Mavzu: O‘zbek mumtoz adabiyotining Rossiyada va Yevropada o‘rganilish tarixi



Download 23,23 Kb.
bet2/5
Sana06.05.2023
Hajmi23,23 Kb.
#936056
1   2   3   4   5
Bog'liq
asddsa

Tanju Seyhan. Oʻz tadqiqotlarini Alisher Navoiy ijodini oʻrganishga bagʻishlagan olima, professor Tanju Seyhan turkiy tillar, xususan, eski oʻzbek tili tarixi boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. 1991 yili “Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarining chigʻatoycha tarjimasi” mavzusida doktorlik ishini yoqlagan. Shu ishi doirasida mazkur asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorladi. Boburning “Mubayyin” asari yigʻma matnini tayyorlab, soʻzboshi bilan 2004 yili Turkiyada nashr ettirdi. 2013 yili esa unga “Poshshoxojaning “Miftoh ul-adl” asari” nomli tadqiqoti uchun professorlik unvoni berilgan. “Oʻrta Osiyo turkiy tili manbalari”, “Turkiyadagi Bobur haqidagi tadqiqotlar”, “Alisher Navoiy va uning “Hayrat ul-abror” asari” singari mavzularda maʼruzalar oʻqiydi.
Olima 2015 yili Istanbulda Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari matni boʻyicha ikki jildli kitob chiqargan. Birinchi jildda ushbu dostonning qiyosiy matni berilgan. Ikkinchi jildda esa dostonda qoʻllanilgan barcha soʻzlarga izohli lugʻat taqdim etilgan. Har bir jild 800 sahifadan iborat. Bundan tashqari, Tanju Seyhan 2005 yilda Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari matnini, 2010 yilda esa Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”idan ayrim qismlarni Istanbulda nashr ettirgan.
Tanju Seyhan Poshshoxojaning “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” va “Maqsad ul-atvor” asarlarining eski oʻzbek va oʻgʻuz turkchasidagi qoʻlyozma nusxalarini, eski oʻzbek tilidagi “Meʼrojnoma”lar hamda Navoiyning “Oqqoʻyunli muxlislar devoni”dagi sheʼrlari tilini qiyosiy tadqiq etmoqda. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, olima turkiy, xususan, eski oʻzbek tili boʻyicha tadqiqotlarini qoʻlyozmalardagi matnlar asosida olib boradi. Ayni paytda, ana shu matnlarni nashrga tayyorlab, chop ettiradi.
Benedek Peri. Venger turkiyshunosligi uzoq tarixga ega. Oʻz vaqtida Yanosh Ekman (1905–1971) eski oʻzbek tili hamda oʻzbek mumtoz adabiyoti, jumladan, Gadoiy va Navoiy ijodi haqida maqolalar eʼlon qilgan edi. AQSHda yashagan mojor turkiyshunoslik maktabi vakili boʻlgan Andras Bodrogligeti (1925–2017) esa Ahmad Yassaviyga oid tadqiqotlar yaratdi. Yangi davr mojor tadqiqotchilaridan doktor Ferench Chirkes “Gul va Navroʻz” dostoni ustida izlanish olib borgan. U Sodiq Kitobdorning eski oʻzbek tilidagi “Majma ul-xavos” tazkirasini tadqiq qilmoqda. Shu bilan birga, Benedek Peri bilan hamkorlikda Navoiyning forscha sheʼrlari majmuasi – “Devoni Foniy”ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlamoqda.

Professor Benedek Peri Budapesht shahrida yashaydi. Sharqshunoslik instituti direktori, ayni paytda Etosh Lorand universiteti turkiyshunoslik kafedrasi mudiri, shu universitetda ingliz, fors va turkiy tillarni oʻrgangan. Universitetni 1992 yili tamomlab, turkiy adabiy matnlar boʻyicha mutaxassis boʻlib yetishgan. Mazkur turkiyshunoslik kafedrasi Oʻrta Osiyo turkiy matnlarini oʻrganish boʻyicha boy anʼanaga ega. Kafedraga 1870 yili Arminius (Armin) Vamberi (1832–1913) asos solgan. Eski oʻzbek tilini oʻrganish anʼanasini keyinchalik taniqli venger olimi Yanosh Ekman davom ettirdi. U 1966 yili ingliz tilida “Chigʻatoy tili grammatikasi” kitobini yozdi. Andras Bodrogligeti esa Yanosh Ekman ishini davom ettirib, 2001 yili ikki jildli “Chigʻatoy tili grammatikasi”ni ingliz tilida chop qildi.


Venger turkiyshunosligi maktabiga mansub Benedek Peri talabalik davridan boshlab oʻzbek adabiyotini oʻrganishga qiziqqan. Shayboniy, Sakkokiy, Turdi, Uvaysiy, Izzat Sulton, Uygʻun, Zulfiya, Nazir Safarov, Said Ahmad kabi adabiyotimiz namoyandalari ijodi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan.
Olim ilmiy qiziqishlarining katta qismini oʻzbek mumtoz adabiyoti masalasiga oid izlanishlar egallaydi. U ushbu yoʻnalishda ishlab, bir qancha vaqt Hindistonda ilmiy safarda boʻlgan. Turkiy tilli adabiy manbalar, jumladan, Bobur va boburiylar eski oʻzbek tilida yaratgan asarlar va ularning qoʻlyozmalarini oʻrganish bilan shugʻullangan. Izlanishlari samarasi oʻlaroq eski oʻzbek tilini boburiylar saroyida, sulola oilalarida oʻzaro muloqot tili sifatida asrlar davomida saqlanib qolganini aniqlagan. Ayni paytda turkiy tilda sheʼr yozish anʼanasi boburiylar muhiti shoirlari ichida XIX asrda ham davom etganini oydinlashtirgan.
Soʻnggi yillari Benedek Peri koʻproq Alisher Navoiy ijodi bilan mashgʻul boʻldi va maqolalar eʼlon qildi. Masalan, Oʻzbekistonda uning usmonli turklar sultoni Salim Ining (1512–1520) fors tilidagi gʻazallari haqida inglizcha maqolasi chiqdi. Olimning kuzatishlari qiziqarli: Navoiydan keyin yashagan sulton Salim fors tilida devon tuzgan va gʻazallarida fors adabiyoti klassiklariga ergashgan.
Ayni paytda, Navoiyning “Devoni Foniy”dagi yigirmata gʻazali taʼsirida sheʼrlar yaratgan. Benedek Perining asosiy xulosasi muhim: sulton Salim va Navoiy forsiy devonlari sheʼrlaridagi oʻxshashlik shuni koʻrsatadiki, XVI asr boshidan Navoiy forsiy lirikasi fors mumtoz adabiyotining bir qismi deb tan olingan.
2017 yili olim Toshkentga Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bagʻishlangan anjumanga kelganida Navoiy haykali poyida maʼruza qilgan edi.
Bugungi kunda Benedek Peri “Boburnoma”ning mojor tiliga tarjimasi ustida ishlamoqda.

Download 23,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish