1-reja; O’zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy resurslari (Budjet daromadlari) va ularning tuzilmasi. 1. Davlat budjetining daromadlari mamlakat YAIM ni taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biridir. Ular huquqiy va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan daromad va jamg’malarning bir qismini budjetga o’tkazilishi natijasida vujudga keladi. Bunday daromadlarning moddiy buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lishi shakli budjetga borib tushivchi turli soliqlar, to’lovlar, yigimlar, bojlar va ajratmalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |