Mavzu: O`zbekiston respublikasi san’at arbobi ortiqali qozoqovni xayoti va ijodi


Musavvirning o’ziga hos ijodiy yo’nalishi



Download 292,4 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi292,4 Kb.
#254354
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ORTIQALI QOZOQOV KURS ISHI

3. Musavvirning o’ziga hos ijodiy yo’nalishi

Musavvir ijodida natyurmort va peyzaj janri yetakchilik qiladi. Avangard uslubi ham keng o`rin olgan.

Rassom asarlarida oy, anor, naqsh va taqinchoq timsollari ko`p uchraydi.

— Milliy uslub va ramzdagi asarlarimizni boshqa millat musavvirlari ijod mahsulidan oson farqlash mumkin, — deydi rassom. — Chunki bizning o`zimizga xos milliy ramz­larimiz bor: olma — muhabbat, anor — oila, baliq — halollik timsoli. Masalan, Xitoy rassomi muhabbatni ifodalashda asosan, gullardan, daraxt barglaridan foydalanadi. Bizning milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, ramzlarimiz kecha paydo bo`lgan yo shakllangan emas. Ishonch bilan aytish mumkinki, o`zbek rassomlari qadimiy milliy qadriyatlar bulog`idan suv ichgan. Ularning asarlarida milliy timsol va ramzlar nafasi ufurib turadi.

 

Ortiqali Qozoqov ijodida ayol obrazi ustuvor. Bu bejiz emas. Chunki ayol go`zallik, nafosat, ibo, dunyoning bardavomligi timsoli. Ijodkorning “Sharq kelinchagi”, “Oy oldida uchrashuv” “Hayotning boshlanishi”, “Opa-singillar” kabi asarlari ana shular jumlasidandir. Musavvirning o`zbek kelinchagi tasvirlangan asarini kuzatib, milliy bezaklar, qosh-ko`zlarni nim yopib turgan tillaqoshi, milliy liboslardan beixtiyor zavq tuyasiz. Asarda ranglar jilosi bayramona kayfiyatni ifodalagan bo`lsa, kelinchakning yerga qadalgan nigohlarida millatimizga xos ibo, or-nomus yorqin aks etgan. Uning barmoqlari orasidagi oq atirgul pokiza orzu-niyatlar timsolidir. Musavvir shu gul vositasida yangi hayot ostonasida kelinchakka ezgu tilaklar bildirayotgandek go`yo.



 “Hayotning boshlanishi” asarida qiz boshida turli buyum va holatlar tasvirlangan. Bu inson hayot yo`li ravon emasligi, to`siqlarni faqat qat’iyat, aql, ishonch va tafakkur bilan yengish mumkinligini anglatadi. Qizning gavdasi tik, yuzi yorqin, nigohlari teran.

“Kelajak bilan suhbat” asarini musavvirning o`zi shunday izohlaydi: “Bundan bir necha yil avval yurtimiz bo`ylab qilgan safarimda, tong payti chayladan uyqusirab chiqqan bola yig`lab onasini qidira boshladi, oradan ko`p o`tmay yosh bola birdan jim bo`lib purviqor tog`larga termulib qoldi. Uni jim kuzatar ekanman, bolaning uzoqlarga tikilgan, xayolga cho`mgan nigohlarida uning yorqin kelajagini yaqqol tasavvur qildim.

Mana, bugun shunday kunlarga yetib keldik. Yurtimizda yoshlarning jismonan va ma’nan sog`lom bo`lib ulg`ayishlari uchun barcha shart-sharoit mavjud. Xususan, bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” markazlari, maktablarda darsdan tashqari rang­tasvir yo`nalishida to`garaklar muntazam ishlab turibdi. Natijada, yoshlarimiz san’at yo`nalishida yurtimiz va xal­qaro ko`rik-tanlovlarda munosib qatnashib kelmoqda. Ularning ijodini kuzatib, yangi g`oya va yo`nalishlarni ilg`aysiz, xuddi ulardek qayta yosh bo`lib qolgingiz keladi”.

Qo`lida nayza va qalqon tutgan yigit. Tor chalayot­gan ayol. Yigit ko`zlari yerga qadalgan. Ayol oldida tiz cho`kkan. Vatan himoyasiga otlangan. Nayza va qalqonni mahkam tutgan qo`llarda mardlik, jasorat namoyon. Ayolning yerga qadalgan nigohlarida o`zbekona ibo-hayo mujassam. U tor chalib, yorini yangi zafarlarga undamoqda. Tepadagi oy — ayolning qalb tug`yoni, orzu, umid va ishonch timsoli…Bu — O`zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ortiqali Qozoqovning “Vatan haqida qo`shiq” asaridan olingan ilk taassurot. Rassom asarlarida milliy kolorit ustuvorligi yaqqol sezilib turadi.

— O`zbek rassomlarining ham boyligi, ham omadi ularning O`zbekistonda tug`ilganida, — deydi taniqli mo`yqalam ustasi Ortiqali Qozoqov. — Negaki, o`lkamiz turfa ranglar, betakror manzaralarga boy. To`rt fasl ham tugal davom etadi. Bunday go`zallik har qanday odamni qo`lga mo`yqalam olishga undaydi. Shuning uchun ham xorijlik ijodkorlar bizga havas bilan qarashadi. Chet el safarlarida bo`lganimda ham darrov tabiat qo`yniga otlanaman. Bir gal Angliyada endi berilib surat chizayotganimda quyosh birdan yo`qolib qoldi. Chunki Ang­liyada quyosh faqat uch soatgina nur sochar ekan. Shu sababdan ham o`arb tasviriy san’atida qora va kulrang bo`yoqlar ko`p uchraydi. Bizda esa, ranglar turfa va xilma-xil bo`lib, har biri o`ziga xos falsafiy ma’no tashiydi. Go`zal tabiatimiz,bugungi obod­lik, yurtimiz jamoli — biz rassomlar uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai. Bunaqa ijod zavqini hech joydan topa olmayman.

Musavvirning tabiat va ijod haqidagi yoniq so`zlarini eshitib, asarlariga razm solaman: Samarqand, Xorazm obidalari… Ular ko`rinishida garchi ko`p jihatdan uyg`unlik bo`lsa-da biroq bo`yoqlari o`ziga xos va betakror. Hatto o`sha hududning iqlimi ham yaqqol namoyon bo`ladi.

Rassom ijodida turkumlar asosiy o`rin tutadi: bir mavzuda olti-yettitagacha asar chizilgan. Ona ruhiyatiga bag`ishlangan “Beg`ubor onalik”, “O`zbek madonnasi”, ixtirolar ifodasi bo`lgan “Tabiat va ixtiro”, “Ikki ixtiro”, “Tegirmon”, “Hayot chig`irig`i”, portret janrida “Paxtakor Manzura”, “Sohibjamol momo”, gullar tasvirlangan “Nastarin”, “Orxideya”, “Lola qizg`aldoqlar”, natyurmort janridagi “Kuz ne’matlari”, “Tabiat manzaralari”, “Qamchiq dovoni”, tarixiy shaxslar tasvirlangan “Cho`lpon”, “Gavharshodbegim”, “Bibixonim”, ishq va muhabbatni tarannum etgan “Ishq sening asiringman”, “Qadamingga gullar ochilsin”, tabiat bilan bog`liq falsafiy “Sulola”, “Munojot”, “Sharq kelinchagi”, “Xayol” va “Vaqt” kabi takrorlanmas kompozitsiyalar ana shular jumlasidandir.

Musavvirning so`nggi yillardagi asarlarida bunyodkorlik, har jabhada xalqimiz erishayotgan yutuq va marralar tasviri ustuvor. Turkum asarlarda milliy sportimiz — o`zbek kurashi bor bo`y-basti bilan aks etgan. Ularni kuzatib, koreyalik san’at ixlosmandi Kvon Sang “Ortiqali Qozoqovning asarlarini tomosha qilib, O`zbekiston go`zalligining barcha qirralarini ko`rish, boy tarixi, an’ana va madaniyatini o`rganish mumkin”, deb bejiz e’tirof etmaganiga yana bir bor amin bo`lasiz. Chinakam iqtidor, samimiy tuyg`ular sohibi Ortiqali Qozoqov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida yoshlarga saboq beradi. “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida tasviriy san’at targ`ibotiga qaratilgan “Mo`yqalam mo`’jizalari” ko`rsatuviga mualliflik qiladi. O`zMTDP Toshkent shahar kengashi a’zosi. Darvoqe, musavvir ijodi tom ma’noda O`zMTDP dasturiy maqsad-g`oyalariga uyg`un va hamohang.

Musavvir shaxsiy ko`rgazmasi nafaqat yurtimiz, balki qator xorijiy mamlakatlar — ko`rgazmalaridan o`rin olgan. Uning asarlari Kazerta (2014 yil), Bornmut (2012 yil), Inchon (2012 yil), Saloniki (2013 yil) kabi shaharlarda ham keng namoyish qilingan. Rassom yaratgan asarlar xorijiy davlatlar muzeylari, badiiy galereya va xususiy to`plamlardan o`rin olgan. “O`zbektelefilьm” rassom ijodiga bag`ishlab hujjatli telefilьm tayyorlagan, yurtimiz va xorijda asarlaridan iborat kataloglar chop etilgan

 

XULOSA



  X1X asr ikkinchi yarmidan boshlab bu yerda toshbosma uslubida kitoblar nashr etilishi asta grafika san’atida asarlar paydo bo`lishiga olib keldi Shu davr kitoblari uchun ishlangan rasm va grafik kompozitsiyalar shu jonlanish natijasi edi. Shuningdek xiva xonlaridan Feruz ham tasviriy san’at bilan shug`ullanganligi haqida maьlumotlar bor.

         Xiva xonligi mahobatli rassomlik ko`prok koshin san’ati bilan bajarilgan. Bu davrda ham xalq san’ati, amaliy bezak san’ati yuqori bo`lgan. Shulardan Xiva yog`och o`ymakorlik maktabi bilan mashhur bo`lgan. Bu san’at o`zining nihoyatda jimjimadorligi va o`ynoqiligi , naqsh chiziqlarining mo`lligi va zamin kamligi bilan ajralib turadi.Ayni shu xususiyatlar Xiva mahobatli bezak san’atining  o`ziga xosligini belgilaydi. Bu xususiyatlar xivalik mashhur usta Ota Polvonov ijodida o`z ifodasini topgan. Bu yerning  yog`och o`ymakorlarining dongi uzoqlarda ham mashhur bo`lgan.  Xorazm kulolchiligi ham  o`z xususiyatiga ega bo`lgan.Kulolchilik va  ayniqa sopol koshinlar xorazm madaniyatining muhim yutugi bo`lib uning ustalari keyingi o`zbek mahobatli koshinkorlik san’ati rivojida muhim ahamiyat kashf etgan. O`z vaqtida Amir Temur xorazmlik ustalarning ishlaridan mahliyo bo`lib ularning jahonning markaziga aylantirishga orzu qilgan shahri samarqandga keltirgan edi. Ayni xorazimlik ustalar nozik samarqand koshinkorligi rivojiga taьsir etib chin manodagi aristokratik san’at shakllnishida rol o`ynagan edilar. Shu saьat Xiva xonligi davrida  yana rivojlandi. Bu davrdan boshlab qurila boshlagan meьmoriy obidalar  bezagini belgilovchi omilga aylandi.

        Shu xonlik kulolchiligi xalqning istemoli uchun zarur idish tovoqlarni ishlash bilan birga  bevosita bezak vazifasini o`taydigan ko`zni quvontiradigan asarlar yaratishga muyassar bo`ldilar. Ustalari Usta  Bolta Matrizayev, Bolta Voisov  va boshqa kulollarning saqlanib qolgan asar va nomlari shundan dalolat beradi.

 


Download 292,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish