har bir byudjet bo’g’iniga tegishli bo’lgan soliq va yig’imlar yig’indisidan, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig’indisidan iboratdir.O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining “Asosiy tushunchalar” deb nomlangan 6-moddasida: “Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar yig’indisini o’zida ifodalaydi”, 1- deb ta’rif berilgan.
Tor ma’noda byudjet tizimi mamlakat ma’muniy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi byudjetlar yig’indisidan iborat.O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan “O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risidagi” Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.
1.Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi–byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.2
2.Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi – byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o’z byudjetiga ega bo’lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo’g’inini tashkil qiladi.
3.Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipi–byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishini, shu bilan birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya’ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
4.Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga ko’ra,byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
5.Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipibyudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko’zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.3
6, Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipihar bir byudjet o’z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo’nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo’yilganligi bilan izohlanadi.
7, Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipibyudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip “natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish” talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi.



Download 220,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish