Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Hindistonda ta’lim tizimlari



Download 3,02 Mb.
bet303/310
Sana08.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#168323
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   310
Bog'liq
педагогика дарслик 2020

31.9. Hindistonda ta’lim tizimlari

Hindistonda maktabda 1-8 sinfgacha – boshlang’ich, 8-10-sinfgacha yuqori sinflar va 11-12-sinfgacha bitiruvchi sinflar tahsil oladilar. Yuqori sinflar o’tilgan darslar yuzasidan bir oyda bir marta imtihon topshiradilar. 10-12-sinf o’quvchilari o’quv yili oxirida davlat imtihoni topshiradilar. 1-sinfdan 8-sinfgacha urdu, ingliz va frantsuz, 9-dan 10-sinfgacha urdu va ingliz tillari, 11-, 12-sinflarda esa faqat ingliz tili o’qitiladi. Bu erda davlat tili ham ingliz tilidir. Shu sabab bu til mahalliy tillardan chuqurroq o’qitiladi. Maktabda 35 ta sinf bo’lib, har bir sinfda 35-40 nafar o’quvchi tahsil oladi. Darslar ertalab soat 7:00 dan kech soat 16:00 gacha davom etadi. O’quvchilar maktabda har kuni Shifokorlar tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Maktab Shaxsiy, unda o’qish pulli. Ota-onalar farzandlarining tahsil olishlari uchun oyiga 3000 rupiydan pul to’lashadi. Ahamiyatlisi, ma’muriyat kam ta’minlangan oilalar farzandlarining ham Shu maktabda o’qishi uchun imkoniyat yaratib bergan. O’quvchilarning yigirma foizini kam ta’minlangan oilalarning o’g’il-qizlari tashkil etadi. Ular maktab hisobidan o’qitiladi. O’quvchilar maktabda 10-sinfgacha umumta’lim fanlarini o’qishadi. 11- 12-sinflarda esa ma’lum bir yo’nalish asosida o’zlari xohlagan mutaxassislik bo’yicha tehsil oladilar. Maktablarda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo’nalishlar asosida saboq beriladi.

Bitiruvchilarning aksariyati kollej va universitetlarda ma’lum bir soha bo’yicha o’qib, bakalavr darajasiga ega bo’ladilar. Mamlakatda kadrlarning asosiy qismini bakalavrlar tashkil etadi. Agar talaba bakalavriatda uch yil o’qigan bo’lsa, Ph.Dga kirish uchun magistraturada o’qishi Shart, biroq, bakalavriatda 4 yil o’qigan bo’lsa, Ph.Dda magistraturani chetlab o’qishi mumkin.

Tizim sifatli darslik, kitob va o’quv qo’llanmalar bilan etarli darajada ta’minlangan. Darslik kitoblar yaratish uchun eng yaxshi olimlar guruhi tuzilgan bo’lib, ular faqat mana Shu ish bilan mashg’ul bo’ladilar. Bu erda bir o’quv yili 220 kun qilib belgilangan. Bir kunda o’quvchilarga besh soat dars o’tiladi. Bir akademik yilda 1000 soat dars va 200 soat mustaqil o’qish mo’ljallangan, bir akademik soat esa 45 minutlik belgilangan. Bir o’quv yilida 5-6 ta fan o’qitiladi. Masalan, 7-sinfda matematika, sotsial (tarix, geografiya, gumanitar), fizika, informatsion texnologiyalar, kimyo, til kabi fanlar o’qitiladi. Bulardan beshtasi majburiy, qolganlarini esa o’quvchi xohishi bo’yicha tanlaydi.

Dehlida “Dehli Education Akr” – “Dehli ta’lim qonuni” mavjud. Shahardagi ta’lim muassasalari ana Shu qonun asosida faoliyat yurgizadi. Mamlakat bo’yicha esa “Central Board of” – “o’rta ta’lim markaziy qo’mitasi” chiqargan yagona qonun amalda qo’llaniladi. Javoharla’l neru nomidagi universitet 1969 yil Dehlida tashkil etilgan. U erda 3ta fakultet va to’rtta ixtisoslashgan markaz bor. Bu fakultetlarda 5000 nafar talaba ta’lim olmoqda. Xorojiy davlatlardan kelib taxsil olayotgan talabalar soni o’n foizni tashkil etadi. Universitetda masofaviy ta’lim yaxshi yo’lga qo’yilgan. Talabalar gumanitar yo’nalishlarda uch yil, tabiiy va muhandislik yo’nalishlarida esa to’rt yil tahsil oladilar. Aspirantura ikki yil, ilmiy daraja magistr va Ph.D, ilmiy unvoni esa assistent-professor deb yuritiladi. Universitetga qabul yiliga ikki marta – iyun va dekabr oylarida amalga oshiriladi. O’qishga to’lov mahalliy aholi uchun yiliga o’rtacha 500 aqsh dollarini tashkil etadi. Tahsil olayotgan talabalarning 8 foizini 12-sinfni bitirgan yoshlar, qolgan 92 foizini esa maktabni bitirgach, bir-ikki yil turli jabhalarda mehnat qilgan yigit-qizlar tashkil etadi. Bu yerga o’qishga kirish uchun har bir yigit-qiz 10 yil umumiy ta’lim, ikki yil kasbga yo’naltirilgan maktabda o’qishi hamda uch yil kellejda o’qib, uni bitirgan bo’lishlari Shart qilib belgilangan. Kutubxonalar elektron kataloglashtirilgan. Bu bilan talabalarga xizmat ko’rsatish tezligi va samaradorligi oshishiga erishilgan. Hindiston va boshqa davlatlardagi 900 ta kutubxonalar o’zaro kompyuter tarmog’iga ulangan bo’lib, talabalar va professor o’qituvchilarhar qanday ilmiy jurnal yoki kitobni buyurtma berib, qisqa fursatda olishlari, Online usulida bog’lanib, masofadan o’qishlari mumkin. Ziyo maskani milliy kutubxonalar tarmog’iga a’zoligi boiz talaba va o’quvchilar dunyoning nufuzli boy kutubxonalari bilan bog’lanish, kitoblaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu xizmatlar ichida eng ahamiyatlisi Shundaki kutubxonadan ko’zi ojizlar uchun maxsus jihozlangan o’quv xonasi ajratilgan. Nogiron o’quvchilar bu erdagi ma’lumot va manbalar bilan maxsus eshitish apparatlari bilan tanishadilar.

Universitet zamonaviy o’qitish texnika vositalar bilan jixozlangan. 24 soat uzluksiz teleko’rsatuv va radio eshittirishlarini efirga uzatuvchi ikkita zamonaviy elevizion studiya va markaz bor. Shu bilan birga universitetning sun’iy yo’ldosh orqali ko’rsatuv va eshittirishlarini uzatish markazi, video va kompakt disklarni ko’paytirish hamda nusxa ko’paytirish markazi ham faoliyat yuritmoqda. Talabalar tomonidan tez-tez teleuchrashuvlar, teleshoular, qiziqarli ko’rsatuvlar o’tkazilib turiladi. Darslar, aksariyat mashg’ulotlar kompyuter texnikasi orqali amalga oshiriladi. Mamlakat ta’lim tizimida erishilayotgan bu xil yutuqlar tufayli ilm maskanlaridan ko’plab malakali va bilimli kadrlar etishib chiqayotir. Birgina kompter texnologiyasi sohasini olaylik. Xindiston har yili aqshga 15-18 mlrd. Dollar miqdoridagi kompyuter dasturini eksport qiladi.




Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish