Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Turkistonda maktablar tizimi



Download 3,02 Mb.
bet226/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

26.3. Turkistonda maktablar tizimi

Maktablarni tashkil etishda mahalliy aholi orasidan birinchi muallim sifatida etishib chiqqan Hamza, Avloniy, Abduqodir shakuriy, Ismatulla Raxmatullaev, Abdurauf Fitrat, ishoqxon Ibrat, T. N. Qori Nieziy, To‘xtanazar shermuhamedov, ergash Komilov, Oqilxon sharo­fiddinov va Shu singari zielilar faol qatnashdilar.

Qizlarni o‘qitish uchun alohida maktablar ochildi, bunday mak­tablar 1920 yil boshida toshkentda 12 ta, Andijonda 2 tasi ochilgan. Qo‘qonda Shunday maktablarda o‘zbek qizlaridan 270 tasi, qirg‘iz qizlaridan 13 tasi o‘qir edi. Shunday qilib, o‘lkamizda yangi maktablar ochildi va mahalliy aholidan milliy o‘qituvchilar tayer­lash, milliy darsliklar nashr etish, sho‘ro mafkurasi asosida ta’lim-tarbiyaviy jaraenni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar belgi­landi.

Feruz farmongia muvofiq 1904 yilning 10 noyabrida Urganchda birinchi yangi usul maktabi ochildi. Unda Husayn Qo‘Shaev degan Turkiyadan kelgan o‘qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi.

Husayn Qo‘Shaev 1906-1907 o‘quv yilida xonlikdagi ilg‘or ma’rifatparvar kishilarning istaklarini hisobga olib, Urganchda qizlar maktabi tashkil etdi. Feruz unga homiylik qilib, Xazina hisobidan maktab uchun alohida mablag‘ ajratib berdi.

Feruz homiyligidagi bu maktabda Husayn Qo‘Shaevning turmush o‘rtog‘i Komila Qo‘Shaeva qizlarga bilim bera boshladi.

1909 yilga kelib Feruz qo‘li ostidagi madrasalar soni 130 taga etib, undagi mullavachchalar 2300 kishidan ortib ketdi.

Feruz Xeva ziyolilari orasida nufuzli o‘rinni egallagan ma’rifatparvar Komil Xrazmiyni toshkent Shahrida gimnaziya va maktablardagi o‘qitish usulini o‘rganib kelish maqsadida safarga jo‘natadi. Safardan qaytgach, Komil Xorazmiy bu sohadagi ishlarni anchagina jonlantirib yubordi.

Mazkur maktab o‘quv dasturi hamda rejasiga – riyoziyot, tarix, jo‘g‘rofiya, tabiat, rus tili, mahalliy savod (ona tili) va islomshunoslik fanlarini o‘qitish belgilanadi. Mashg‘ulot jarayonida sharq mutafakkirlari – Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy sheroziy, mashrab, So‘fi Ollayor kabilar bilan bir qatorda rus Shoir, yozuvchilarining asarlari o‘rganildi. Shuningdek, u vohada san’at, maorif va madaniyat rivojiga rahnamolik qilib, saroydi «podshohi zamon tipolitografiyasi»ni tashkil qildi.

«Litografiya» - yunoncha so‘z bo‘lib, «litos» - tosh va «grafos» yozaman degan ma’noni bildiradi. Bu atama o‘zbek tilida toshbosma tarzida qo‘llanib kelingan.

Feruz saroyidagi bu toshbosmaxonada ilk bor Abu Nasr Farobiyning «Nisobus - sibyon» (Bolalar nasibasi), alisher Navoiyning «Hamsa» asaridan parcha, «Hayrat ul-abror» dostoni, shermuhammad Munisning «Munis ul-ushshoq» devoni, yoqubxo‘ja ibn Ibrohimxo‘janing «Devoni Xolis» to‘plami, Feruzning «Devoni Feruz» va boshqa o‘nlab asarlar nashr etilgan.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish