4-1-modda. O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga oid normativ hujjatlar
O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni "O‘zstandart" agentligi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, O‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga oid, "O‘zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |