2. Miqdoriy jihatdan davlat budjetining daromadlari yaratilgan YAIM da davlatni ulushini ko’rsatadi. Ularning absolut hajmi va salmog’i mamlakatning YAIM ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq ravishda davlat budjetida mablaglarni konsentratsiya qilish miqdori va ularni undirishning shakl metodlari aniqlanadi. 3. Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkichilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi 3 guruhga bo’linadi; 1- soliqli daromadlar; 2- nosoliqli daromadlar; 3- tiklanmaydigan pul mablaglari.
Do'stlaringiz bilan baham: |