Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyotining Rossiyada va Yevropada o‘rganilish tarixi



Download 23,23 Kb.
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi23,23 Kb.
#936056
  1   2   3   4   5
Bog'liq
asddsa


MAVZU:O‘zbek mumtoz adabiyotining Rossiyada va Yevropada o‘rganilish tarixi.
Xorijda oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganish boshlanganiga ancha boʻldi. Xususan, Alisher Navoiy va uning ijodi Gʻarb olimlari diqqat markaziga tushganidan beri bir necha asr oʻtdi. Afsuski, XX asrda shoʻro tuzumi siyosati oqibatida maʼnaviy va ilmiy aloqalar uzilib qolgani bois xorijdagi oʻzbek adabiyoti tadqiqotchilarining izlanishlaridan, koʻp jihatdan, bexabar va bebahra qoldik. Endilikda Gʻarb olimlari va ular yaratgan ilmiy asarlar bilan tanishish imkoni kengayib bormoqda. Quyida, asosan, Alisher Navoiy ijodi boʻyicha shugʻullangan ayrim zamondosh gʻarblik tadqiqotchilar va ularning ishlari bilan tanishtirmoqchimiz.
Mumtoz adabiyotimiz tadqiqotchilarining keyingi yuz yildagi taniqli vakillari sifatida kanadalik Mariya Sabtelni va Elizar Birnbaum, germaniyalik Ingeborg Baldauf va Zigrid Klaynmihel, Vengriyadan Benedek Peri va Ferench Chirkes, fransiyalik Mark Toutant, turkiyalik Fuod Koʻprulzoda, Zaki Validi Toʻgʻon, Kamol Eraslan, Osman Sertkaya, Tanju Seyhan, ozarboyjonlik Hamid Orasli, Jannat Nagʻiyeva singari olimlarni koʻrsatish mumkin.
Ulardan ayrimlarining ilmiy faoliyati toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot beramiz.
Zigrid KlaynmiHel. Germaniya sharqshunosligida Oʻrta Osiyoni oʻrganish XIX asr avvallaridan boshlangan. Bundan roppa-rosa 200 yil muqaddam – 1818 yili nemis olimi Xammer Purgshtall “Navoiyga oid bitiklar” asarini yaratib, unda Alisher Navoiyning nasl-nasabi, ijodi, davlat arbobi sifatidagi faoliyati va bunyodkorlik ishlariga toʻxtaladi. Islomshunos olim Martin Hartmann (1851–1918) XX asr boshida Turkistonga kelib ketgan. Bu yerda toshbosma kitoblar nashri va tarqalishi haqida oʻz kuzatishlari asosida yozgan tadqiqotini 1904 yili Berlinda chop ettirgan.
Umuman, germaniyalik olimlar turkiy tillar tarixi va grammatikasini oʻrganishga koʻproq eʼtibor qaratishgan. Adabiyotshunoslik sohasida esa, professor Ingeborg Baldaufni eslashning oʻzi kifoya. Berlindagi Humboldt universiteti qoshidagi Oʻrta Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari sifatida salkam oʻttiz yildan beri ishlab kelayotgan I. Baldauf nomi oʻzbek jadid adabiyotini oʻrganish bilan chambarchas bogʻliq.
Doktor Zigrid Klaynmihel yarim asrdan beri oʻzbek adabiyoti bilan shugʻullanib kelmoqda. Oʻzbek tilida juda ravon soʻzlasha olishidan tashqari, eski oʻzbek tilidagi qoʻlyozmalar ustida ham ishlaydi. U Oʻzbekistondagi kitobxonlik masalalariga qiziqadi. Keyingi bir yarim asr davomida Fargʻona vodiysi va Xorazmdagi oʻzbek ayollari marosimlarida oʻqilgan qoʻlyozma asarlar tahliliga bagʻishlangan kitobi nashr qilingan.
Hozirgi paytda u oʻzbek adabiyotini tadqiq etayotgan faol olimlardan biri. Bu yoʻnalishdagi ilmiy faoliyatini 1901–1934 yillardagi oʻzbek adabiyotini oʻrganishdan boshlagan va shu davr soʻz sanʼatimizga oid kitobini nemis tilida chop ettirgan. 1990–2000 yillarda Z. Klaynmihel Alisher Navoiy ijodi boʻyicha maqolalar yozdi. Jumladan, “Alisher Navoiy va Ahmad Posho” nomli bir yuz oʻttiz besh sahifadan iborat tadqiqotini eʼlon qilgan. Bundan tashqari, Uning “Alisher Navoiy va usmonli shoirlari” nomli maqolasi ham chop etilgan. Bu maqolalarda Alisher Navoiy ijodining usmonli turk adabiyotiga taʼsiri, Navoiy asarlarining soʻnggi besh yuz yil mobaynida usmonli turk tiliga qilingan tarjimalari haqida soʻz yuritiladi. Olima oʻzbek adabiyotiga doir tadqiqotlarini davom ettiryapti.

Download 23,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish