Mavzu: O’zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati
Reja:
Kirish
1. Pul kredit siyosati, mohiyati va mazmuni.
2. O'zbekistonda pul kredit siyosati shakillari.
3. O’zbekistonda olib borilayotkan pul kredit siyosati tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Pul-kredit siyosatining asosiy yoʼnalishlarida 2022 yil va 2023-2024 yillarda pul-kredit siyosati sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar oʼzgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan koʼriladigan choralar, pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar va takomillashtirish istiqbollari aks ettirilgan.
Mazkur hujjatni ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliya- viy barqarorlikni taʼminlash, inflyatsiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasay- tirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Tashqi va ichki sharoitlarning kelgusidagi oʼzgarishi boʼyicha hali ham yuqori noaniqliklar saqlanib qolayotganligini inobatga olib, oʼrta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni ishlab chiqishda ikki xil stsenariy asosidagi rivojlanish kutilma- lariga tayanildi.
Bunda tashqi va ichki omillarning makroiqtisodiy koʼrsatkichlarga taʼsir koʼlami va davomiyligini inobatga olib, oʼrta muddatli makroiqtisodiy rivojlanishning asosiy va muqobil stsenariylari ishlab chiqildi.
Jahonda vaktsinatsiyalash jarayonining borishi rivojlangan davlatlar boʼyicha iqtisodiy oʼsish surʼatlarining tezroq tiklani- shi, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan sustroq tiklanishini belgilovchi asosiy omillardan boʼlayotgan sharoitda stsenariylar shartlarini belgilashda pande- miya bilan bogʼliq vaziyat muhim omil sifatida qaraldi.
Shuningdek, bu yilgi hisob- kitoblarda iqlim oʼzgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik koʼrsatkichlari, amalga oshiri- lishi koʼzda tutilayotgan islohot- lar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.
Makroiqtisodiy rivojla- nishning asosiy stsenariysida tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlarning bosqichma-bosqich yaxshilanib borishi kutilayotgan boʼlib, keskin tashqi xatarlar yuzaga kelishi koʼzda tutilmaydi.
Pandemiya bilan bogʼliq vaziyat normallashib, inson resurslari migratsiyasi va transchegaraviy harakatlar boʼyicha cheklovlar joriy etilmaydi.
Mazkur stsenariyga koʼra, iqtisodiy faollik yuqori surʼatlarda jadallashib borib, investitsion va isteʼmol talabi pandemiyagacha boʼlgan darajaga toʼliq tiklanadi. Аsosiy stsena- riy doirasida iqtisodiy oʼsishni qoʼllab-quvvatlashning muhim drayveri sifatida xususiy ichki va tashqi investitsiyalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan tarkibiy islo- hotlar qaralmoqda.
Makroiqtisodiy rivojla- nishning muqobil stsenariysida jahonda pandemiya bilan bogʼliq vaziyatning keskinligicha qolishi sababli tashqi sharoitlarning noqulay shakllanishi, xalqaro moliya bozorlarida vaziyatning taranglashishi va asosiy savdo hamkorlarda iqtisodiy faollik- ning pasayishi kabi ehtimollar asos qilib olingan.
Ushbu stsenariy shartlari yuz bergan holatda tashqi talab darajasi 2022 yilda pasayib, ichki isteʼmol va investitsion xarajatlar surʼatlarida biroz sekinlashish kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |