XXVI-BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA TURKISTON O’LKASIDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
26.1. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda maktablar tizimi
XIX asrning o‘rtalarida Turkistonda boshlang‘ich ma’lumot beradigan maktablar hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi.
Maktablarning aksariyati diniy ta’lim beruvchi maktablar edi. Bu maktablar arab tilida Qur’oni o‘qishni o‘rgatish va har bir musulmon uchun zarur bo‘lgan vazifalarni o‘rgatar edi.
Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari umumiy ta’lim elementlari - ezish va hisoblash o‘rgatilar edi, mashhur Shoirlarning She’r va g‘azallari ham o‘qitilar edi. Bunday maktab o‘quvchilar badavlat oilalar farzandlari bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab savdo-sotiq, hunarmandchilik bilan Shug‘ullanar edilar, ba’zilari qo‘Shimcha ta’lim olib xattotlik bilan Shug‘ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo‘lgan madrasalarda o‘rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilgan. Madrasani tomonlaganlar imomlik qilish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lganlar. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors tojik tillarida olib borilar edi.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin maktab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablarida bosmaxonada chop etilgan darsliklar paydo bo‘ldi. Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablari ishiga aralashmas edilar.
1917 yil to‘ntarishidan so‘ng Markaziy Osiyoda 3 ta davlat (Buxoro amirligi, Xiva, Qo‘qon xonligi) o‘rnida yangi yo‘nalishdagi mafkuraga asoslangan respublikalar (Turkiston Muxtor Jumxuriyati, Buxoro xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi) tashkil topdi. Yangi sho‘ro Hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish, xalq maorifi tizimining yangi Shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Yagona sho‘ro "Mehnat maktabi" xalq maorifi uchun aosiy negiz qilib olindi. 1918 yil 20 yanvarda "cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘risida"gi dekretga asoslanib, mullalar va ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida dekret qabul qilindi. Mazkur dekretga muvofiq aholining barcha tabaqalari bolalari millati, dini va jinsidan qat’iy nazar maktabi tekin o‘qitilishi to‘g‘risida buyruq chiqarildi. Turkistonda 1918 yil may oyining boshida maktab tubdan qayta qurildi va e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |