Adabiy tanqid ilmiy-estetik hodisa sifatida. O’zbek adabiy tanqidchiligi rang-barang, barakali, lekin murakkab, og’ir yo’lni bosib o’tdi, undagi ijobiy va salbiy hodisalarni tarixiylik talablari asosida haqqoniy tahlildan o’tkazish zarur. Endi har bir ishimizda milliy mafkura asos bo’lishi kerak. Chunki, “milliy mafkura, avvalombor o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimizning oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart”.
Hozirgi adabiy jarayonda, unda ro’y berayotgan xilma-xil o’zgarishlar, yangilanishlarning mohiyatini, sababini yoritish va natijalarini aniqlash ilmiy-estetik tahlil zimmasiga yuklatiladi. Ular tahlil orqali isbotlanmasa,o’z qadr-qimmatini topishi qiyin kichadi. San’atga muhabbat bo’lmagan joyda tanqid ham bo’lmaydi. Shu o’rinda nemis faylasufi Vinkelmanning quyidagi so’zlari yodga tushadi: “Badiiyat donishmandi bo’lishni istaysizm? San’atkorni seving, uning asarlaridan go’zallik axtaring”.
“Xalqimizning kelajakka tanlagan yo’limizning to’g’riligiga, erkin va ozod hayot qurish, vatanimizni obod qilish, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishdek oliy maqsadimizga bo’lgan ishonchning yanada oshishiga adabiyot ham, shu jumladan, adabiy tanqid chin dildan xizmat qiladi”.
Xulosa qilib aytganda, 1) matbuot va adabiy jarayon bilan bog’liqlik; 2) asarni hayotga qiyoslab o’rganish; 3) tafakkurning o’ziga xos tarsi; 4) o’ziga hos soda va o’tkir uslubga egaligi; 5) tashviqot vositasi sifatida ish ko’rishi; 6) hozirjavoblik; 7) harakatdagi estetika ekanligi; 8) asosan, badiiy adabiyotning ichki qonuniyatlariga tayanish; 9) ilmiy va badiiy sinkretizm adabiy tanqidning o’ziga xos xususiyatlaridir.
Tayanch tushunchalar: harakatdagi estetika, hukm qiluvchi tanqid, obrazli tafakkur-ilmiy tafakkur bilan badiiy tafakkurning, adabiy tanqidda obrazlilik, adabiy tanqid ilmiy-estetik hodisa, adabiy tanqidda milliylik va umuminsoniylik dialektikasi, akademizm, adabiy tanqidda birlamchi va ikkilamchi til.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Adabiy tanqid- “harakatdagi estetika” deganda nimani tushunasiz?
2.Adabiy tanqidda obrazlilik qanday namoyon bo’ladi?
3.Adabiy tanqidda ilmiy tafakkur bilan badiiy tafakkurning o’zaro uyg’unlashuvi qanday namoyon bo’ladi?
4.Adabiy tanqidning ilmiy-estetik hodisaligi nimalarda ko’rinadi?
5.Adabiy tanqidning joriy adabiy jarayondagi o’rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |