Reja: - 1. Moliya vazirligining O‘zbekistonning davlat qarzi bo‘yicha ma’lumoti;
- 2. “Davlat tashqi qarzi: qarz mablag‘larini sarflash yo‘nalishi va loyihalarning samaradorligi” mavzusida ochiq muloqot
Timur Aminjanovich Ishmetov
1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan. 1 iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi jami 24,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 38,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, birinchi yarim yillikda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 1 mlrd dollardan oshgan. Davlat tashqi qarzi qoldig‘i yilning birinchi choragiga nisbatan 800 mln dollarga ko‘payib, 21,8 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 34,7 foiz) tashkil etgan. Shundan hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 15,4 mlrd dollar, davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i — 6,4 mlrd dollarga teng.
Davlat qarzining xavfsiz darajasi (YaIMga nisbatab 60%)
Davlat ichki qarzi qoldig‘i ham birinchi chorakka nisbatan 200 mln dollarga oshganligi kuzatilib, 2,4 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 3,8 foiz) tashkil etgan. Shundan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarz qoldig‘i — 3,17 trln so‘m hamda davlat kafolati ostida jalb qilingan va davlat byudjetidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i — 2,1 mlrd dollarga teng. - Davlat ichki qarzi qoldig‘i ham birinchi chorakka nisbatan 200 mln dollarga oshganligi kuzatilib, 2,4 mlrd dollarni (YaIMga nisbatan 3,8 foiz) tashkil etgan. Shundan davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha qarz qoldig‘i — 3,17 trln so‘m hamda davlat kafolati ostida jalb qilingan va davlat byudjetidan qaytariladigan ichki qarz qoldig‘i — 2,1 mlrd dollarga teng.
- Vazirlik birinchi yarim yillikda davlat qarzi qoldig‘i 858,6 mln dollarga oshishini «O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar» bilan izohlagan.
Natijada:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 363,4 mln dollarga oshdi;
Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 319,1 mln dollarga oshdi;
Davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat byudjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i 250,8 mln dollarga oshdi;
O‘zbekiston Respublikasi nomidan 2 240,9 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilinishi hamda 3 020,0 mlrd so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 779,1 mlrd so‘mga kamaydi;
Davlat tashqi qarzi portfeli tarkibida 11,7 foizni tashkil qiluvchi valyuta — Yaponiya iyenasi 2021 yilning yanvar-iyun oylarida AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |