Oliy ta’lim
Amerika Qo’Shma Shtatlarida oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: kichik mutaxassis, bakalavr, magistr, doktor. Oliy ta’limdagi bosqichlar o’z oldiga qo’ygan maqsadi va o’quv dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich garchi aqsh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsa-da, ularni vazifasiga ko’ra bizdagi maxsus o’rta o’quv yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu bosqich 2 yillik kollej Shaklida amalga oshirilib, bitiruvchilarining uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning III kursiga qabul qilinadilar. Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik kollejlarning 87 foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir.
Bunday kollejlarga o’rta maktabni tugatganlar o’z iqtidori, qiziqishi va maktabda olgan kasb yo’nalishiga ko’ra turli yo’nalishdagi ixtisoslik bo’limlariga qabul qilinadilar. Bu o’quv yurtlarida o’qish eng yuqori saviyada olib boriladi. Chunki bu toifadagi o’quv asosan dorilfununlar qoshida tashkil etilgan. Ikki yillik kollsjlar deyarli barcha Shtatlarda bo’lib, tayyorlangan mutaxassislar o’Sha Shtatlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondiradi. Bunday kollejlar asosan kam ta’minlangan, nochor oilalarning farzandlari uchun mo’ljallangandir. Shuningdek, bunday kollejlar yoshlar o’rtasida ishsizlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
I bosqich oliy ta’limni tugallagan talabalarga II bosqichdagi to’rt yillik kollej va universitetlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy o’quv dargohini bitirganlarga 1 darajali bakalavr unvoni beriladi. II bosqich oliy o’quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash uchun to’rt yil ishlab chiqarishga borib ishlaydilar. Chunki bunday kollejlarda talabalar uchun amaliy ko’nikma ko’zda tutilmagan. Bitiruvchilarning eng layoqatlilari aspirantura va doktoranturada o’qiydilar. III bosqich – magistr maktabi hisoblanib, unda o’qish muddati 1-2 yildan iborat. IV bosqich doktorantura bosqichidir. O’quvchilar unda 3-4 yil ta’lim oladilar.
Oliy ta’lim saviyasining yuqori bo’lishida o’quvchilarni tanlab olish «Iqtidorlilarni izlash» harakatining ahamiyati katta. Bolalarni saralash bilan nafaqat ta’lim boshqarmalari, balki katta-katta ishlab chiqarish korporatsiyalari ham Shug’ullanadilar. Ular iqtidorli bolalar, ularning ota-onalariga katta miqdorda mablag’ sarf qiladilar. Bu borada «Vestixauz» firmasining faoliyati jahonga ma’lum va mashhurdir. Mamlakatdagi «Nobel» mukofoti sovrindorlarining uchdan bir qismini aynan shu firma tanlagan iqtidorli kishilar tashkil etadi.
Ko’rinib turibdiki, oliy ta’lim zamini o’rta maktablarda tayyorlanadi. Shuning uchun ham aqsh maktablarida o’quvchilarning boshlang’ich ta’lim bosqichidayoq tabaqalashtirish keng rusumga kirgan.
AQSH ta’lim tizmmining oliy bosqichi to’g’risida gap ketar ekan, uning ikki an’anaviy yo’nalishi mavjudligini qayd etmoq kerak. Birinchisi, bu ta’limni individuallashtirish bo’lsa, ikkinchisi, talabalarning mustaqil ishlashlarini amalga oshirishdir. Ta’lim individualligining ma’nosi Shuki, bunda u yoki bu mavzun o’zlashtirishda qat’iy o’lchov yo’q. Masalan, talaba mavzuni o’z layoqatiga ko’ra boshqalardan tezroq o’zlashtirishi mumkinligi; berilgan mavzuni o’zlashtirmay turib keyingisiga o’tmaslik; talabaning kompyuter yordamida mustaqil ta’limiy dasturlarni tuza olishi; ma’ruzani to’liq axborot berish vositasi sifatida emas, balki ta’limga yo’naltiruvchi usul sifatida qo’llash; yozma ishlar ahamiyatini oshirish; bilimni tekshirishning ko’p tarmoqli uslublarini joriy etishdan iboratdir. Bunda o’qituvchi talabaning mavzularni o’zlashtirish sifatidan doimo xabardor bo’lib turadi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa Shuki, Amerika pedagogikasida ta’limning bosh maqsadi intellektni mashq qildirish, xulosalash, mantiqan fikrlash qobiliyatini o’stirishdan iboratdir. Mustaqil Shug’ullaniSh, esa, ta’lim olish erkinligini, xohishiga ko’ra uslub tanlashni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |