Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunining tahlili. Reja


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti



Download 34,16 Kb.
bet25/25
Sana21.01.2022
Hajmi34,16 Kb.
#397979
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
amaliy 1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

I. Karimov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi, 1994 yil, N 2, 48-modda

Metrologiya to'g'risda”gi qonun izohi quyidagicha

O‘zbekiston Respublikasi O‘lchashlar birliligini ta’minlash tizi-mining huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining metrologiyasohasidagi qonunlari va hujjatlaridan iborat.1993-yil 28-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining 1004-XII-sonli «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuni (keyinchalik — Qonun) qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonda o‘lchashlar birliligini ta’minlash tizimi (O‘z O‘BTT)ning qonuniy asosi yaratildi. Qonun 5 ta bo‘lim, 21 ta moddadan iborat bo‘lib, qonunning bo‘limlari quyidagicha nomlanadi:

I bo‘lim. Umumiy qoidalar;

II bo‘lim. O‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash;

II bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari;

IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati;

V bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash.

Qonunning I bo‘limi 1—4-moddalar va 4-moddaga qo‘shimcha moddadan tashkil topgan bo‘lib, u asosiy tushunchalar; metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitimlar; metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish; o ‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid me’yoriy hujjatlarga bag‘ishlangan.

Qonunning II bo‘limi 5—8-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, bu moddalar fizik o‘lcham birliklari; fizik o‘lchamlar birliklarining etalonlari; o‘lchov vositalari, o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlariga bag‘ishlangan.

Qonunning III bo‘limi 9—11-moddalardan tashkil topgan va unda O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi; davlat metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga tegishli ma’lumotlar keltirilgan.

Qonunning IV bo‘limi 12—19-moddalar va 18-moddaga qo‘shimcha moddadan tashkil topgan bo‘lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohalar; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari; o ‘lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o ‘lchov vositalarini tekshiruvdan o ‘tkazish, o ‘lchov vositalarini kalibrlash;

O‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasibilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish; metrologiya me’yorlari va qoidalarinibuzganlik uchun javobgarliklar keltirilgan. Qonunning V bo‘limi 20—21-moddalardan iborat va unda metrologiya ishlarini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash tartiblari keltirilgan. Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat Boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, fizik kattaliklarning Birliklari, ularni qayta tiklash va qo‘llash, O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmatlari, davlat metrologik tekshiruv va nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish belgilangan. O‘lchashlar birliligi o‘lchash holati sifatida belgilangan. Bunda o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va o‘lchashlarning xatoliklari belgilangan ehtimollik bilan berilgan. Qonunga muvofiq metrologiya faoliyati davlat boshqaruvini metrologiya bo‘yicha milliy idora — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim Qarorlariga o ‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 410-sonli, 1996-yil 9-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalon bazasini shakllantirish va metrologik ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 53-sonli qarorlariga muvofiq metrologik faoliyatning ba’zi sohalari aniqlangan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida «O‘zstandart» agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va Huquqlari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.

“O‘zstandart” agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi. Davlat metrologiya xizmati organlari davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi. Yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi:



  • etalonlar;

  • o‘lchov vositalari;

  • sinov vositalari;

  • moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;

  • axborot-o‘lchov tizimlari;

  • o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari;

  • metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:

  • sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;

  • savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish;

  • zaharli, yengil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;

  • davlat mudofaasini ta’minlash;

  • mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;

  • sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;

  • geodezik va gidrometeorologik ishlar;

  • o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;

  • foydali qazilmalarni qazib olish;

  • milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.

  • O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.

  • Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

  • o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;

  • o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish;

  • o‘lchov vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;

  • o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini, sinov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish.

  • o‘lchovlarning, sinovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash.

  • Davlat metrologiya nazorati:

  • o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);

  • o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;

  • belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.

Zarur hollarda “O‘zstandart” agentligi qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.

Ushbu Qonunda ko‘rsatilgan doiralarda foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.

O‘lchov vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, turini tasdiqlash va Davlat reyestriga kiritishni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi.

Tasdiqlangan o‘lchov vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi Davlat reyestri belgisini qo‘yishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish huquqi berilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Ushbu Qonunda ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.

O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga, akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga) berilishi mumkin.

Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‘lchov vositalarini kalibrlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchov vositalarini kalibrlash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunda nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini o‘tkazish, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, sinash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunda nazarda tutilgan sohada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarining, sinov vositalarining, o‘lchovlar bajarilishi uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazishni, kalibrlashni, sinashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyatining inspeksiya nazorati belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga



Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Download 34,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish