4. Soliqdan olinadigan daromadlarning asosiy manbalari-bu yangidan yaratilgan qiymat va uning dastlabki qayta taqsimlanishi natijasida olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va boshqalar), shuningdek, jamg’armalardir. Soliqqa kirmaydigan, ya’ni nosoliq daromadlarning ko’pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina daromadlari ko’rinishlari ega bo’lmaydi. Budjetning nosoliq daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko’p hollarda ular odatda ilgarigi yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Nosoliq daromadlari soliq daromadlari kabi O’zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |