Xalqaro Qizil kitob 1972-yili noyabr oyida bo‘lib o‘tgan BMТ, YUNESKO tashkilotining konferensiyasida qabul qilingan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga muvofiq tuzildi. Unda Yer kurrasida noyob va yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining biologiyasi, tarqalishi, yo‘qolib ketish sabablari va muhofaza qilish choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi Qizil kitob uchun ma’lumotlarni 1949-yildan boshlab to‘pladi va uni 1966-yili «Red Data Book» nomi bilan ingliz tilida chop etdi. U doimo to‘ldirib boriladi va ingliz tilida chop etiladi. XX asrning 80-yillari boshiga kelib sut emizuvchilarning 236, qushlarning 485, sudralib yuruvchilarning 141, baliqlarning 194 turlari xalqaro Qizil kitobga kiritildi. Hozirgi kunda ularning soni 2 baravargacha ko‘paygan.
Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan flora va fauna dunyosi turlari qaysi bir mamlakat hududida yashashidan qat’i nazar ularning xalqaro muhofaza qilinishi va xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat ostida bo‘lishi shart. Ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlarning vaqtinchalik yashash makoni bo‘lgan botqoq, ko‘l, daryo yoki landshaftlar alohida muhofaza qilinadigan tabiiy ob’yektlar toifasiga kirgizilishini xalqaro huquqiy normalar talab qiladi. YUNESKOning «Kishilar va biosfera» xalqaro dasturiga muvofiq O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi Chotqol biosfera qo‘riqxonasi tashkil etildi.
4. 9 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan kun.
O‘zbekiston Respublikasining ilk mustaqillik yillaridanoq ushbu Davlat ahamiyati va jamiyatga molik bo‘lgan muhim sanalar qatorida tabiatni muhofaza qilish sohasiga nechog‘lik e’tibor qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni 1992 yil 9 dekabr kuni qabul qilingan, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dastlabki qabul qilingan qonun hisoblanib, qonun 11 ta bob va 53 ta moddadan iborat.
Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning asosiy maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Shu munosabat bilan, barcha ekologiya sohasi vakillari hamda keng jamoatchilikni «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilingan sana munosabati bilan qutlab qolamiz va kelgusidagi sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
5. Davlat tomonidan tabiatni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qaror va tadbirlar.
2017 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanganidek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2016 yildagi faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini bajarishga, qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga hamda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirishga, mamlakatdagi ekologik holatni sog‘lomlashtirishga qaratildi.
Hisobot davrida insonlar salomatligini mustahkamlash, ekologik muvozanatni, jonli tabiat turlarining boyligini va genetik fondini, ekologik tizimlar rang-barangligini saqlab qolish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, ekologik xavfsizlikni ta'minlashga, tabiat obektlari bilan bog‘liq madaniy merosni saqlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 6 ta qonun loyihasining yangi tahriri, Vazirlar Mahkamasining 10 dan ortiq qarori tayyorlangani va shundan 8 tasi qabul qilingani qayd etildi.
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan olib borilgan nazorat davomida 18 270 dan ziyod mansabdor shaxs va fuqaro ma'muriy javobgarlikka tortildi, 2 400 dan ortiq korxona va tashkilotlarga da'vo kiritildi, 4,13 mlrd. so‘m undirildi.
2016 yilda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari uchun, xizmatlar, ekologik xavfli chiqindilarni va mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun 3 860 dan ortiq ekologik sertifikat berildi. 27 500 ta loyiha davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi, 3 350 dan ortiq ekologik norma belgilandi. Davlat ekologik ekspertizasining tavsiyalariga muvofiq energetika, neftgaz, metallurgiya, kimyo, qurilish tarmoqlarining, sanoat, kommunal va qishloq xo‘jaligining 318 ta xo‘jalik yurituvchi sub'yektida energiya tejovchi, kam chiqindi chiqaradigan texnologiyalar joriy etildi. Ekologik, shuningdek idoraviy va jamoat nazoratini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
2013–2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi atrof muhitini muhofaza qilish bo‘yicha harakat dasturini bajarish choralari ko‘rildi. Orolbo‘yi mintaqasini ekologik sog‘lomlashtirish bo‘yicha choralar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Orol dengizining qurib qolgan tubidagi 76,1 ming gektar maydonda yangi ihota daraxtzorlari barpo etildi.
2016 yilda beshta xalqaro loyihani amalga oshirish davom ettirildi, 25 ta yangi xalqaro loyiha ishlab chiqildi va 2017 yilda 6 ta yangi loyihani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hisobotni muhokama qilish vaqtida senatorlar ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan ishlash, biologik xilma-xillikni saqlash hamda ko‘paytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish sohalaridagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligiga e'tibor qaratdilar. Davlat ekologik nazorati, atrof muhit monitoringi, shuningdek xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlarining infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.
Shundan so‘ng senatorlar Oliy Majlis Senatining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.
O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1991 yil 20 noyabrdagi, 1993 yil 7 maydagi, 1994 yilning 6 may va 23 sentyabrdagi kengashlarda o'zlashtirishlar kiritilgan. Ushbu qonunlar erdan oqilona foydalanish va erni muhofaza qilish, tuproq hosildorligini qayta tiklash, tabiiy muhitni saqlash va yaxshilashga qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasining “Suv haqidagi va suvdan foydalanish” to'g'risidagi qonuni 1993 yil 6 mayda qabul qilindi. Uning vazifasi suvdan foydalanishni tartibga solish, aholi va halq xo'jaligi ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanish, suvning ifloslanishi, kamayishi, iflos suvning zararli ta'siri haqida ogohlantirish va ularni zararsizlantirish, suv havzalarining holatini yaxshilash, tashkilotlar, korxonalar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolarning suvga bo'lgan xuquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
1994 yil 22 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Qazilma boyliklar haqida” qonuni qabul qilindi. Bu qonun ma'danlarni muhofaza qilish va foydalanishni tartibga solishga qaratilgan. 1996 yil 27 dekabrda “Atmosfera havosini muhofaza qilish haqida”gi qonun qabul qilindi. Unda atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash, uni zararli moddalar bilan ifloslanishini oldini olish, davlat organlari, korxonalar va fuqarolarning havoni muhofaza qilishdagi xuquqiy vazifalarini tartibga solish va boshqalar qayd etilgan.
Hozirda o'rmonlar, hayvonot olamini muhofaza qilish va foydalanish to'g'risida qonun loyixalari ishlab chiqilmoqda. Yo'qolib borayotgan qimmatli va dorivor o'simliklar va noyob hayvonlarga nisbatan munosabatlarini tartibga solish va foydalanishni yaxshilash bo'yicha Vazirlar Mahkamasining Qarorlari mavjud. O'zida ovchilik va baliq tutish tartiblari yuqorida ko'rsatilgan qonunlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi xududida ovchilik va baliqchilik xo'jaliklarini boshqarish to'g'risida nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida amalga oshiriladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Tabiatni Muhofaza qilish davlat qumitasining maxsus buyruqlari ham yuridik huquqlarga ega.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan atrof-muhit muhofazasi to'g'risidagi qonunlar, qarorlar, nizomlar va boshqa yo'l-yo'riqlar tabiatdan foydalanishning yuridik jabhalarini asoslaydi. Vazifa ulardan to'lig'i bilan foydalangan holda atrof-muhit muhofazasiga samarali xizmat qilishga butun e'tiborni qaratishdan iborat. Tabiiy muhitni ifloslanayotgan uning boyliklaridan me'yoridan ortiqcha foydalanayotgan, ekologik vaziyatlarni jiddiylashtirayotgan, aholi sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan davlat, xususiy, shirkat, jamoa xo'jaliklari, fuqarolar va boshqalarga nisbatan qonun asosida tegishli tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzuvchilari bilan shug'ullanuvchi muassasalar va shaxslar amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |