26.2. Chor Rossiyasining ta’lim siyosati
1918 yil iyunda toshkentda maorif xodimlarining birinchi s’ezda ochildi, unda xalq maorifi sohasidagi ahvol muhokama qilindi, qayta ko‘rish tadbirlari belgilandi.
1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili o‘qitish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
1918 yil avgustda Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroya Komiteti «Maktablarda o‘quvchilarni o‘z ona tilida o‘qitishga o‘tish to‘g‘risida» dekret chiqardi, bu o‘lka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Oradan uch oy o‘tgach "Turkiston maktablarining strukturasi to‘g‘risida Nizom" chiqarildi.
1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablar soni 330 taga etdi.
1919-20 yilining boshida maktablar soni Farg‘onada (viloyatida) 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta edi.
1918 yil iyun oyida toshkentda dorilmuallimin ochildi (millat eshlaridan mualimlar instituti).
1918-21 yillarda mahaliy millatdan 3 mingga yaqin muallim tayyorlandi.
1918 yillarda Turkiston sharqshunoslik ishstituti, Timiryazev nomli bilim yurti, Milliy xotin-qizlar uchun bilim yurtlari ochildi.
1921 yilda ximiya-farmakologiya instituti, konservatoriya 6 ta qishloq xo‘jalik texnikumi ishga tushdi. Bo‘lar orasida 1918 yil 21 aprelda ishga tutgash toshkentda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyat etadi. Universitetning toshkentda eki Shaharda, Andijon, Qo‘qon, Samarqand va Jizzaxda bo‘limlari bor edi.
RSFSR Xalq Komisarlari Sovetining 1920 yil 7 sentyabrdagi dekretiga binoan toshkent xalq universitei negizida Turkiston davlat universiteti (tosh DU) tashkil etildi.
1920 yillarda Turkiston bolalarining 25% maktabda o‘qitilar edi.
O‘qituvchi kadr tayerlashga katta e’bor berildi. 1925 yilda O‘zbekiston qishloqlarida ishlab turgan muallimlar soni 2748 kishiga etdi. 1924-25 o‘quv yilida xalq maorifi ehtiyojlariga 11, 4 million so‘m eki respublika byudjetning 24% sarflandi.
XX asr boshlariga kelib, mahalliy fuqaro bolalaridan ilmli kishilar tayyorlash maqsadida Xiva xoni Said Muhammad Rahimxon Bahodirxoni soniy – Feruz (1844-1910yy). Katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabbusi bilan 1884 yili o‘z saroyida maktab ochilib, bu maktabda rus o‘qituvchisi va Mirzo, Rahmonquli qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim beri shishi bilan Shug‘ullandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |